"mehmondo‘ST"


Download 9.04 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi9.04 Kb.
#1311236
Bog'liq
mehmondo\'st


“MEHMONDO‘ST”
O‘sha kuni maktabga ancha barvaqt kelib qolibman. Vaqt o‘tkazish uchun bufetga kirdim. Qarasam, oldiga bir lagan “gumma”ni qo‘yvolib, qo‘shnim – mendan bir sinf yuqorida o‘qiydigan Abdullox o‘tiribdi.
-Ishtahang karnay-ku, osh bo‘lsin, – dedim kinoya aralash.
-E, Aziz, juda vaqtida kelding-da, kimni mexmon qilsam ekan, – deb o‘tirgandim, – u o‘rnidan turib yonidagi stulga ishora qildi. Men ikkilanib to‘htab qoldim.
- Tortinma o‘tiraver, ikalamizdan ham ortadi, – dedi u jilmayib
-Namuncha, och qolganlarga o‘xshab...
-Bugun maktabda navbatchiman. Barvaqt kelib, hammadan keyin ketishim kerak. Shunga ochqab qolmay, degandim. Lekin ko‘plik qilyapti. O‘tir, sovimasdan yeb olaylik.
-Endi ishtaha bilan gumma chaynayotganimda, yana ikkita sinfdoshi “ko‘maka” keldi... Qorin to‘ygach, Abdulloxga rahmat aytib, o‘rnimizdan turdik. Abdullox kirish qo‘ng‘irog‘ini chalishga ketdi.
-Ajoyib o‘rtog‘imiz bor-da, juda saxiy. Tez-tez bizni mehmon qilib turadi, – dedi Botir.
-Uyda ovqatlanmay kelsam ham och qolishdan qo‘rqmayman, Abdulloxga ishonaman-da, – dedi Hojiakbar.
-Zo‘r bola, gap yo‘q, kitobiy tilda aytsak – chinakam Hotamtoy, – dedi sinfdoshlar, men ularning fikriga qo‘shilib bosh irg‘ab qo‘ydim.
Lekin keyin o‘ylanib qoldim. Abdullox to‘g‘ri ish qilyaptimi? Ahir u o‘zi hali ishlab pul topmayotgan bo‘lsa. Pulni goh pensioner buvisidan, goh dadasidan oladi. Abdullohlarning oilasi katta. O‘zidan keyin uchta ukasi bor. Shunday ekan, kattalarni ayasa, huda-behudaga pul so‘rayvermasa, dadasining puli tejaladi. Tejalgan pullar esa ukalarining boqchasiga, ro‘zg‘orning kam-ko‘stini to‘ldirishga sarflanadi-ku!
Download 9.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling