Меhmonxonalarning turizm sohasidagi o’rni va Mehmonxona xizmatlari raqobatbardoshligi


Download 145.62 Kb.
bet13/19
Sana06.10.2023
Hajmi145.62 Kb.
#1694302
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Raximova Muqaddas 201-mehmonxona

M.Q. Pardayev

Tadbirkor tovari (ishi, xizmati) raqobatbardoshligi deganda, raqobatbardosh sub’ektlar tovari (xizmati) ning sifati va narxiga nisbatan iste’molchiga (haridorga) qulayligi, unga ketadigan




harajatlar-ning samaradorligi va shu tovardan oladigan foydaning ko’pligini ta’minlovchi omillar tizimi tushuniladi.

Mamlakatimiz va xorij iqtisodchi olimlarining fikrlarini tahlil qilib, raqobatbardoshlikning takomillashgan ta’rifini keltiramiz: “raqobatbardoshlik” - bu ma’lum bir bozorda tovar yoki xizmatlarning iste’molchi ehtiyojini qondira olishi darajasi bilan belgilanadi. Raqobatbardoshlik tovarning (xizmatning) farq qiluvchi jihatlari bilan emas, balki haridni amalga oshirayotgan mijozlar uchun uning qoniqarliligi bilan aniqlanadi.
Korxona faoliyat olib borayotgan tovar va xizmatlar bozorida raqobatning mavjudligi korxonadan aniq raqobatbardoshlikni talab qiladi, aks holda uni bozordan „siqib” chiqarishadi. Boshqacha qilib aytganda, raqobat xususiyati raqobatbardoshlik darajasini belgilab beradi.
Raqobatbardoshlik nazariyasi yaqin o’tmishda shakllanib, rivojlanganligi sababli raqobatbardoshlik tushunchasiga umumiy qabul qilingan qoida mavjud emas. Ushbu tushuncha qaysi ob’ektga nisbatan qo’llanilishiga qarab izohlanadi (2.4 - jadval).
Turistik destinatsiya (hudud) yagona turistik mahsulot sifatida raqobatbardosh birlikhisoblanib, yagona strategik tijorat birligi sifatida boshqarilishi zarur bo’lmoqda. Turizm xizmatlarini taklif etuvchi turistik hudud sifati ular o’z xizmatlarini qanchalik darajada buyurtmachilar ehtiyojiga moslashtira olishi bilan o’lchanadi. Bozorda yetarlicha mavqega ega bo’lgan turistik hududgina raqobatbardosh bo’la oladi. Yagona raqobatbardosh birlik ko’rinishida umumiy hududning strategik maqsadi raqobatbardoshlikni uzoq muddat ta’minlashidan iboratdir. Turistik majmua elementlari(mehmonxona, transport korxonalari, umumiyovqatlanish korxonalari va sh.k.), ularning bozorlari, aholi, atrof-muhit hududning raqobatbardoshligiga ta’sir ko’rsatadi.

Download 145.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling