O’zbekiston Finlandiya Pedagogika insitutining sirtqi bo’limining, boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 105-guruh talabasi Ergasheva Lobar Media texnologiyalar kundalik hayotda Reja: Kompyuter grafikasi turlari - Tuzilishiga ko`ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo`lishi mumkin. Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko`pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo`lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi.
- Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo`lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi.
- Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini yo`qotmagan xolda kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir.
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. - Xozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalari kirib bormagan soxani topish qiyin.
- Kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalarini qo’llanish soxasiga ko`ra quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:
- Poligrafiya ishlari uchun mo’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari; ikki o`lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;
- Taqdimot ishlari uchun mo’ljallangan dasturlar; ikki o`lchamli animatsiya dasturlari;
- Uch o`lchamli animatsiya dasturlari; ikki o`lchamli animatsiya dasturlari;
Multimedia va grafik dasturiy ta’minotlar. - Shu sohaga yo`naltirilgan foydalanuvchilar xuddi muhandislar, arxitektorlar, nashriyotchilar kabi grafik dasturlardan doimo foydalanishadi.
- Bu dasturiy ta’minot avtomatlashtirilgan loyihalashtirish, nashriyot tizimi, bo`yoq/tasvir tahrirlagichlar, foto tahrirlagichlar, video va audio tahrirlagichlar va multimedia yaratish hamda Web-sahifa yaratish kabilarni o`z ichiga oladi.
- Ko`pgina multimedia va grafik dasturlar foydalanuvchilar tomonidan foydalanish orqali oson interfeysli va sodda versiyalari bilan bu dasturda grafikli hujjatlar yaratiladi.
Rang modellari - RGB modelining nomi Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko`k birlamchi ranglarning bosh xarflaridan olingan bo`lib, ushbu ranglarning turli proportsiyalarda aralashtirish natijasida ko`rinuvchi spektrning turli xil boshqa ranglarini olish mumkin.
- Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yelow) ranglar xosil bo`ladi (11.1-rasm).
11.1-rasm. RGB modeli
Loyihalashtirishni avtomatlashtirish - Loyihalashtirishni avtomatlashtirish (CAD) dasturiy vositalari amaliy dasturiy vositalarning qiyin turlaridan hisoblanib, ular professional foydalanuvchilar ilmiy loyihalarni, arxitektura ishlanmalarini yaratish uchun yordam beradi.
- CAD dasturiy vositalari loyiha dizaynini va loyiha ustida ish olib borish jarayonini engillashtiradi.
- Uch fazoli CAD dasturlari loyihachiga ob’ektlarni har qanday burchak ostida aylantirib, ko`rib ishlash imkonini beradi.
Web-sahifalar yaratish uchun dasturiy ta’minotlar - Web-sahifalar uchun dasturiy vositalar foydalanuvchilarga web-sahifalarga grafik tasvirlar, audio va video, multiplikatsiya hamda boshqa maxsus effektlar yaratishda yordam beradi
- Amaliy dasturiy ta’minot, ya’ni Word va Excel dasturlari ko`pincha web-sahifalarni yaratish hamda uning xususiyatlarini oshirishda qo`llaniladi.
- Ushbu multimedia dasturiy vositalari tarmoqda web-sahifalarni rivojdanishiga xizmat qilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |