Mazvu: Matiq ilmi predmeti va axborotni tahlil qilishdagi o’rni. Reja: Mantiq fani predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari
Xulosa chiqarish – tafakkurning asosiy shakllaridan biri
Download 164.19 Kb.
|
1. Mantiq fani predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari. -fayllar.org
Xulosa chiqarish – tafakkurning asosiy shakllaridan biri. Xulosa chiqarish ham tafakkurning asosiy shakllaridan biridir. Bizning bilimimizning ko‘p qismi xulosa chiqarish shaklida tuzilgan. SHuning uchun xulosa chiqarish mantiqda mantiqiy fikrlashning muhim shakli hisoblanadi.
Xulosa chiqarish deb bir yoki bir nechta hukmlardan ob’ektiv voqelikdagi narsalar va hodisalar haqida yangi hukmni vujudga keltirish uchun xizmat qiladigan tafakkurning maxsus shakliga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, xulosa chiqarish ma’lum bo‘lgan bilim orqali noma’lum bilimni vujudga keltirishdir. Xulosa chiqarish vositali yangi bilim bo‘lib, u bizning oldingi bilimlarimizga asoslanadi. Xulosa chiqarish orqali ob’ektiv voqelikdagi buyumlar va ular orasidagi munosabatlarni bilib olamiz. Xulosa chiqarish buyumlar orasidagi ob’ektiv munosabatlarni aks ettiradi. Ammo, xulosa chiqarishda bu munosabatlar bizning oldingi bilimlarimizga asoslangan holda bilib olinadi. Misol uchun quyidagi mulohazani ko‘rib chiqamiz: Bizga A va S miqdori berilgan. Ammo ular orasidagi munosabat biz uchun noaniq. Unda biz bularni uchinchi B miqdori bilan solishtirib ko‘ramiz. Bu ikki miqdorning ham B ga teng ekanligi aniqlansa, unda biz A—B ga va B—S ga tengligini bilib, A—S ga teng degan xulosaga kelamiz. Demak, bu xulosa bizning oldingi bilimimiz asosida paydo bo‘ldi. Vositali yoki bevosita bilim hamma vaqt bizning tajribamizga tayanadi. Ma’lumki, har qanday bilim vositasiz va vositali yo‘llar bilan ob’ektiv reallikni aks ettiradi. Masalan, sezgilar va hissiy idrokka tayangan bilim — bu bevosita bilimdir. Masalan, «yomg‘ir yog‘moqda», yo «kun issiq» kabi holat bevosita ko‘rish, his etish yordamida bilib olinadi. Lekin bilimlarimizning ko‘pchiligi bevositadir. Masalan, suv o‘zaro bog‘liq bo‘lgan vodorod va kisloroddan tashkil topganligi, momahaldiroq va chaqmoq o‘zaro sababli aloqada ekanligi, tinchlikni saqlash muqaddas burch ekanligi haqidagi bilimlar bizga ma’lum bo‘lgan bilimlar orqali, ya’ni bevosita bilib olinadi. Xulosa chiqarish turli konkret fikrni xarakterlab, voqelikni aks ettiradi. Bu jihatdan xulosa chiqarish tushuncha va hukmga o‘xshaydi. Ammo, xulosa chiqarish o‘ziga xos xususiyatlari bilan tafakkurning boshqa shakllaridan ajraladi. Tushuncha buyumlarning umumiy va muhim belgilarini bizning ongimizda aks ettirsa, hukm buyumlarda ma’lum belgi bor yoki yo‘qligi hamda fikrning chin yoki xatoligi haqida ma’lumot beradi. Xulosa chiqarish tushuncha va hukmlar orqali yangi tushuncha yoki yangi hukm paydo qilish vazifasini bajaradi. Misol: «Hamma metallar elektr toki o‘tkazuvchi; mis—metall; demak, mis ham elektr tokini o‘tkazuvchidir». Bunda bir sinfdagi buyum belgisini shu sinfning ayrim bo‘lagi uchun taalluqli ekanligi yangi mantiqiy xulosa — hukm shaklida yuzaga keldi. Umuman, xulosa chiqarishda hukmlarning bog‘lanishi ob’ektiv voqelikdagi buyumlarning o‘zaro bog‘lanishidan kelib chiqadi. Xulosada hukmlarning bog‘lanishi har bir shaxsning irodasiga bog‘liq emasdir. 2-savol: Xulosa chiqarish tarkibi va uning turlari. Har qanday xulosa chiqarish o‘z strukturasi, tuzilishi va tarkibiga ega. Xulosa chiqarishning tarkibi ikki muhim qismdan tashkil topadi: 1) bu ma’lum bilimlarni ifodalovchi hukmlar bo‘lib, ular yangi bilim uchun asos bo‘ladi. Ular xulosa chiqarishning asoslari deb ataladi. 2) Bu ma’lum hukmlar asosida kelib chiqqan yangi bilimni ifodalovchi hukm xulosa chiqarish natijasi, ya’ni xulosa deb ataladi. Masalan, 1. Asos — barcha respublikamiz fuqarolari bilim olish huquqiga ega. 2. Asos — Ahmedov mamlakatimiz fuqarosi. Xulosa — Ahmedov bilim olish huquqiga ega. Bunda oldingi ikki hukm asoslar deb yuritiladi, bulardan umumiy bilimni bildiruvchi, ya’ni bu erda birinchi hukm — birinchi asos, xususiy yoki yakka bilimni bildiruvchi, ya’ni bu erda ikkinchisi — ikkinchi asos deb yuritiladi. Bu asoslar yordamida xususiy yoki yakka bilimning yangi xislati haqida yangi bilim kelib chiqadiki — bu xulosadir (ya’ni Aqmedov bilim olish huquqiga ega). Xulosa chiqarishning ob’ektiv asosi umumiylik, juz’iylik va yakkalik birligidir. Agar buyumlar umumiy belgilarga ega bo‘lmaganda edi, biz ular haqida hech qanday xulosa chiqara olmas edik. Bu umumiy belgilar esa, ayrim sinfdagi buyumlarga taalluqlidir. Ayrim sinfdagi belgilar o‘z navbatida yakka buyumlar yoki hodisalarga taalluqli. Demak, xulosa chiqarish ham yakkadan umumiyga yoki umumiydan yakka va juz’iyga qarab boradi. Xulosa chin bo‘lishi uchun ikki asosiy shartning bo‘lishi zarur: 1. Har bir xulosaning asoslari chin bo‘lmog‘i; 2. Har bir xulosa chiqarishning hukmlari mantiqiy bog‘langan bo‘lmog‘i lozim. Ammo hozirda ayrim mantiqchilar fikrning chin bo‘lishi bilan uning to‘g‘riligi mos bo‘la olmaydi, fikr mazmuni uning shakliga bog‘liq emas, fikrning chinligi uning to‘g‘riligidan xolis, degan formalistik nazariyani ilgari surmoqdalar. Haqiqatda esa har bir fanning tushunchalarini «shakllantirish» katta ahamiyatga ega. Ammo, bunday holat hamma vaqt har bir fan tushunchasi ob’ektiv mazmunga ega ekanligini hisobga olishni talab etadi. Har bir fanni «shakllantirish» ma’lum mazmundan chetlashish bo‘lsada, u ob’ektiv mazmundan hech qachon uzoqlashmaydi. Har bir tushunchani uning ob’ektiv mazmunidan ajratish ilmiy yo‘ldan chekinish demakdir. Haqiqatda esa agar xulosa chiqarish real voqelik buyumlari va xislati bilan bog‘liq bo‘lmasa, u bilim uchun ahamiyatini yo‘qotib, faqat bo‘sh sxema bo‘lib qoladi. Fikrning turli shakli aniq konkret mazmundan uzoqlashishi natijasida yuzaga kelib, nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladi va o‘ziga xos konkret mazmunni tan oladi. Ammo, xulosa chiqarish shaklining asoslar mazmuniga nisbatan mustaqilligi, bu shaklning turli mazmunga nisbatan, befarq ekanidan emas, albatta. Aksincha, u shakl jihatidan to‘g‘ri va mazmuni jihatidan chin bo‘lgan muhokama va bilimning ikki o‘zaro bog‘langan tomonidir. Fikrning mantiqiy shaklini uning mazmunidan ajratish mumkin bo‘lmaganday, fikrning to‘g‘riligini chinligidan ham ajratish mumkin emas. Inson o‘z tafakkurining paydo bo‘lish va rivojlanish jarayonida tajriba asosida to‘g‘ri xulosalarni ajratish va mustahkamlash qobiliyatiga ega bo‘ldi. To‘g‘ri fikrning shakli xato fikr shaklidan o‘z asoslarining chin bo‘lishi tufayli xulosaning ham chin bo‘lishi bilan farqlanadi. SHuning uchun to‘g‘ri fikr shakli chin holatlarning milliard martalab fikrda takrorlanishi mahsuli bo‘lgani uchun, uni o‘z tabiati bilan chin mazmunli shakl deb bilamiz. Tafakkurning har bir faoliyatida chin fikr mantiqan xato yo‘l bilan paydo bo‘lmaydi. Demak, tafakkur to‘g‘riligining sharti chinligidir. Bu holat to‘g‘rilik va chinlik bog‘lanishi dialektikasidir. SHuning uchun ulardan birini mantiqiy birlamchi deyish xato. Xulosa chiqarish shakllari boshqa mantiqiy shakllar singari insonning asrlar davomidagi tajribalari natijasi bo‘lib, ob’ektiv xarakterga ega. Xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko‘ra bevosita va bavosita xulosa chiqarishga bo‘linadi. Quyida bevosita xulosa chiqarishning turlari ko‘rib chiqiladi. 3-savol: Bevosita xulosa chiqarish CHin bilimga erishmoq uchun xulosa chiqarishning asosiy turlari bilan tanishish lozim. Hammadan oldin xulosa chiqarishni ikki turga ajratamiz. 1. Bevosita xulosa chiqarish. 2. Vositali — bavosita xulosa chiqarish. Agar natija yoki xulosa bir asos yordamida qo‘lga kiritilsa, u bevosita xulosa chiqarish deb aytiladi. Bevosita xulosa chiqarishga misol: «Universitetimizning ba’zi talabalari shoir, demak, ba’zi shoirlar universitetimizning talabalaridir», yoki «Siyosiy mustaqil bo‘lgan mamlakat mustamlaka mamlakat emas. Demak, «Mustamlaka mamlakat siyosiy jihatdan mustaqil bo‘la olmaydi» va b. Bevosita xulosa chiqarishning turari quyidagicha: I. Mantiqiy kvadratdagi hukm munosabatlariga qarab xulosa chiqarish, ya’ni qarama-qarshilik, zidlik, bo‘ysunish munosabatlari. II. Almashtirish orqali xulosa chiqarish. Bunday xulosa chiqarishda birinchi hukmning sub’ekti ikkinchi hukmning predikatiga, uning predikati esa ikkinchi hukmning sub’ektiga aylantiriladi, ammo hukmning mazmuni birinchiday qola beradi. Almashtirishning Turlicha usullari mavjud. Bunga misol: “Davlatimizning barcha fuqarolari(S) teng huquqlidir(P)” “Teng huquqlilarning bir qismi (P) – davlatimiz fuqarolari(S)”. Bunda S bilan P o‘rni almashtirilgan bo‘lsa ham hukmning mazmuni o‘zgarmadi, ya’ni davlatimiz fuqarolari tushunchasi faqat “teng huquqli”larning (P) bir qismini tashkil etganligini bildiradi. Sodda almashtirishga misol: a). “Hech bir demokratik davlat (S) agressiv davlat emas(P)”. c). “Hech bir agressiv davlat (P) demokratik davlat emas (S)”. Misoldagi demokratik davlat(S) va agressiv davlat (P) tushunchalari hajmi bir biriga mos kelmaydi. Misoldagi sub’ekt va predikat tushunchalari bir biriga sig‘ishmaydi. Birinchi hukmda sub’ekt va predikat bo‘lingan, chunki almashtirilgan hukmning predikati (“agressiv davlat”) to‘liq hajmda fikrlanadi. Almashtirish orqali biz hammavaqt hukm mazmunini to‘laroq ochamiz. Har bir tushunchani ta’riflash uchun ham almashtirish katta amaliy ahamiyatga ega. Har bir almashtirish hukmdagi sub’ekt va predikat hajmi yanada aniqroq bo‘lishini ta’minlaydi. Endi turli hukmlar shaklining almashinuvini ko‘rib chiqamiz: 1. Umumiy tasdiq hukm (A) juz’iy tasdiq hukmga(I) almashadi: “Hamma S - P, ba’zi P - S dir”. “Guruhimizning barcha talabalari (S) bu yil sayohatga boradilar(P)” degan hukm “Bu yil sayohatga boradiganlarning ba’zilari (P) guruhimizning talabalaridir (S) bilan almashadi. Agar umumiy tasdiq hukmdagi sub’ekt va predikat mos bo‘lsa, bunday hukm almashtirish natijasida ham umumiy tasdiq bo‘ladi: hamma S - P; hamma P - S Misol: “Tuhmat(S) - birovni sharmisor qilish uchun yolg‘on bo‘htonlar tarqatishdir(P)” “Birovni sharmisor qilish uchun yolg‘on bo‘htonlar tarqatish(P) - tuhmatdir(S)”. YAkka hukmlar bunday holatlarda umumiy hukmlarning almashinuv qoidasiga bo‘ysunadi. “Toshkent –O‘zbekiston poytaxti” hukmi “ O‘zbekiston poytaxti Toshkentdir” degan hukm bilan almashadi. 2. Umumiy inkor hukm (E) sodda ashmashtirish orqali umumiy inkor hukmga aylantiriladi. “Hech bir S - P emas, hech bir P - S emas ”. Misol: “Hech bir bosqinchilik urushi (S) adolatli urush emas(P)” hukmi “hech bir adolatli urush (P) bosqinchilik urushi (S) emas” hukmiga aylanadi. 3. Juz’iy tasdiq hukmda (S) sub’ekt va predikat (P) tushunchalari o‘zaro tutashadi. “Ba’zi S - P, ba’zi P - S”. “Ba’zi dramalar (S) she’riy yo‘l bilan yozilgan asardir(P) ”. “Ba’zi she’riy yo‘l bilan yozilgan asarlar(P) dramadir (S)”. S bilan P tushunchalari orasidagi bog‘lanish ikki tushunchaning o‘zaro qisman aloqador ekanligidan xabar beradi. 4. Juz’iy inkor hukm (O) almashmaydi. Hukm almashtirishning mohiyati shundan iborat: yangi hukmda fikr predmeti asos hukmning sub’ektida ifodalangan predmet emas, balki predikatida ifodalangan predmetdir. Bu usul bilan paydo bo‘lgan hukm yangi bilim beradi. hukm almashtirish, masalan, tushunchani ta’riflashning to‘g‘riligini bilib olish, umuman hukmdagi sub’ekt va predikatning hajmini aniqlab olishda muhim rol’ o‘ynaydi. III. Aylantirish orqali xulosa chiqarish. Aylantirish shunday bevosita xulosa chiqarishdirki, bunda boshlang‘ich asos hukmning sub’ekti, xulosa hukmda saqlanib qoladi, lekin predikat qarama-qarshi mazmundagi predikatga, bog‘lovchi ham qarama-qarshi ma’nodagi bog‘lovchiga aylantiriladi. «Ba’zi xulosalar bevosita chiqariladi»- «Ba’zi xulosa chiqarish vositali emas» yoki: «Har qanday xiyonat jazolanmog‘i darkor» - «Hech qanday xiyonat jazosiz qolmasligi kerak». Bu erda biz birinchi hukmdagi bog‘lovchini uning qarama-qarshisiga, predikatini esa qarama-qarshi tushunchaga aylantirdik. Aylantirishning bu xususiyatini biror nimaning qo‘sh inkori uning tasdig‘iga tengdir degan qoida bilan ifodalash mumkin. Haqiqatda ham birinchi hukmning mazmuni o‘zgarmagan holda u ikki marotaba inkor shaklida ifodalanadi — yangi bog‘lovchi ham, predikat ham o‘z aksiga aylantiriladi. Lekin ma’no saqlanib qoladi. Aylantirish quyidagi sxemada boradi: S—P dir. S—P mas emas. Aylantirish yordamida fikrlanuvchi predmetning predikatda aks etgan xislatining teskarisiga ega bo‘la olmasligi aniqlanadi. Aylantirishda xulosa hukm birinchi asos hukm mazmuninigina takrorlab qolmasdan, uni aniqlashga yordam beradi. Sifat va son jihatidan turlicha bo‘lgan hukmlarda aylantirish natijasida olinadigan xulosalarni ko‘rib o‘tamiz. 1. Umumtasdiq hukmlari (A) umuminkor hukmlariga (E) aylantiriladi. «Hamma S—P dir. hech bir S—P mas emas». «Barcha haqiqiy demokratik davlatlar tinchlikparvardir»- «Hech bir haqiqiy demokratik davlat tinchlikparvarmas emasdir». 2. Umumiy inkor hukmlar (E) umumtasdiq hukmlarga aylanadi (A). Sxemasi: «Hech bir S—P emasdir. har bir S—P siz (mas) bo‘ladi». «Hech bir imperialistik urush adolatli emas». «Hamma imperialistik urushlar adolatsizdir». 3. Qisman tasdiq hukmlar (I) qisman inkor hukmlarga (0) aylanadi. Sxemasi: «Ba’zi S—P dir, ba’zi S—P mas (siz) emasdir». «Ba’zi mamlakatlar ekvatorda joylashgan». «Ba’zi mamlakatlar ekvatorda joylashmagan emas». 4. Qisman inkor hukmlar (0) qisman tasdiq hukmga (I) aylanadi. Sxemasi: «Ba’zi S—P emas, ba’zi S—P sizdir». «Sinfimizdagi ba’zi o‘quvchilar shaxmat o‘ynaydi». «Sinfimizdagi ba’zi o‘quvchilar shaxmat o‘ynamaydi». Demak, aylantirish orqali xulosa chiqarishni barcha hukmlarga, ularning sifat va sonidan qat’iy nazar, tatbiq etish mumkin. Aylantirish natijasida barcha hukmlarning sifati o‘zgaradi, lekin soni o‘zgarmay qolaveradi. IY. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish Aylantirish almashtirish bilan bog‘lansa predikatga qarama-qarshi shakldagi bevosita xulosa chiqarishni vujudga keltiradi. Predikatga qarama-qarshi qo‘yishda yangi hukmning sub’ekti asos hukmning predikatiga zid, predikati esa uning sub’ektiga qarshi hukm bo‘ladi. Bunday xulosa chiqarish quyidagi sxema bilan ifodalanadi: S—P P emas S emasdir Misol: Maktab o‘qituvchilari (S) tarbiyachidirlar (P)» - «Hech qachon tarbiyachi bo‘lmagan kishi (P) maktab o‘qituvchisi bo‘la olmaydi (S)». Bunday yangi xulosa yoki yangi hukm birinchi hukm predikatiga ikki inkor tushuncha qo‘yilishidan kelib chiqdi. Bevosita xulosa chiqarishni predikatga qarama-qarshi qo‘yish usulini ishlatish paytida quyidagi to‘rt asosiy qoidani hisobga olish lozim: 1. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish orqali umumiy tasdiq hukmdan umumiy inkor hukm kelib chiqadi. Misol. «Hamma o‘qituvchilar pedagog (A)». «Hech qachon pedagog bo‘lmagan kishi o‘qituvchi bo‘la olmaydi (E)». 2. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish orqali umumiy inkor hukmdan juz’iy tasdiq hukm paydo bo‘ladi. «Hech bir S—P emas, Ba’zi P emaslar S dir». «Hech bir aqlli odam (S) munozarada baqirmaydi (R)». «Munozarada baqirmaydigan ba’zi odamlar (P aqlli (S)». 3. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish orqali juz’iy tasdiq hukmdan hech qanday xulosa chiqarib bo‘lmaydi. 4. Juz’iy inkor hukmdan juz’iy tasdiq hukm kelib chiqadi. «Ba’zi S— P emas. Ba’zi P emas S dir». Misol: «Ayrim yoshlar (S) o‘qimaydi (P)». «Ayrim o‘qimaydiganlar (P) yoshdir (S)». Predikatga qarama-qarshi qo‘yishning mohiyati asosdan kelib chiqqan hukmning yangi bilim berishidadir. Biz bevosita xulosa chiqarishning keng tarqalgan to‘rt usuli bilan tanishib chiqdik. Ammo, ob’ektiv voqelikni chin bilishga erishish uchun vositali xulosa chiqarish bevosita xulosa chiqarishga nisbatan ko‘proq ahamiyatga ega. Vositali xuslosa chiqarishning deduktiv, induktiv va analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish kabi turlari mavjud. 4-savol: Deduktiv xulosa chiqarish, sillogizm 4.1. Sillogizmning mohiyati Deduktiv xulosa chiqarish vositali xulosa chiqarishning muhim turidir. Deduktiv xulosa chiqarishning asosiy xususiyati fikrimizning umumiydan xususiyga, yakkaga qarab borishini ifodalaydi. Mantiqda deduktiv xulosa chiqarish sillogizm deb aytiladi. Sillogizm deb ikki yoki undan ko‘p asoslardan yangi xulosa chiqarishga aytiladi. Sillogizm — grekcha so‘zdan olingan bo‘lib,— «hisoblash», «hisoblab olish» degan ma’noni bildiradi. Sillogizm shuning uchun vositali xulosa chiqarishdirki, unda ikki hukm bir-biri bilan mantiqiy qo‘shilib, yangi, uchinchi hukm, ya’ni xulosa paydo bo‘ladi. Bunday vaqtda bizning fikrimiz kengroq ma’nodagi umumiy fikrdan torroq, xususiy fikrga yoki yuqorida bayon etilganidek, umumiydan yakka yoki juz’iy xulosaga qarab boradi. Sillogizmda umumiy qonun, qoidalar asosida yakka yoki juz’iy natija olinadi. Boshqacha qilib aytganda, sillogizm xulosasi tayyor qonun va qoidalarni yakka yoki juz’iy natijalar uchun ham daxlli qilib ko‘rsatishdir. Albatta, bunday vaqtda xulosaning chin bo‘lishi uchun asoslarning ham chin bo‘lishi shart. Bundan tashqari, asoslar ham o‘zaro mantiqiy bog‘langan bo‘lishi lozim. Agar hukmlar buyumlarning o‘zaro ob’ektiv bog‘lanishini aks ettirmasalar, ularni sun’iy bog‘lahsdan hech qanday chin xulosa, ya’ni uchinchi hukm chiqara olmaymiz. Masalan: «Hamma baliqlar suvda yashaydi» va «Issiqko‘l Osiyo qit’asida joylashgan» desak, bu ikki hukmdan xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki bu ikki hukm orasida hech qanday mantiqiy bog‘lanish yo‘q. Har bir chin xulosa o‘ziga xos ob’ektiv asosga ega bo‘lmog‘i lozim. Sillogizmdagi asos hukmlarning o‘zaro bog‘lanishi sababi shundaki, bu hukmlar orqali in’ikos ettirilgan narsa va hodisalar ob’ektiv bog‘langandir. Sillogizm yo‘li bilan chin xulosaga kelish mezoni—o‘lchovi — inson tajribasidir. Download 164.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling