Медиа тили, услуби” фанидан якуний назорат саволлари Djumayeva Gulruh
Download 8.39 Kb.
|
media tili va uslubi yakuniy nazorat Djumayeva Gulruh 1variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Styardessa
- Muxbir
- Styuardessa
Медиа тили, услуби” фанидан якуний назорат саволлари Djumayeva Gulruh 1-kurs sirtqi 1 – вариант Фонетик воситаларнинг услубий имкониятлари. Публицистик услуб ва унинг услубий хусусиятлаари, вазифалари. Ижодий топшириқ. Хабарни ўқинг. Ушбу мавзу бўйича суҳбат учун кўпроқ саволлар тайёрланг. Ўйлаб кўринг, интервьюга энг мос келадиган респондент ким?Матнни қайта ишлаб, интервьюга айлантиринг. Париж – Саратов рейси бўйича “Aир Франcе” самолётида парвоз қилаётган маст ҳолатда бўлган йўловчилардан бири ғазабланиб, стюардессани ҳақорат қила бошлади. Охир-оқибат жанжал бошланди. Aралашаётган йўловчилар ва бошқарувчиларнинг бири билан уни жиловлашди ва боғлаб, салон охиридаги бўш жойлардан бирига ўтқазишди. Самолёт Саратовга хавфсиз қўнгач, экипаж полицияни чақирди ва боғланган йўловчи қўлга олинди. Маълум бўлишича, у - Буюк Британия фуқароси. Полиция консуллик билан боғланган, консул келиши кутилган. 1 Fonetik vositalar adabiy asarni shakllantiruvchi til birliklari va ularni qollashning uzviy qismi sifatida badiiy uslubninng boshqa funksional uslublar orasida o'ziga xos o'rni borligini aniq ko'rsatib turaoladigan lingvoestetik omillardan sanaladi “ Fonetika trilshunoslikning bir bolimi bolib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bolishi, turlari, ozgarishi, soz manolarini farqlashdagi roli, shuningdek, urgu, intonatsiya,ohang) nutqning fonetik bo'linishi, kabi masalalar organiladi. Fonetika tovushlarni nutq oqimida organadi. Tovush oqimi tovushlarning uzluksiz chiziqli izchilligidir. Tovush nutq oqimining manoga ega bolmagan eng kichik birligi sanaladi. Tovush mano ifodalamasa ham leksema, morfema kabi manoli til birliklarini shakllantiradi, ular uchun moddiy baza sanaladi; leksema, morfema kabi manoli til birliklari tovushlardan tuziladi. Masalan, ozbek tilida kitobi leksemashakli tarkibidagi kitob leksemasi [k], [i], [t], [o], [b] tovushlari vositasida, -i morfemasi [i] tovushi vositasida shakllangan. Fonetik vositalar. Ohang, urgu uslubiy mazmun ifodalashda vosita boladi.Sozlar tovushlardan hosil boladi. Nutq mazmuni bilan, ohangdor, mayin, musiqiytovushlari bilan tasirli hamda yoqimli boladi. Tovushlardan malum ohang paydoboladi. Ohang yordamida narsalarning eng nozik boyoqlarini, nozik manolarinibilish, ifodalash mumkin. Tovushlar malum qoida-tartib asosida yonma-yonkeladi. - da, - va, - qa (yoki- q)kabi boginlardan (yoki tovushlardan) keyin yanashu turdagi tovushlar bilan boshlanadigan soz keltirish nutqiy galizlikka sababchiboladi: Kok qorigin quchgusi. Shundan bugun i otgan izsiz. Bu masala fandaham kam tekshirilgan.(L.Abdullayev) Ahd va vafo....Ohang, urgu badiiy uslubvositasidir. Ohang va urguning ozgarishi yangi uslubiy mazmun ifodalaydi.Qoshimcha, soz birikmasi, gapning uslubiy mano olishi malum bir ohang,urgu yordami bilan royobga chiqadi. Salimaxon keldilarjumlasida bir xil ohangSalimaxonga hurmatni, ikkinchi bir ohang kesatish, mazax qilish mazmuniniifodalashi mumkin. Tovush ohang nutqiy ravonlik, jozibadorlik, his-tuyguifodalash vositasidir. Shu tufayli, fonetik vositalar badiiy, ilmiy-ommabop, rasmiyuslublarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.Leksik vositalar. Sozlar oz manosi bilan betaraf bolsa ham (ota, ona,suv, non, gosht, ishonch, ormon, gilosva b.), kontekstda (iborada, jumlada)kochma manoga ega boladi. Gulning chiroyli belgisi odamga (gul yuz),orin-joyga (gul bog),biror harakatga (qoli gul odam)kochiriladi, natijada gulsoziqoshimcha uslubiy mazmun oladi. Shuningdek, koz, til, onakabi sozlarningmanosi kochirilishi mumkin. Ayrim sozlar esa oz leksik manosi bilan birga,qoshimcha modal mazmun ifodalaydi: dost, yer, qahramon, gozal, aqlli, mehr,ishbilarmonkabi sozlar ijobiy mano, bohton, yolgonchi, yalqov, sassiq,dushmankabi sozlar esa salbiy mano ifodalaydi. Sozning oz manosidankochishi, uslubiy mazmun olishi koproq badiiy uslub, bazan ommaviy uslub vaorni bilan ogzaki sozlashuv tilida uchraydi.Metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya, tag mano kabi leksik vositalar hamuslub yaratishda muhim orin tutadi. Biz shaxslarga, predmetlarga, hodisalarga ikki xil baho beramiz: ijobiy baho-bunda moyillik, sevish, hurmat qilish, mehr-muhabbat tuygulari ifodalanganboladi: ofarin, yoqimli, ajoyib, gozal, shirin, chiroyli, saxiy, baxtlikabi.Salbiy bahoda nafrat, xafa bolish, ranjish, haqorat, dil ogrishi kabi tuygularifodalanadi. Masalan, xasis, bevafo, badnafs, ochko`z, firibgar, vadaboz, badbaxtva boshqalar. Malumki, fel soz turkumlari ichida xilma-xil shakllarga boy bolib,shu tufayli uning uslubiy imkoniyatlari ham nihoyatda kengdir: birgina zamon vashaxs qoshimchalarining kopligi ulardagi sinonimik qatorlardan istalgan manoniifodalash uchun sozlovchiga bu fe'l shakllaridan birini tanlay olish imkoniyatini beradi. 2 Ozbek tilshunosligida publisistik uslub T.Qurbonov tomonidan maxsus organilgan. Bu uslub OAV, xususan, gazeta, jurnal, radio, televideniye material-lari uslubidir. Tilshunoslik va jurnalistikada "publisistika janrlari", "gazeta janrlari" terminlari hozirgi vaqtda kam ishlatilmoqda. Adabiyotshunoslikda ham "publisistika janrlari" terminining qollanishi mustahkam ornini egallagan. Lekin ozbek tilshunosligida "gazeta janrlari" termini hozirgacha ozining aniq ifodasini, obyektini topgan emas, u "publisistika janrlari" termini bilan birga parallel qollanmoqda. Yana bir muammo shundaki, gazeta materiallari janrlar boyicha aniq oz tasnifiga ega emas. Ozbek tilshunosligi va jurnalistikasidagi mavjud adabiyotlarda ular turlicha miqdorda umumiy tarzda sanaladi, xolos. Gazeta materiallarini janrlar boyicha guruhlarga ajratish etibordan hamon chetda qolib kelmoqda. Rus tilshunosligida gazeta materiallari janrlari boyicha aniq tasnifiga ega. Ozbek vaqtli matbuotida ham XX asr boshidan janrlar yuzaga keldi. Vaqtli matbuot rivojlanishi bilan janrlarning oziga xos xususiyatlari, farqli tomonlari, yangi turlari paydo boldi va taraqqiy etdi. Janrlar haqida fikr yuritilganda, ozbek tilshunosligida "publisistik janr" deyiladimi yoki "gazeta janri"mi, bundan qatiy nazar, ularning miqdori, toliq turlari haqida aniq tasnif yoqligi bu sohadagi ishni ancha murakkablashtirdi. "Gazeta tili", "Gazeta janrlari uslubiyati" maxsus kurslari dasturi hamda "Jurnalistik ijod nazariyasi va amaliyoti (janrlar)" kursi dasturida gazeta janrlari va ularning tasnifi keltirilgan. Ularda ozbek tilshunosligida "gazeta janrlari"ning belgilab berilganligini, janrlar tasnifidagi bazi turli xilliklarga qaramasdan, bu sohaga bir muncha aniqliklar kiritilganligini alohida takidlash lozim T.Qurbonov tadqiqotlarida publisistik uslub janrlari ajratib korsatilgan26. U publisistik uslubning quyidagi janrlarini qayd etgan: xabar, reportaj, korrespon-densiya, maqola, siyosiy maqola, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy xarakterdagi maqola, ocherk, felyeton, pamflet, lavha, partiya va hukumatning direktiva va qarorlari, axborot, turli sharhlar, taqriz, ijtimoiy-siyosiy esse, ochiq xat, xalqaro xabar, chaqiriq. S.Muhamedov gazeta publisistikasi tarmogi - gazeta publisistikasi janri sifatida quyidagilarni korsatgan: reportaj, hisobot, intervyu, korrespondensiya, maqola, sharh, obzor, taqriz, matbuot obzori, ocherk, felyeton, pamflet, lavha. Ozbek badiiy publisistikasining xususiyatlari togrisida qator tadqiqotlar yaratgan O.Togayev xat, ocherk, felyetonni badiiy publisistika janrlari sifatida baholagan edi. U oz tasnifida badiiy publisistik janrlar (xat, ocherk, felyeton) bilan birga ijtimoiy-analitik yoki informatsion-analitik (korres-pondensiya, maqola, reportaj) publisistika janrlarini ajratib korsatadi. Olimning janrlarni alohida belgilariga qarab guruhlarga bolishi, ayniqsa, etiborga molikdir. Felyeton janrining tarixi, uning ozbek matbuotida shakllanishi, taraqqiyoti haqida maxsus fikr yuritilgan tadqiqotda, u "matbuot janri", "satirik janr", "satirik-publisistika janri" terminlari ostida baholangan. Orni bilan "adabiy va badiiy publisistika janrlari" termini ham qollanilgan. "Matbuot janrlari" sifatida informasion janrlar, korrespondensiya, oddiy tanqidiy maqola, bosh maqola, umum-siyosiy nazariy maqola, reportaj kabilar ham ajratib korsatilgan. Tadqiqotchi turli terminlarni qorishiq (aralash) holda qollagan bolsa-da, felyeton janri-ning xususiyatlarini, asosan, matbuot janri sifatida, gazeta va jurnal-lar materiallari asosida yoritib bergan. Bu esa, matbuot janri, xususan, gazeta janri haqida alohida, badiiy publisistikadan farqli tarzda, mulohaza yuritish mumkinligini ham korsatadi. A.Boboyeva "gazeta janrlari" mavjudligini tan olgan holda, axborot janrini ajratib korsatadi. Shuningdek, olimaning felyeton va ocherkka nisbatan ishlatgan terminlari ham ("ijtimoiy-publisistik", "badiiy-publisistik") diqqatni tortadi. Keyingi paytlarda ozbek tilshunosligida "gazeta tili", "gazeta uslubi", "g azeta janrlari" tushunchalari tobora mustahkam orin egallamoqda. I.Toshaliyev "gazeta janrlarining tasniflanishi va guruhlanishi"ni quyidagicha belgilaydi: "Axborot(informasion) janrlari. Tahliliy (analitik) janrlar. Tasviriy (badiiy-publisistik) janrlar". U xabar, hisobot, suhbat, reportaj, lavha (axborot (informat-sion) janrlar), korrespondensiya, maqola, publisistika, xat, xalqaro obzor, matbuot obzori, taqriz (tahliliy (analitik) janrlar), ocherk, felyeton, pamflet (badiiy-publisistik janrlar) kabilarni oz tasnifida qayd etgan. G.Gafurov "publisistik janrlari" va "jurnalistik janrlar" terminlarining manodosh ekanligini qayd etib, janrlarni quyidagicha tasnif qiladi: "1) Axborot janrlari: xabar, suhbat, intervyu, hisobot, reportaj. 2) Axborot-tahliliy janrlar: korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh, kuzatish, xat, matbuot sharhi. 3) Badiiy-publisistik janrlar: ocherk, felyeton, satirik janrlar, esse, lavha"33. Matbuot, jumladan, gazetaning xarakterli xususiyatidan kelib chiqqanda, uning asosiy vazifasi informasiya (axborot) berish va badiiy-publisistik vositalar orqali obrazli tarzda tasir etish hamda boshqalardan iborat. Tadqiqotchilar matbuotning vazifasi va ifoda usullari hamda shakllaridan kelib chiqib, janrlar haqida gapirganda, "informasion" yoki "axborot" janrlari, "badiiy-publisistik janr", "analitik janr" terminlarini ishlatganlar. A.Abdusaidov tadqiqotlarida gazeta tili quyidagicha tasnif asosida o`rganilgan: 1. AXBOROT (INFORMASION) JANRLARI. 1. Xabar: xronika-xabar, axborot-xabar, tanqidiy yoki satirik xabar, maxsus sarlavhalar ostidagi qisqa xabarlar, kengaytirilgan xabarlar. 2. Reportaj: shu kungi voqealar haqidagi reportaj, mavzuli reportaj, muammoli reportaj. 3. Hisobot: oddiy hisobot, tahliliy hisobot, mavzuli hisobot, muammoli hisobot, ilmiy hisobot, sud hisoboti, rasmiy voqyealar haqidagi hisobot. Intervyu: intervyu-monolog, intervyu-dialog, intervyu-lavha, portret-intervyu, davra-suhbat, matbuot konferensiyasi. 3 Muxbir --Assalomu alaykum,kuni kecha Parij- Saratov reysi bo'yocha ''Air France'' samolyoti bortida bo'lib o'tgan ko'ngilsizlik to'g'risida gapirib bersangiz. Styardessa -- Assalomu alaykum, darhaqiqat kuni kecha parvoz paytida ko'ngilsizlik ro'y berdi. yo'lovchilardan biri mast holda meni haqorat qila boshladi.oxir oqibat janjal kelib chiqdi. men yo'lovchini tinchlantirishga harakat qildim, ammo u tinchlanishni istamadi. Muxbir --Bu vaziyatda salonda bo'lgan yo'lovchilar qanday yo'l tutishdi? Styuardessa --Albatta bu holatda yo'lovchilar shunchaki tomoshabin bo'lishni ep ko'rishmadi.ulardan ba'zilari boshqaruvchi bilan birgalikda mast yo'lovchini bog'lab janjal qilishga imkon qoldirmay oxirida bo'sh joylardan biriga o'tqazishdi. Muxbir -- Hodisa qanday davom etdi, parvoz paytida tartibni buzgan yo'lovchiga qanday chora ko'rdingiz? Styuardessa --Buni shunday qoldirmadik, albatta, samolyotimiz xavfsiz Saratovga yetib borgach,ekipaj a'zolarimiz politsiyaga xabar berishdi va biz yo'lovchini bog'langan holda politsiya qo'liga topshirdik. Muxbir --Ushbu hodisaningb natijasi bilan qiziqib ko'rdingizmi, hozirda sizga nimalar ma'lum? Styuardessa --Albatta bizga ma'lum bo'lishicha ushbu janjal ko'targan fuqaro Buyuk-Britaniya fuqarosi ekan. Politsiya xodimlari konsullik bilan bog'lanishgan. konsullik kelishi kutilgan. Muxbir --Sizningcha buning yechimi qanday bo'ladi? Styuardessa -- o'ylaymanki ushbu fuqaro jazosiz qolmaydi. tegishli tartibda qonun oldida javob beradi. Muxbir --Sizga tashrif hamda ma'lumot uchun raxmat, keyingi parvozlaringiz bexatar bo'lsin! sog' bo'ling! Styuardessa --Raxmat,salomat bo'ling! Download 8.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling