Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari. Mehnat resurslari va harakat ko'rsatkichlari


Ishga jalb qilingan nafaqachilar koeffitsienti (NK) ishga qabul qilingan nafaqachilar sonini (IN) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo„lib topiladi


Download 106.06 Kb.
bet3/10
Sana23.04.2023
Hajmi106.06 Kb.
#1384502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5305284573435800945

Ishga jalb qilingan nafaqachilar koeffitsienti (NK) ishga qabul qilingan nafaqachilar sonini (IN) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo„lib topiladi.

IN 1000


NK = MLA ;
Bu ko„rsatkich nafaqaga chiqqan, lekin tajribali, yuqori malakali xodimlardan unumli foydalanish bilan birga, ularning moddiy va manaviy ehtiyojlarini yaxshilash borasidagi ishlarni bildiradi.
Hududga ko„chib kelgan va ishga qabul qilinganlar koeffitsienti (HKKK) hududga ko„chib kelib, ishga qabul qilinganlar sonini (HKIQ) mehnat yoshdagi mehnatga layoqatli (MLA) aholi soniga bo„lib topiladi
HKIQ x 1000
HKKK = --------------------;
MLA
Bu ko„rsatkich hududda mehnat resurslari migratsiya natijasida mehnat resurslari qanchalik ko„payganligini bildiradi.
Mehnat resurslari turli sabablarga asosan kamayishi mumkin, ularning asosiylari quyidagilar:

  • Mehnat qilish yoshidan o„tib, nafaqaga chiqadiganlar;

  • Ushbu yilda mehnat yoshida vafot etganlar;

  • Shu hududdan boshqa yerlarga ko„chib ketganlar va shu kabilar.

Bu ko„rsatkichlarning mutloq miqdorlarini va koeffitsientlarini ham aniqlash mutkin. Ko„rsatkichlarning mutloq miqdorlarini aniqlash tushinarli statistikda qayd qilinadi. Ularning koeffitsientlari ularning mutloq miqdorlarini mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi (MLA) soniga bo„lib (promillda) topiladi.
Mehnat resurslaridan foydalanish bo„yicha mehnat resurslari balansi tuziladi. Unda bir tomondan mehnat resurslari soni ko„rsatilsa ikkinchi tomondan ularning foydalanishi xalq xo„jaligi tarmoqlari bo„yicha bandlar o„quvchi-talabalar va ishsizlar ko„rsatiladi.


3.Aholining ish bilan bandligi va ishsizlar statistikasi
Halqaro statistik andozalarda iqtisodiy faol aholi tushunchasi bo„lib, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko„rsatish uchun ish kuchini (mehnatini) taklif qilishga tayyor kishilardir.
Iqtisodiy faol aholi xalq xo„jaligi turli tarmoqlarida mehnat qilish bilan band bo„ladi. Lekin turli sabablarga ko„ra ishlamasdan yurgan iqtisodiy faol aholi bo„lishi mumkin, ularni ishsizlar deyiladi. Demak iqtisodiy faol aholini ish bilan band va ishsizlar guruhlariga ajratish lozim.
Ish bilan band aholiga turli mulk shakliga asoslangan (davlat korxona va tashkilotlarida, shirkat va aksioner jamiyatlarda, qo„shma korxonalarda, dehqon-fermer xo„jaliklarida va shu kabilar) korxona va tashkilotlarda yollanma ishchi sifatida ishlab mehnat haqqi olayotgan, hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, o„z xo„jaliklarida ishlayotgan shaxslar kiradi.
Statistik ma‟lumotlarga qaraganda 2017-yilda 13520,3 ming kishi ish bilan band bo‟lgan. Ularning katta qismi yani 82% ko‟prog‟i nodavlat sektorida foliyat yurituvchi subyektlarda ishlaydi. Ish bilan band bo‟lganlardan sanoat tarmoqlarida, qurilish va transportda- erkaklar ko‟p ishlaydi; ta‟lim , madaniyat, sanat, sog‟liqni saqlash, savdo va umumiy ovqatlanishda- ayollar ko‟proq ishlar ekan.
2016-yilda ish bilan band bo‟lganlardan ma‟lumoti bo‟yicha :
Oliy ma‟lumotliylar – 34,0%
O‟rta maxsus ma‟lumotliylar-38,7%
O‟rta va to‟liqsiz o‟rta ma‟lumotliylar – 27,3%
Xozirgi paytda kasb-hunar muossasalari foliyat yritayotgan bo‟lib, ularda yoshlar xalq xo‟jaligining turliy tarmoqlariga mutaxassislar tayorlab bermoqdalar. Demak, bundan keying yillarda o‟rta maxsus ma‟lumotlilar hissasi o‟rta va to‟liqsiz o‟rta ma‟lumotlilar hisobiga oshib boradi.
O„zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan ishga va ish haqqiga ega bo„lmagan, ish qidiruvchi sifatida mehnat birjasida ro„yxatga olinganlar, hamda mehnat qilishga yoki kasbiy qayta tayyorlanishga tayyor bo„lgan mehnat qilish yoshidagi (16 yoshdan to nafaqa yoshigacha) mehnatga layoqatli shaxslar ishsizlar deyiladi. Ishsizlik turli sabablar oqibatida vujudga keladi va ularni quyidagi turlarga bo„ladi:

  • Friksion ishsizlik;

  • Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik;

  • Davriy ishsizlik.

Ishsizlik turlari




Friksion ishsizlik


Tarkibiy ishsizlik


Davriy ishsizlik

Friksion ishsizlarga ish yoki turar joylarini o„zgartiruvchi, mavsumiy ishlar tugallanganligi sababli, o„quv yurtlarini birtirganligi sababli ish qidirib yurgan ishsizlar kiradi. Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlar ishlab chiqarish tarkibi yoki uning texnologiyasi tubdan o„zgarib, kasblarning ayrim turlariga talab kamayganligi sababli kelib chiqadi. Bozor munosabatlari raqobatda sinmaslik uchun yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishni taqazo etadi. O„z nabatida Fan va texnikaning juda tez taraqqiy etishi, yangi kasb, mutaxassislarni talab qiladi. Demak, yangi texnikalarda yoki yangi texnologiya bo„yicha ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash kerak. Bu esa birmuncha vaqtni talab qiladi.
Davriy (siklik) ishsizlik – ishsizlikning bu turi iqtisodiyotning inqiroz siklida paydo bo„ladi va yuksalish davrida yo„qoladi. Shuning uchun bunday ishsizlikni davriy (siklik) ishsizlik deyiladi.
Ma‟lumki, mamlakatlarda iqtisodiyotning inqiroz davrida ko„pgina korxonalar yopiladi (faoliyatini), ishchilar ko„chaga haydaladi. Ishsizlar sonini hisobga olish joylarda tashkil etilgan mehnat birjalari tomonidan amalga oshiriladi. Ular ishsizlarni bo„sh o„rinlarga joylashtirish, zarur bo„lsa yangi kasbga qayta o„qitish, statistikada aholining bandlik va ishsizlik koeffitsientlari o„rganiladi. Mehnat resurslarining bandlik koeffitsienti (MRBK) ish bilan band bo„lgan aholi sonini (IB) iqtisodiy faol aholi soniga (IFA) bo„lib topiladi.

Download 106.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling