Mehmonxona xo`aligini boshqarish
Download 109.88 Kb. Pdf ko'rish
|
14-mavzu.MEHMONXONA
MEHMONXONA XO`ALIGINI BOSHQARISH Reja: 1.Mehmonxona xo`jaligi va uning ahamiyati 2.Mehmonxona xo`jaligini boshqarishning obyektiv zarurati 3.Boshqaruv nazariyasi tushunchasi va mohiyati 4.Boshqaruv nazariyasining maqsadi va funksiyalari 1.Mehmonxona xo`jaligi va uning ahamiyati Mehmonxona industriyasi mehmondustlik tizimining mohiyatidir. U insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy formatsiyaga xos bo`lgan mehmonni hurmat qilish, uni kabul qilib olish va xizmat ko‘rsatish tantanalari kabi eng qadimgi an‘analaridan kelib chiqadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, mutlako tranzit turistlar va ekskursion xizmat ko‘rsatish hisobiga yashaydigan turistlik markaz va joylar mavjud. Lekin, bu holda yaxshi foyda olish uchun turistlik mahsulot tovarni tashkil qiluvchi xususiyatga ega bulish kerak. Mehmondo‘stlikning (mehmon qabul qilish) bugungi industriyasi - bu region yoki turistlik markaz xo‘jaligining eng kuchli tizimidir va turizm iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidir. Mehmon qabul qilish industriyasini kollektiv va individual joylashtirishning turli xildagi otellar, mehmonxonalar, motellar, yoshlarning xostel va yotoqxonalari, 8 apartamentlar, turistlik xutorlar, shuningdek turistlarni joylashtirishda ishtirok etuvchi xususiy sektor vositalarini tashkil etishdir. Dunyo amaliyotidan ko`rinib turibdiki, turizmning asosiy tarmoqlaridan biri bo`lgan mehmonxona industriyalarini rivojlantirish muhim omillardan biri hisoblanib, mehmonlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishda mehmonxona industriyalarining o`rni beqiyos. 2.Mehmonxona xo`jaligini boshqarishning obyektiv zarurati Menejment sohasining muhim yo`nalishlaridan biri - mehmonxona xo`jaligi menejmentida samarali tashkil etish va boshqarish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayniqsa, bu jarayon aholi turmush darajasini yuksalib borishi bilan taraqqiy etishi ko`zga tashlanadi. Shu sababli ham, O`zbekiston Respublikasi hukumati sohasi rivojlantirishga katta ahamiyat berib mehmonxonalarda mehmonlarga mehmonxona xizmatlarini ko`rsatish turlarini kengaytirishga alohida e‘tibor qaratmoqda. Bu borada respublikamizda butun dunyoda amalga oshirilayotgan boshqaruv uslublari va xizmat ko`rsatish turlarini tizimli o`rganish va bu boradagi yangi valyuta manbalarini izlab topish maqsadga muvofiq. O`zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, hukumatimiz turizmga alohida e‘tibor qaratib, turistik mehmonxonalarni jahon andozalari darajasida ta‘mirlash va yangi zamonaviy mehmonxonalarni bunyod etish kabi muhim vazifalarni belgilab oldi hamda bu sohaga katta sarmoyalarni jalb etdi. Bugungi kunga kelib, O`zbekistonda bir qator jahon andozalari talablariga to`liq javob beradigan mehmonxonalar qurilib, ishga tushurildi. 3.Boshqaruv nazariyasi tushunchasi va mohiyati Ma‘lumki, bugungi kunda mehmonxona sohasining klassik boshqaruv tizimi hayotimizga kirib kelayotgan yangi informatsion texnologiyalar va ―nou-xau‖lar ta‘sir ko`rsatmoqda va joriy qilingan markazlashgan rezervatsiya tizimlariga bog`liq ravishda shakllanmoqda. Mehmonxona faoliyati bilan shug`ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish, ularga yangi informatsion texnologiyalarni o`rgatish, shuningdek chipta sotish, normativ hujjatlar bilan ishlash madaniyatini oshirish dolzarb vazifa sifatida alohida tadqiqot olib borishni taqozo etadi. Mazkur kursda mehmonxona xo`jaliligining o`rni hamda mehmonxona industriyasini rivojlantirish va boshqarishning muhim xususiyatlari bayon etiladi. Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasida mehmonxona servisini boshqarishning zamonaviy usullari va ular samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko`rsatib berilgan. Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mehmonxona xo`jaligi korxonalari menejmentining yo`nalishlari: turistlarni joylashtirish masalalari, mehnat jarayonlari boshqarish, tashkiliy-boshqaruv tuzilmani takomillashtirish, avtomatlashtirilgan boshqaruv axborot tizimlarini shakllantirish, shuningdek, biznesning samarali boshqaruv hisobini yuritish siyosatiga alohida e‘tibor qaratiladi. 4.Boshqaruv nazariyasining maqsadi va funksiyalari Mehmonxona industriyasining o`ziga xos xususiyatlariga muvofiq boshqaruv siyosati belgilanadi: - asosiy mehmonxonalar xaftaning har kunida va kechayu-kunduz ishlaydi; 9 - narxlar belgilab qo`yilgan va yuqori, taklif ham qayd qilingan, ammo talabga bog`liq holda ular mavsumiy o`zgarib turadi; - bu industriya ham ishlab chiqarish va ham xizmat ko`rsatish; - barcha xizmatlar bevosita mijozlarga qaratilgan, ammo taqdim etilgan mahsulot sezilarli yoki sezilarsiz tabiatga ega; - ko`pgina jarayonlar uyg`unlashgan, ulardan aksariyati ayni vaqtda bajariladi; - ko`pincha juda ziq vaqt va yuqori daraja muvofiqlashuv (koordinatsiya) talab qilinadi; - menejerlardan asosan boshqaruv sohasida mahorat va yuqori professionallik talab qilinadi; - oliy toifali bo`lishni talab qiladigan mehnatdan tashqari, oliy toifali bo`lishni talab qilmaydigan mehnatlar mavjud; - aksariyat mehnatga kam ish xaqi to`lanadi; - xodimlarni ishdan tashqari vaqtda ishlashga majbur qiladi; - ayol kishilar va yoshlarni soatbay mehnat xissalari katta; - aksariyat xodimlar o`zga mamlakatdandir; - xodimlar qo`nimsizligi katta. Download 109.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling