Mehmonxona xizmatlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish


Download 5.06 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi5.06 Kb.
#1841610
Bog'liq
Mehmonxona xizmatlarini standartlashtirish va sertifikatlashtiri-fayllar.org


Mehmonxona xizmatlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish

Mehmonxona xizmatlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish

Reja: 1. Turistik korxonalarga litsenziya olish uchun davlat tomonidan o‘rnatilgan talablar 2.Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish xuquqlari

O‘zbekistonda turizm faoliyati litsenziyalanadi, hamda bu jarayonni o‘tkazish mexanizmi tegishli me’yoriy hujjatlar va qonun bilan belgilangan. Turizm biznesini tashkil etish uchun rasmiyatchilikni o‘ziga xos xususiyatlarini bilish zarur, jumladan, litsenziyalash sohasini va boshqa ruxsatnoma xilidagi hujjatlarni mukammal bilish talab etiladi. Bugungi kunda O‘zbekiston spubliRekasining turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi quyidagi me’yoriy hujjatlar: «Turizm to‘g‘risida»gi qonun,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2016 yil 2 dekabrdagi PF–4861-son Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 189-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan “Turizm faoliyatini Litsenziyalash tartibi to‘g‘risida” Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi litsenziyalovchi organ sifatida litsenziyani quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha shug‘ullangan soha egalariga beradi: ichki turizm — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun; chiqish turizmi — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun; kirish turizmi — O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: turizm faoliyati subektlaridan turizm to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini talab qilish

litsenziat tomonidan Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish; Litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirishlarni jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida maxsus vakolatli organning — O‘zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining qaroriga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazish

Sertifikatlash – bu aholi salomatligini va xavfsizligini ta’minlash maqsadida tayyorlangan korxona mahsulotlari yoki xizmatlari sifatini tartibga solish jarayonidir. Shuni qayd qilish kerakki, sertifikatlash nafaqatgina chetdan kelayotgan import tovar va xizmatlarga, balki mahalliy ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarga ham tegishlidir. Ekspert ma’lumotlari bo‘yicha O‘zbekistonda 2.5 mingdan ortiq tovar va xizmatlar sertifatlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan 2018-yildan boshlab xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari va avtotransport korxonalarini xorijiy turistlarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash maqsadida majburiy sertifikatlash joriy etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi zimmasiga quyidagi funksiyalar: O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy organi – “O‘zstandart” agentligi bilan mustahkam o‘zaro hamkorlikda turizm faoliyati subektlari tomonidan ko‘rsatiladigan turoperatorlik (turizm mahsulotlari) xizmatlari va mehmonxona xizmatlarini majburiy sertifikatlash, shu jumladan turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi mehmonxonalarning (motellarning) tasnifini belgilash; sertifikatlanadigan turizm xizmatlarining normativ hujjatlarda belgilangan majburiy talablar va standartlarga muvofiqligi bo‘yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish yuklatildi.



http://fayllar.org
Download 5.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling