Mehnat bozori: mohiyati, shakllanishi va rivojlanishi
Download 36.25 Kb.
|
MEHNAT BOZORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Mehnat bozori va uning mohiyati
MEHNAT BOZORI: MOHIYATI, SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI Reja: 1. Mehnat bozori va uning mohiyati. 2. Mehnat bozorining ishlash mexanizmi. 3. Mehnat bozorining modellari. 4. Mehnat bozorining turlari: ularning segmentlarga bo‘linishi vamoslashuvchanligi. 1. Mehnat bozori va uning mohiyati Bozor ayrim tovarlar va xizmatlarga talab bilan murojaat qiluvchi xaridorlar va taklif asosida yetkazib beruvchi sotuvchilarni bir-biriga qo‘shadigan institute yoki mexanizmdir. Xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, tayyor mahsulot, qimmatli qog‘ozlar, pul (kredit) bozorlari bir-biridan farqlanadi. Ana shu bozorlarni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Ularning namoyon bo‘lishiga, asosan, bozor negizi – mazkur bozorda oldi-sotdi ob’ekti bo‘ladigan tovar ta’sir etadi. Tovar ayirboshlanishining tabiiy negizi bo‘ladigan mehnat taqsimotining davom etishi jarayonida bozorlar maydalanishi kuchayadi, ularning ixtisoslashishi chuqurlashadi. Shunga ko‘ra, bozorlar turli shakllarda: bular tamaddixona va kichik do‘konchadan tortib, yirik fond birjasi va xalqaro kreditlar bozorigacha bo‘lishi mumkin. Ishchi kuchi tovar bo‘ladigan bozor xo‘jaligi tizimida o‘z jismoniy kuchiga ega bo‘lgan xodimlarning ish o‘rinlariga nisbatan harakatlari mehnat bozori orkali ro‘yobga chiqadi. Mehnat bozorida ishchi kuchining oldi-sotdisi amalga oshadi. Ish o‘rnining egasi ishchi kuchini xarid qilganida ishlab chiqarish jarayonida xo‘jalik faoliyati asosiy omillari birlashishining iqtisodiy va huquqiy shartsharoitlari yaratiladi. Shu tariqa mehnat bozori ishchi kuchi talab va takliflarining shunday majmuini o‘zida mujassam etadiki, ishchi o‘rinlariga nisbatan bo‘ladigan xarakat hamda iqtisodiy faol aholining tarmoq, hudud, demografiya va kasbmalaka bo‘yicha xo‘jalik faoliyati sohalariga joylashuvi shular orqali amalga oshadi. Bozor mexanizmi raqobat jarayonida mustaqil tarzda tartibga solinish jihatlarini hamda davlat tomonidan maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ta’sir o‘tkazilishini o‘zida mujassam etadi. Mehnat bozori aslida shu ma’noda ob’ektiv hodisadirki, u odamlarning xohish-irodalaridan qat’i nazar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlari bilan belgilanadi. Ishchi kuchi mazkur jamiyatning sharoitlarida Tovar bo‘lsa va ishlab chiqarish omillari (yollanma ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari) birlashishining o‘zi mehnatning oldi-sotdisi orqali amalga oshadigan bo‘lsa, bu mehnat bozori mavjud deganidir. Mehnat bozorining rivojlangan darajada amal qilishi uning infratuzilmasi qay darajada tarkib topganligi, ushbu infratuzilma mehnat bozorining ishlashiga ko‘maklashadigan institutlarni o‘z ichiga olganligiga bog‘liq bo‘ladi. Tabiiyki, mazkur infratuzilma anglangan harakatlar natijasi bo‘ladi, demak, u, bozorning o‘zidan farqli o‘larok, ob’ektiv tusga ega bo‘lmaydi. Mehnat bozori haqiqiy ishlashining muhim sharti unda barcha mehnat munosabatlari ishtirokchilari: davlat, ish beruvchilar va yollanma ishchilarning mos xatti-harakatlari hisoblanadi. Bugungi kunda rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar boshqacha sharoitga tushib qoldi. Ularda mehnat munosabatlari doimo ham erkin tanlanavermaydigan to‘la ish bilan bandlikka muvofiq keladigan odamlarning sezilarli kontingenti shakllangan. Ish bilan band odam uchun mehnat munosabatlariga bozor munosabatlari elementlarining kiritilishi anchagina og‘ir kechadi. Bir xil ishga bir xil ish haqi berish odamlarning tushunmovchiliklar va noroziliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Odamlarda ishsiz qolish gumoni, ayniqsa, ish joyidan o‘z aybi bilan emas, balki ish hajmining kamayishi yoki korxonaning (sinish) bankrot bo‘lishi tufaylimahrum bo‘lishi ruhiy zarbaga olib kelishi mumkin. Yollanma xodim mehnat bozorining asosiy xodimi hisoblanganligi uchun ham uning tushuncha va qarashlar tizimi shu bozorga muvofiq bo‘lishi kerak. Mehnat bozorida kishidan yuqori kasb malaka darajasi, kasbiy qayta o‘qish, malakani oshirishga, zarur bo‘lganda, kasbni yoki ish joyini almashtirishga tayyorlik va layoqat talab etiladi. Faqat ijtimoiy va hududiy harakatchanligi yuqori darajada bo‘lgan kishiga o‘zi uchun mehnat bozorida yuqori raqobatbardoshlik darajasini ta’minlashga imkon berishi mumkin. Download 36.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling