Mazvu: Oʻzbekiston respublikasi bmtga aʼzo boʻlishi va Jahon hamjamiyatidagi oʻrni Re’ja: O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi


Download 67.82 Kb.
bet1/3
Sana25.10.2023
Hajmi67.82 Kb.
#1721974
  1   2   3
Bog'liq
Berdinazarova Nigora



Mazvu: Oʻzbekiston respublikasi BMTga aʼzo boʻlishi va Jahon hamjamiyatidagi oʻrni


Re’ja:
1.O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi.
2.O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar va jahonning turli mamlkatlari bilan hamkorlik munosabatlari

O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi.
O‘zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo havfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko‘rsatdi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konfrensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar o‘lga qo‘yildi. 1994-yil iyul oyida O‘zbekiston NATOning «Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik» Dasturiga qo‘shildi. Bu dasturga ko‘ra, O‘zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Korolina (AQSh)dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda, O‘zbekiston xududida amerikaliklar bilan o‘tkazilgan desantchilarning «Ultrabalans-96» harbiy mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997-yil Norvegiyada o‘tkazilgan «Kooperativ bankers-97» mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun o‘ziga xos mahorat maktabi, tajriba bo‘lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. 1999-yil aprelda I.A.Karimov Shimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturining a’zosi sifatida NATO ning 50 yillik yubiley tantanalarida qatnashdi. O‘zbekistonning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi. NATO Bosh kotibi X.Solana va AQShning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning O‘zbekistonga tashriflari O‘zbekiston va mazkur tashkilot o‘rtasidagi tinchlik o‘lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham ko‘rsatdi.
O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lib kirgan yillari EXHTning katta mansabdor xodimlari qo‘mitasining Pragadagi yig‘ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib kirishi masalasi ko‘tarildi. 1992-yil 26-fevralga kelib O‘zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O‘zbekistonning Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo‘linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. EXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo‘yicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni o‘lga qo‘yib olgani quvonarli holdir. Ushbu byuroning tashabbusi bilan Toshkentda EXHTning «Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar», «Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida» mavzusidagi bir qator anjumanlari o‘tkazildi. Seminarlar Markaziy va Sharqiy Evropada inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalasini ko‘rib chiqdi. Bunday yig‘ilishlarda O‘zbekistonning ishtiroki tinchlikparvar tashqi siyosat yuritishida asosiy omil bo‘lib qoldi. O‘zbekistonning 1996-yil Lissabon Sammitida ishtiroki respublika rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga ham imkon berdi. Unda O‘zbekiston rahbariyati tomonidan “xavfsizlikning, shu jumladan, Evropa xavfsizligining chegarasi o‘q. Shundan kelib chiqqan holda, bizning fikrimizcha, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining roli, ahamiyati, Qolaversa, mas’uliyati Evropa bilangina chegaralanib qolmasligi, undan
174
tashqaridan kelayotgan xavfni ham hisobga olishi kerak bo‘ladi” deb aytilgan so‘zlari alohida ahamiyat kasb etdi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston xavfsizlik muammosiga doir o‘z qarashlarini bayon etish huquqiga ega bo‘ldi. Prezidentimiz yig‘ilish ishtirokchilariga Markaziy Osiyo mintaqasini yadrosiz zona deb yana bir bor e’lon qildi. O‘zbekiston rahbariyatining mojorolar kuchayib borayotgan erlarga qurol-yarog‘ etkazib berishni to‘xtatish haqidagi fikri Lissabon uchrashuvining yakunlovchi hujjatiga kiritildi.
1999-yil 18-19-noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan Evropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yig‘ilishda O‘zbekiston rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni ta’minlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yig‘ilishda global ahamiyatga ega bo‘lgan terorrizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini kiritdi va turli qabix niyatdagilarga yordam berayotgan tashkilotlarni ildizi bilan yo‘qotish orqaligina mamlakatlar xavfsizligini ta’minlash mumkinligini alohida ta’kidladi. XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda.
Bu o‘rinda O‘zbekistonning Evropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham to‘xtab o‘tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim bo‘yicha ishlar respublikada 1995-yildan boshlangan bo‘lib, bu muzokaralar 1996- yilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi o‘laroq O‘zbekiston bilan Evropa Ittifoqi o‘rtasidagi bitim 1996-yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida EI davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning «Fortezza de basso» qal’asida Evropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuv - sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur bitim O‘zbekistonni Evropaning rivojlangan davlatlari bilan har tomonlama aloqalari respublika salohiyatini yuzaga chiqarishda, demokratiya va bozor islohotlarini amalga oshirish o‘lida muvaffaqiyatli harakat qilish uchun katta imkoniyat yaratdi. Xususan, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi ilg‘or davlatlar bilan bo‘layotgan hamkorliklar davlatlarning iqtisodiy, madaniy aloqalarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamda olib borilishi ham respublika taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar o‘rnatdi. Bular orasida, ayniqsa, yuzdan ortiq a’zoga ega. 1985-yilda tuzilgan Qo‘shilmaslik harakati tomonidan olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillariga, xalqaro kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilish, turli
175
harbiy-siyosiy bloklar faoliyatida qatnashmaslik, tinchliksevarlik kabi yo‘nalishlarga to‘la mos keladi. O‘zbekiston bu tashkilotga 105-a’zo bo‘lib kirdi. O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosatida jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifalar qatoriga kirdi. Shu bois O‘zbekiston jahon iqtisodiyotida integrasiyalashish yo‘lidan borib, Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporasiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashuv tashkiloti va boshqa moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib oldi. Shu bilan birga O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar-Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo‘mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarni tiklab oldi. Ularning vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. BMT ning ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan YUNESKO tashkiloti bilan ham Respublikamiz o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari shu kunlarda muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. 1994-yilga kelib esa O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi tashkil etildi va bu ham o‘zaro hamkorligimizning samaradorligini oshirishda muhim qadam

bo‘ldi.

1996-yilga

kelib

Toshkentda




YUNESKOning vakolatxonasi ochildi.

Shu










o‘tgan vaqtdan beri O‘zbekiston va YUNESKO













tashkiloti

o‘rtasidagi

aloqalar yildan yilga







kengayib bordi.













1996-yil

O‘zbekiston

Prezidenti







YUNESKO qarorgohiga rasmiy tashrif bilan













bordi.

Bu

tashrif

chog‘ida

I.A.Karimov

YUNESKO

ijroiya

kengashining

149-




sessiyasida nutq so‘zladi. YUNESKOning Bosh direktori va Fransiya Prezidenti ishtirokida YUNESKO qarorgoxida «Temuriylar davrida fan, madaniyat va ma’rifatning gullab-yashnashi» ko‘rgazmasini ochdi. O‘zbekiston bilan YUNESKOning o‘zaro hamkorligi kengayshi natijasida YUNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi, 2000- yilda 28-dekabrda esa Shahrisabz YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi. Shaxrisabz bu ro‘yxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar bo‘ldi. Mustaqillik yillari respublikada o‘tkazilgan barcha tadbirlarda YUNESKO ishtirok etdi. Amir Temur tavallud topgan kunining 660 yilligi, Axmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk shaxslarning yubileylari hishonlandi.2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72 sessiysida Ozbekiston tashabbusi bilan muhim bir hujjat imzolandi, bu tarihga «Marifat va diniy bagrikenglik» rezalusiysi nomi bilan kirdi.Ozbekistonning bu taklifini BMT tashkilotiga a’zo bolgan 193 ta davlat keng qollab quvvatladi. Bu esa Ozbekistonning ca’yi – harakatlariga berilgan yuksak e’tirofdir. O‘zbekistonning BMT doirasidagi faoliyati davom etmoqda.
176
Mustaqil O‘zbekiston 2001-yilning iyun oyida «Shanxay beshligi» deb yuritilgan xalqaro tashkilotning XXRni Shanxay shahrida chaqirilgan sammitida bu tashkilotning to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi. 1998-yili tashkil etilgan «Shanxay beshligi»ga Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izston va Tojikiston Respublikalari a’zodir. Shundan keyin «Shanxay hamkorlik tashkiloti» nomi bilan yuritilib bosh maqsad har tomonlama hamkorlik o‘rnatishdan iborat bo‘lib, ayni bir vaqtda xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda tashkilotning faoliyat markazida turadigan bo‘ldi. Terrorizmga qarshi kurash qarorgohi (shtabi) Bishkekdan Toshkentga ko‘chirildi. Tashkilotning aniq vazifalari tashqi ishlar, mudofaa vazirliklarining kengashlarida hal qilinadi.
2005-yilning 2-iyul kuni Qozog‘istonning Astana shahrida «Shanxay hamkorligi» tashkilotining o‘ninchi marta uchrashuvi o‘tdi. Sammitda doimiy a’zo davlat rahbarlaridan tashqari Mo‘g‘uliston Respublikasining vakili kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Kengash Hindiston, Pokiston va Eron davlatlarini tashkilotga kuzatuvchi sifatida qabul qildi va ularning vakillari sammitda ishtirok etdi. Astana uchrashuvi qatnashchilari «Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash konsepsiyasi»ni yakdillik bilan qabul qildi. O‘zaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish to‘g‘risida hujjatlarni imzoladi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama aloqalar o‘rnatish bilan bir vaqtda taraqqiy etgan davlatlar va qo‘shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirdi.Bugungi kunda Shanxay xamkorlik tashkiloti bir qator obroli va nufuzli xalqaro tashkilotlar orasida uzining munosib orniga ega.
2018-yil iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida ShHTning 18 sammiti bo‘lib o‘tdi. Sindaodagi sammitda davlatlar rahbarlari Xitoyning ShHTga raislik qilgan yil yakunlarini, kelgusidagi hamkorlik rejalarini muhokama qildilar. Shuningdek, tashkilotning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Ushbu sammit ShHT faoliyatida yangi davrni boshlab berdi. Sindaodagi uchrashuv tashkilotga yangi a’zolar-Hindiston va Pokiston qo‘shilganidan keyingi ilk Sammit.
ShHT dunyodagi eng katta hududni va sayyora aholisining deyarli yarmisini qamrab olgan, jahon YAIMning uchdan birini ishlab chiqaradigan eng yirik xalqaro tashkilotdir.
ShHTga a’zo mamlakatlarning umumiy aholisi-3,2 mliard kishi, ShXTga kirgan davlatlarning umumiy maydoni 34 million km2dan ziyod. Jahon yalpi ichki mahsulotining ¼ qismi ShHT hissasiga to‘g‘ri keladi. Sindaodagi Sammitda 12 mamlakatdan davlat va hukumat boshiqlari , shuningdek 8 ta xalqaro tashkilot va muassasalar rahbarlari yig‘ildi. Sammitda ko‘p tomonlama aloqalarning barcha sohasini qamrab olgan 23 ta hujjat qabul qilindi. Sammitda ShXTga a’zo davlatlar o‘rtasida uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi qabul qilindi. Qabul qilingan hujjatlar ichida terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik konsepsiyasi, ShHTga a’zo mamlakatlarning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan narqotiklarga qarshi strategiyasi Narkotik vositalar va psixotron
177
moddalarni suiste’mol qilishning oldini olish bo‘yicha ShHT Konsepsiyasi o‘rin olgan. Shuningdek, ShHTga a’zo davlat etakchilarining Yoshlarga qo‘shma murojaati hamda Davlat rahbarlarining savdo tartib –tamoyillarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bayonoti qabul qilindi. Ana shu Sammitda Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorii Vladimr Norovni ShHT Bosh Kotibi lavozimiga tasdiqladilar.

Download 67.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling