Mehmonxona sohasida joylashtirish vositalari va xizmatlari
Download 45.01 Kb.
|
Mehmonxona sohasida joylashtirish vositalari va xizmatlari
Turistik mehmonxonalar faol dam olayotgan turistlar uchun mo‘ljallanadi. Mamlakatimizda bunday mehmonxonalar asosan uyushtirilgan gruppaviy turizm – ekskursiya va sport turizmi uchun mo‘ljallangan.
Turistik mehmonxonalar shaharda, shahar tashqarisida, turistik ob’ektlar yaqinida, yaxshi tabiiy omillarga ega joylarda, ko‘pincha yashil massivlar yaqinida quriladi. Turistik mehmonxonalar, shuningdek kurort mehmonxonalari yer maydonlarining hajmi umumiy tipdagi mehmonxonalarning yer maydonlaridan ancha katta bo‘ladi (1 mingtagacha o‘rinli mehmonxonalarda bir o‘ringa 75 m2 va 1-2 ming o‘rinli mehmonxonalarda bir o‘ringa 65 m2). Kurort mehmonxonalari va turistik mehmonxonalarning, kurortlarda va dam olish zonalarida joylashgan motellar va keminglarning ko‘kalamzorlashtirilgan yer maydonlari jami yer maydonining kamida 5% ni tashkil etishi kerak. Mehmonxonalarning yer maydonlarida sport maydonchalari (bir o‘ringa 8-10m2 hisobidan), bolalarning o‘yin maydonchalari va soyabonlar joylashadi. Shovqindan saqlanish uchun turistik mehmonxonalar va kurort mehmonxonalarining korpuslari transport qatnaydigan ko‘chalar va yo‘llardan kamida 50 m uzoqda quriladi. Bu khchalar va yo‘llar yoqasida daraxt ko‘chatlari ekish nazarda tutiladi. Ko‘pchilik oilaviy dam olishni yoqtirganligi uchun turistik mehmonxonalarda asosan ikki hrinli nomerlar nazarda tutiladi. Nomerda odatda kunduzgi dam olish zonasi ajratiladi. Bu zona lodjiya yoki balkonni ham o‘z ichiga oladi. Yoshlar turizmi uchun mo‘ljallangan mehmonxonalarda tejamkorlikni oshirish va yashash uchun to‘lanadigan haqni kamaytirish maqsadida ba’zan beshta va undan ortiq odamga mo‘ljallangan umumiy yotoqxona ko‘rinishidagi nomerlar nazarda tutiladi. Turistik mehmonxonalardagi umumiy ahamiyatga molik binolar va xonalar asosan dam olish uchun mo‘ljallangan bhladi (khp funksiyali zallar, xollar, kaminli zallar va h.k.). Umumiy ovqatlanish korxonalari orasida ba’zan «ko‘ngilochar ovqatlanish» korxonalari (raqs barlari, varete va h.k.), tez va arzon xizmat khrsatish korxonalari (ekspress-kafe, oshxona va sh.k.), ba’zan o‘ziga o‘zi xizmat khrsatish korxonalari ham bo‘ladi. Turistik mehmonxonalarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda turistik xizmatlar khrsatish joylari, shuningdek turistik-uslubiy va instruktorlar xonalari (instruktorlar turistik guruhlar bilan metodik ish olib borishi uchun) mavjud bo‘ladi. Bunday xonalar majmui turistik marshrut turiga va mazkur marshrut bhylab turistlarning harakatlanish usuliga bog‘liq. Turistik-sport mehmonxonalarida turistik va sport anjomlari va jihozlari (chang‘i, konki, chana, ov va baliq ovi anjomlari, qayiqlar, baydarkalar va h.k.)ni ijaraga berish shoxobchalari nazarda tutiladi. Turistik-sport mehmonxonasining xususiyatiga qarab, bunday shoxobchalar to‘plami har xil bhlishi mumkin. Shunga hxshash anjomlarni ijaraga berish shoxobchalari kurortlar va dam olish zonalarida joylashgan motellar va kempinglarda ham bo‘lishi mumkin. Qoida tariqasida, bunday mehmonxonalarda ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plami yaxshi rivojlangan, umumiy ovqatlanish korxonalari ancha rang-barang bo‘ladi. Ularda «ko‘ngilochar ovqatlanish» korxonalari (kunduzgi va tungi barlar), do‘konlar, kiosklar va h.k. ishlab turadi. Shinamlik darajasi yuqori bo‘lgan mehmonxonalarda basseynlar, saunalar, kegelbanlar, barlar, restoranlar, madaniy hordiq markazlari ham bo‘ladi. Turistik mehmonxonalarni turizmning madaniy va ma’rifiy turlarini ma’qul ko‘ruvchi, shinamlik va xizmat ko‘rsatish darajasiga ancha katta talablar qo‘yuvchi turistlar harakatlanadigan marshrutlarda joylashtirish lozim. Bundan tashqari, turistik mehmonxonalardan avtoturizm, sport va transport turizmining ayrim turlari bilan shug‘ullanuvchi, kongresslar, festivallar va anjumanlarga keluvchi, shuningdek har xil aralash turistik sayohatlar chiquvchi mijozlarni qabul qilish va ularga xizmat khrsatish uchun ham foydalanish mumkin. Marshrutda joylashishiga qarab, turistik mehmonxonalar asosiy muassasalar (to‘g‘ri va halqali marshrutlardagi boshlang‘ich yoki oxirgi punktlar) sifatida yoki marshrut o‘rtasida turistlar nisbatan uzoq dam olishi uchun mhljallangan oraliq muassasalar sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Foydalanishning mavsumiyligiga qarab, mehmonxonalarning mazkur turidan, qoida tariqasida, butun yil davomida foydalanishga mo‘ljallangan doimiy turizm muassasasi sifatida foydalaniladi. Mehmonxonalarning funksional o‘ziga xosliklari ularni barcha loyihalash-qurilish hududlarida va iqlimiy kichik hududlarda loyihalash, qurish va ulardan foydalanish imkonini beradi. Download 45.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling