Mazvu: O‘zgarishlardan to‘xtamaslik. Iroda
Download 1.05 Mb.
|
8-MAVZU SLAYD
Iroda kuchiga marsiya
Zararli odatlarni tashlash, kechasi ovqatlanmaslik, sport bilan shug‘ullanish yoki ta’lim olish uchun turtki va irodaning yetishmasligiga qanchalik tez duch kelamiz? Biz doimo dushanbadan boshlab yangi hayotni boshlaymiz va haftaning oxiriga kelib yana eski odatlarimizga qaytamiz. Biroq yaxshi yangilik bor: agar haqiqatan ham xohlasak, barchamiz o‘zgarishimiz mumkin. Har birimizning ichimizda qo‘rquv va shubhalarning zich qatlami ostida yashiringan ichki yadro bor. Uni his eting, shunda hayotingizni yaxshi tomonga burishingiz mumkin bo‘ladi. Umid qilamizki, qiyin paytlarda o‘zining mustahkam fe’l-atvorini namoyon eta olgan insonlar haqida berilayotgan quyidagi hikoyalar to‘g‘ri yo‘nalishni tanlay olishingizga va sizni yangi yutuqlar sari ilhomlantirishga sabab bo‘ladi Iroda bu – ichki kuch, maqsadlarni ongli ravishda belgilash hamda yuzaga keladigan tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengib o‘tib, maqsad sari intilish qobiliyati. Tashqi qiyinchiliklar atrofimizni o‘rab turgan ijtimoiy muhitdan keladigan qiyinchiliklardir. Ichki qiyinchiliklar esa ichimizdagi qiyinchiliklar (qo‘rquv, umidsizlik, g‘azab, darg‘azablik, nafrat, mag‘rurlik, befarqlik, e’tiborsizlik, ayblar, qahr, ochko‘zlik, yolg‘izlik)dir. Iroda kuchi insonni ruhlantiradi – maqsadga erishish yo‘lida shaxsni boshqaradi. Agar insonning ruhiyati mustahkam, o‘zi g‘alabaga qattiq ishonchli, irodali bo‘lsa, maqsadlariga erishadi. Aksincha bo‘lsa, bunday odam imkoniyatlarni emas, maqsadga erishishga to‘sqinlik qiladigan sabablarni qidiradi. Muvaffaqiyatli odamlarga quyidagi odatlar yordam beradi: – tiniqib uxlash; – o‘z vaqtida uyg‘onish; – sovuq suvda cho‘milish; – muhim ishlarni vaqtida bajarish; – katta ahamiyatga ega bo‘lgan muhim ishlarga o‘zini bag‘ishlash; – “irodani qayta yuklash” tugmachasini bosish: bir soat ishlagandan so‘ng, biroz sayr qilish, bir stakan sharbat ichish, yana faol ishlash, yana dam olish va yana ishlash; – katta yutuqqa erishish uchun kichik qadamlar qo‘yish. Botir Zokirov 1955-yilda qattiq betob bo‘lib, ahvoli og‘irlashib, rangi za’faronga o‘xshab qolgan, ozib ketgandi. Uni taniqli vrach Vali Majidov uzoq davoladi. Davolash jarayoni murakkab va og‘ir kechdi. Lekin Botir Zokirov ruhiy tushkunlikka tushmadi. Uning hayotga muhabbati, irodasi kuchli edi... 1964-yili Botir Zokirovni Moskvadagi kasalxonaga yotqizishadi. Uning operatsiyadan sog‘-omon chiqishi dargumon edi. Operatsiya sakkiz soat davom etsa-da, yaxshi chiqadi. U operatsiyadan so‘ng rangini oldirgan bo‘lsa-da, biroq ko‘zlari olovday chaqnab turardi. Bular hayotga cheksiz muhabbat va bukilmas irodaning ramzi edi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling