Media savodxonligi va axbarot madaniyati Tuzuvchi: Sobirova Sevara
Download 253.83 Kb.
|
S.Sevara.media savodxonligi.ppt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻz erkinligi
Soʻz erkinligi — insonning asosiy shaxsiy va fuqarolarning siyosiy huquklaridan biri; hozirgi davrda aksariyat mamlakatlarda "axborot erkinligi" deb ataladigan umumiy huquqning tarkibiy qismi. Oʻz fikrini ommaviy tarzda (ogʻzaki va ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda yozma) bayon etish imkoniyatini bildiradi. Soʻz erkinligiga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi.
Oʻzbekistonda Soʻz erkinligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga koʻra, "har kim fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega" (29modda). Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi buyicha har kim uzi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ham ega. Biroq amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taallukli boʻlgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkinligi Konstitutsiyada oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida"gi qonunida davlat sirlari toifalari anikdangan va ular haqidagi maʼlumotlarni olish va tarqatish chegaralangan.
Download 253.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling