Mehnat bozori statistikasi mohiyati va vazifalari. - Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun insonlar mehnat qilishi zarur. O‘zbekiston Respublikasida har bir insonning mehnat qilish, kasb tanlash erkinliklari Respublika Konstiutsiyasida (37–modda) kafolatlangan. Lekin mehnat qilishga majburlash (qonunda ko‘rsatilgan: harbiy yoki muqobil xizmat, sud qarori bilan, favqulodda vaziyatlar va shu kabilardan tashqari) mumkin emas. Insonning ish kuchiga ehtiyoj,mutaxassisligi tajribasi va shu kabi mehnat qilish xususiyatlariga qarab bozorda shakllanadigan talab va takliflarga bog‘liq.
- Statistika makro va mikrodarajada aholining ish bilan bandlik,ishsizlik, mehnat resurslarining (xodimlarning) harakatini ifodalovchi, ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlarini o‘rganadi. Bu ma’lumotlarni tegishli boshqaruv organlariga to‘plab va qayta ishlab beradi. Mehnat bozori ko‘rsatkichlarini ifodalovchi ma’lumotlar barcha ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi muhim ijtimoiy ko‘rsatkichlardir.
- Mehnat resurslari va bandlik statistikasi.
- Mehnat resurslari mamlakatdagi mehnatga layoqatli ya’ni
- mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilarni tashkil etadi.
- O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga (1995 yil 21
- dekabr) asosan mehnat qilish yoshidagilar 16 yoshdan, erkaklar –
- 60 yoshgacha, ayollar esa 55 yoshgacha belgilangan. Albatta bu
- yoshdagi kishilarning barchasini mehnat resursi tarkibiga kiritib
- bo‘lmaydi, chunki bu yoshdagi I-II guruh nogironlari (N) mehnat qilish qobiliyatiga ega emas. Shu bilan birgalikda 16 yoshga to‘lmagan yoshlar va nafaqaga chiqqan kishilar ham mehnat qilayotgan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, mehnat resurslari (MR) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli kishilar, hamda ishlayotgan yoshlar (IYO) va nafaqachilar (IN)dan iboratdir.
- Mehnat resurslari sonini quyidagicha hisoblash mumkin:
- MR = MR – N + IYO + IN.
- Mehnat resurslari mulkchilik shakli belgisi bo‘yicha asosan 2-ta katta guruhga: davlat va nodavlat sektorida band bo‘lganlarga bo‘linadi. Lekin nodavlat sektori o‘z navbatida: hissadorlik jamiyatlari, ijara korxonalari, xususiy korxonalar va dehqon xo‘jaliklariga guruhlanib o‘rganiladi. Bunday guruhlash natijasida aholining asosiy qismi qanday mulkchilik tasarrufida ishlayotgani va uning tarkibi qanday o‘zgarayotganligi aniqlanadi va tahlil qilinadi. Ma’lumotlarga qaraganda hozir mehnat resurslarining 70 % dan ko‘prog‘i nodavlat sektor xo‘jaliklarida band va bu hissa yildan-yilga oshib bormoqda.
- MEHNAT BOZORI STATISTIKASI
- Mehnat resurslarining tarmoqlar bo‘yicha o‘rganilishi
- makroiqtisodiy statistikada muhim ahamiyatga ega. Chunki mehnat resurslarining qaysi tarmoqda ko‘p bandligiga qarab mamlakat iqtisodiyotiga baho beriladi. Agarda sanoatda band bo‘lganlar salmog‘i yuqori bo‘lsa (qishloq xo‘jalik tarmog‘ida band bo‘lganlardan) bunday mamlakatlarni industrial iqtisodiyotli davlat deyiladi. Agarda mehnat resurslarining katta qismi qishloq xo‘jaligida band bo‘lsa, bunday mamlakat agrar iqtisodiyotli davlat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |