Mehmondo‘stlik industriyasi


Hukumatlararo Jahon turizm tashkilotining tashkil etilishi


Download 26.88 Kb.
bet3/3
Sana04.04.2023
Hajmi26.88 Kb.
#1327712
1   2   3
Bog'liq
Meh. Industriyasi

Hukumatlararo Jahon turizm tashkilotining tashkil etilishi
1969 yilda BMT Bosh assambleyasining rezolyusiyasiga muvofiq MSOTO Hukumatlararo Jahon turizm tashkilotiga (JTT) aylandi. Bu fakt xalqaro turizmning ham iqtisodiy, ham siyosiy ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi.
JTT yuridik jihatdan 1970 yil 28 sentyabrda MSOTO bosh assambleyasining favqulodda sessiyasida Jahon turizm tashkilotining Nizomini qabul qilinishi, hamda uning 1975 yil 2 yanvardan 51 davlat tomonidan ratifikatsiya qilinishi bilan kuchga kirishi orqali rasmiylashtirildi.
JTT - maxsus xalqaro tashkilot bo‘lib, Nizomining 1 bandiga muvofiq hukumatlararo tashkilotlar qatoriga kiradi.
JTTning asosiy maqsadi turizmni rivojlantirish va rag‘batlantirish orqali iqtisodiy rivojlanish, xalqaro tinchlik, taraqqiyot, inson huquqlariga hamda irqi, jinsi, tili va dinidan qat’iy nazar barcha uchun asosiy erkinliklarga rioya qilishga o‘z hissasini qo‘shishdan iborat. Tashkilot ochiq bo‘lib, uch xil a’zolar bo‘lishini nazarda tutadi: haqiqiy a’zolar, assotsiyalashgan a’zolar va qo‘shilgan a’zolar.
Har qanday suveren davlat haqiqiy a’zo bo‘lishi mumkin. Assotsiyalashgan a’zo statusini o‘z tashqi munosabatlarini olib borish huquqiga ega bo‘lmagan hududlar olishi mumkin. Turizmda o‘zining qiziqishlari bo‘lgan hukumatlararo va nodavlat tashkilotlari, maqsadlari JTTda ko‘zda tutilgan maqsadlarga mos keluvchi tijorat tashkilotlari qo’shilgan a’zo bo‘lishlari mumkin. JTT Nizomiga muvofiq uning boshqaruv organlari bo‘lib Bosh assambleya, Ijroiya kengashi va kotibiyat hisoblanadi.
Bosh assambleya - JTTning oliy organi bo‘lib, haqiqiy a’zolarning vakili bo‘lgan delegatlardan iborat bo‘ladi.
Bosh assambleya sessiyalar shaklida faoliyat yuritadi: navbatdagi sessiyalar ikki yilda bir marta, favqulodda sessiyalar esa zarur bo‘lgan hollarda chaqiriladi. Assambleya keng vakolatlarga ega. Bu vakolatlar asosan quyidagilardan iborat: tashkilotga yangi a’zolarni qabul qilish; a’zolikni to‘xtatish yoki bekor qilish; moliyaviy qoida va reglamentni tasdiqlash; JTT vakolatiga to‘g‘ri keluvchi har qanday masalalar bo‘yicha xalqaro kelishuvlarni tayyorlash va tavsiya qilish va h.k.
Bosh assambleya Yevropa, Afrika, Amerika, Janubiy Osiyo, Yaqin Shark, Sharkiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha olti mintaqaviy komissiya, shuningdek Meksikada turizm bo‘yicha oliy o‘quv markazi (SIEST) ta’sis etgan.
Komissiyalar keng miqyosdagi sohada faoliyat yuritadilar va har yili o‘z mintaqalarida Assambleyaning texnik tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha katta ishlar qilishadi. Kengash a’zolarining vakolat muddati 4 yil.

Xulosa
O‘zbekiston haqli ravishda xorijiy turistlar uchun jozibali mamlakat hisoblanadi. Qadimda Xitoyni Yevropa davlatlari bilan bog‘lab turgan Buyuk Ipak Yo’li o‘tgan shaharlarda turli tarixiy davrlarga oid to‘rt mingdan ortiq arxitektura yodgorliklari mavjud. O‘zbekiston xorijlik sayyohlarni jalb qilish uchun boshqa resurslarga ham ega: cho‘llar va qo‘riqxonalar, tog‘lar va daryolar, mineral buloqlar, o‘ziga xos madaniyat, mamlakatning iqtisodiy salohiyati va x.k.


Tayanch iboralar:

  • mehmondo‘stlik sanoati

  • mehmonxona majmui

  • xorijiy investor

  • standart xona

  • banket zali

  • ijtimoiy turizm

Nazorat savollari



  1. Mehmondo‘stlik sanoati fani nimani o‘rganadi?

  2. Mehmondo‘stlik sanoatida sifat tushunchasini nimani anglatadi?

  3. Mehmonxona xizmatlari sifatiga ta’sir qiluvchi omillarni sanab bering?

  4. Mehmonxona asosiy xizmatlariga nimalar kiradi?

  5. Mehmondo‘stlik sanoatida marketingning qanday usullari va funksiyalari mavjud?

  6. Mehmondo‘stlik sanoatida strategiya nimani anglatadi?

  7. O‘zbekistonda mehmonxona xizmatlari sanoatini taxlil kiling.

  8. O‘zbekiston mehmondo‘stlik sanoatining xususiyatlarini ko‘rsating.

Adabiyotlar

  1. I.A. Karimov O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid,

  2. Gostinichnыy i turisticheskiy biznes. Pod red. prof. CHudnovskogo A.D., M., Assotsiatsiya avtorov i izdateley «Tandem», «Ekmos» 2006 g.

  3. Gulyaev V.G. «Organizatsiya turistskoy deyatelnosti». Uchebnoe posobie., M., «Nolidj», 2005 g.

  4. Kamilova F.K. Xalqaro turizm bozori. Darslik.TDIU.2006.

Qo‘shimcha adabiyotlar.



  1. Gostinichnыe ob’edineniya: dinamika ix razvitiya. Industriya gostepriimstva. Turizm: №1, 1998, Praktika, problemы, perspektivы. Jurnal «Ekonomicheskoe obozrenie» 2001 g.

Download 26.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling