Mazvu: Falsafiy antropologiya (Inson falasafasi) Reja: Inson borlig’ining o’ziga xos xususiyatlari. Ong tushunchasi va uning mohiyati


Yuksak ong — inson bunyodkorlik faoliyatining omili


Download 88.98 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi88.98 Kb.
#1013268
1   2   3   4   5
Bog'liq
7 мавзу (1)

Yuksak ong — inson bunyodkorlik faoliyatining omili. Jamiyat taraqqiyoti quyi bosqichdan yuqori bosqichga, o’tmishdan kelajakka tomon rivojlanib borgani sari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, siyosiy taraqqiyotda xalq ommasining roli, g’ayrati, uyushqokligi ortib va chuqurlashib, inson amaliy faoliyati jadallashib boradi. Bu — umuminsoniyatga xos qonuniyatdir.
Tarixiy maqsadlar ko’lami keng, inson shaxsi barkamol bo’lsa, u vijdonan mehnat qilsa, ijtimoiy-siyosiy ishlarda faol ishtirok etsa, jamiyatimiz shu qadar tez rivojlanadi va mustahkamlanadi. Insonning ijodiy tashabbusi, jonli ijodiyoti jamiyatimizning kuchi va hayotiyligining eng muhim manbaidir.
Har bir jamiyat o’ziga munosib bo’lgan inson shaxsini yuzaga keltirganidek inson ham shu jamiyatning paydo bo’lishi va rivojlanishiga befarq qaramaydi. Shaxs ayni paytda atrof muhitga ta’sir ko’rsatish, uni o’zgartirish qobiliyatiga ham ega. Uning jamiyatga ta’siri maqsadsiz, rejasiz, ko’r-ko’rona faoliyat orqali amalga oshmaydi. Inson jamiyat qonunlarini, o’z hayoti sharoitlarini bilib olgan, ma’lum maqsadga qaratilgan faol amaliy ko’rsatkichlar yo’li bilan ijtimoiy muhitni, jamiyatni o’zgartira oladi. Inson faqat sharoit va tarixning mahsuligina bo’lmay, balki ularni yaratuvchi hamdir.
Tarixiy jarayonda xalq ommasining qanchalik faol ishtirok etishi, g’ayrat va tashabbus ko’rsatishi moddiy va ma’naviy boyliklar ijodkori bo’lgan mehnatkash insonning shijoatiga, onglilik darajasiga, o’ziga topshirilgan ishlarga qanchalik ma’suliyat bilan yondasha bilishi, ijodiy tashabbuskorligiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Bu fikr ijtimoiy taraqqiyotimizning hozirgi tarixiy bosqichiga ham bevosita taalluqlidir. Mustaqillikni muvaffaqqiyatli ravishda amalga oshirish har bir insondan o’z burchini ko’r-ko’rona bajarishni emas, balki ongli, ilmiy asosda yondashishni talab qiladi. Shuning uchun ham hozirgi davrda har bir kishi, har bir shaxsni g’oyaviy-siyosiy jihatdan chiniqtirish, har tomonlama yetuk va barkamol bo’lishiga erishish, siyosiy, madaniyatli qilish mamlakatimizni ravnaq toptirish, demokratiyani rivojlantirishning asosiy shartlaridan bo’lib qoldi.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida inson rolining kuchayib borayotganligi muammosining bir necha jihatlari bor. Bir tomondan, u ijtimoiy ishlab chiqarish xodimini kamol toptiradi, uni rag’batlantiradigan omillarni belgilab beradi. Ikkinchi tomondan, odamlarning mehnat g’ayrati malakasini oshirishga qayta ta’sir qiladi, uning taraqqiyotini jadallashtiradi.
Inson shaxsining boyligi, faolligi, eng avvalo, mehnat faoliyati sohasida ruyobga chiqadi. Mehnat sohasidagi faollik shaxs faolligining boshqa hamma shakllariga qaraganda belgilovchidir. Bu tasodifiy emas, albatta. Chunki ayni shu sohada insonning olgan bilimi, orttirgan tajriba va malakasi va boshqalar amalda ko’llaniladi, namoyon bo’ladi.
Jamiyat taraqqiyoti haqidagi har qanday g’oyalar, avvalo, insonning ijtimoiy tafakkurida shakllanadi, keyin e’tiqodga aylanib, faoliyatiga yo’nalish beradi. Insonning har qanday amaliy faoliyati, mehnati — ma’rifiy, tarbiyaviy, mafkuraviy tadbirlar asosida amalga oshadi. Mehnatda insonning qobiliyati va iste’dodi, aql idroki va tafakkuri namoyon bo’ladi. Inson aqli, qo’li bilan nimaiki qilmasin, uning zaminida fikr, tushuncha, bilim, iste’dod, qobiliyat sifatida shakllangan ma’naviyat yotadi.
Mehnat jamoasida insonning ma’naviy-axloqiy fazilatlari, aqliy va jismoniy faoliyati shakllanadi, yuzaga chiqadi. Moddiy hayot, ishlab chiqarish usuli insonning ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokiga sabab bo’lganidek shaxsning mehnat sohasidagi faolligi ham o’z navbatida uning ijtimoiy siyosiy, madaniy-ma’naviy, axloqiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi .
Kishilar ijtimoiy-siyosiy faolligini rivojlantirish hozirgi davrning tub muammolaridan biridir. Hayot o’rtaga qo’yayotgan ulkan vazifalarni yuqoridan turib amalga oshirib bo’lmaydi. Buning uchun mehnatkash insonning bevosita ishtiroki, uning moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga qaratilgan ijodiy mehnati, ijtimoiy-siyosiy faolligi zarurdir.
Hozirgi dolzarb vazifalarni amalga oshirishning zarur shartlaridan yana biri — inson ongini o’zgartirishdan iboratdir. Inson ongini, ijtimoiy ruhiyatini qonun chiqarish yo’li bilan ham, buyruq berish asosida ham o’zgartirib, qayta qurib bo’lmaydi. Kishilar ongida o’tmishda ro’y bergan xato va kamchiliklar ta’siri ostida shakllangan eski qarashlar, tasavvurlar, tushunchalarni bartaraf etish tarbiyaviy ishlarni muntazam ravishda olib borishni, barcha salbiy hodisalarni tag-tomiri bilan tugatishni, ijtimoiy adolatni so’zda emas, amalda qaror toptirishni taqozo etadi. Avvalo, kishilarning moddiy hayot sharoitlarini yaxshilamasdan turib ularning ongini o’zgartirib bo’lmaydi.
Inson ruhiyati qayta qurilmasa, yangichasiga fikrlash va ishlash istagi hamda mahorat hosil qilinmasa iqtisodiyotda, boshqaruvda, tarbiyada, ijtimoiy sohada biron-bir narsani o’zgartirish qiyindir.
Hozirgi davrning inson shaxsiga bergan ajoyib ne’matlaridan biri demokratiya, ijtimoiy adolatning asta-sekin tiklanishidir. Demokratiya yaratib bergan imkoniyatlardan to’g’ri va oqilona foydalanish uchun oddiy istakdan tashqari yuksak siyosiy madaniyat, vazminlik ma’naviy poklik, sof vijdon, uzoqni ko’zlab ish qila bilish qobiliyati ham kerak.
Ijtimoiy taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida insonning bunyodkorlik faoliyati respublikamizda demokratiyani rivojlantirish va ijtimoiy adolatni qaror toptirishda kuchliroq namoyon bo’lmokda. Biz hozir shunchaki demokratik jamiyat emas, balki demokratik odil jamiyat qurmoqdamiz. O’zbek xalqi demokratik odil jamiyat haqida juda qadimiy an’analarga ega. O’z davlati tizimini «Kuch — adolatdadir» shiori ostida — tuzgan Amir Temur tarixi bunga yorqin misoldir.
Mehnatkashlar ommasining yaratuvchilik, bunyodkorlik faoliyati mustaqilligimizning siyosiy negizlarini mustahkamlashda, xususan, davlatni boshqarishda ham ko’zga yaqqol tashlanmokda. Bizda xalqimizning mexnati va jasorati bilan tuzilgan huquqiy demokratik davlat xalqning o’zi tomonidan boshqarilmokda. SHunday qilinmasa, siyosiy mustaqillikni ta’minlab bo’lmaydi.
Keng mehnatkashlar ommasining faol ijtimoiy-siyosiy faoliyati, o’z-o’zini boshqarishning to’xtovsiz avj olib borishi respublika hayotining hamma sohalarida o’z ifodasini topmoqda. Buni, birinchi navbatda, jamiyat hayotining asosi bo’lgan moddiy boyliklar yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, oziq-ovqat muammolarini hal etish, turli korxonalar, uyushmalar, birjalar, jamg’armalarning tashkil etilishi va boshqa sohalarda ko’rish mumkin.
Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi mehnatkashlar ommasining xo’jasizlikka, to’rachilikka, huquq-tartibotni buzuvchilarga, ko’zbo’yamachilikka va uyushgan jinoyatchilikka, poraxo’rlikka, tanish-bilishchilik oshna-og’aynigarchilik asosida ish bitkazuvchilarga, xullas, ijtimoiy adolat tamoyillariga tubdan zid bo’lgan harakat va intilishlarning har qanday turlari va ko’rinishlariga qarshi kurashni avj oldirib yuborganligi bilan xarakterlanadi.
Jamiyatning o’z-o’zini boshqarish darajasi kishilar ongining o’sishi, tafakkur madaniyatining yetukligi bilan uzviy bog’liqdir. Ma’lumki, odamlar demokratiya va oshkoralikdan oqilona foydalanishga ham g’oyaviy, ham ma’naviy jihatdan tayyor bo’lsalargina jamiyatimiz oldida turgan vazifalarni hal qilishga yordam beradilar. Buning uchun yuksak madaniyat va ma’naviyat, uzoqni ko’ra bilish va donolik, g’oyaviy, madaniy yetuklik va poklik yangicha fikrlash imkoniyatlaridan foydalana bilish zarur.Inson manfaati, uning baxt-saodati, ma’naviylik va insonparvarlik qoidalarini qaror toptirish yo’lida jamiyatni demokratik negizlarda yangilashni hayotning o’zi talab qilmoqda. Respublikamizning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini, ijtimoiy adolatni, ma’naviy yangilanishni, barcha millat va elatlar uchun munosib turmush sharoitini amalga oshirish — bularning hammasi O’zbekistonning hozirgi davri va kelajagi uchun muhimdir.

Download 88.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling