Mehnat faoliyati


Nurmuxammadov Jamoliddin Shermuhammad o`g`li


Download 204.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana25.02.2023
Hajmi204.86 Kb.
#1231490
1   2   3
Bog'liq
Muallif haqida

Nurmuxammadov Jamoliddin Shermuhammad o`g`li 
Millati – o`zbek. 
Ma’lumoti – oliy. 
2006-2010-yillarda 
Mirzo 
Ulug`bek 
nomidagi 
O`zbekiston Milliy universitetining O`zbek filologiyasi 
fakultetida tahsil olgan. 


2014-yilda “Xalq ta’limi tizimidagi ko`p yillik samarali mehnati, “Ta’lim 
to`g`risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlarini hayotga tatbiq 
qilish, yoshlarni milliy istiqlol g`oyasi va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda 
erishgan muvaffaqiyatlari, shuningdek, bolalarning har tomonlama kamol 
topishlari, ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etishda tashabbus 
ko`rsatganligi munosabati bilan hamda yosh avlodni tarbiyalashdagi namunali 
natijalariga erishganligi uchun” O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 
Faxriy yorlig`i bilan taqdirlangan. 
2015-yilda Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan 
“Eng yaxshi mahorat darsi” ko`rik-tanloviningI darajali diplom bilan 
taqdirlangan. 
2016-2017-yilda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 
o`tkazilgan “Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi” ko`rik-tanlovining Respublika 
bosqichida I o`rinni egalladi. 
2016-2017-o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 
“Xalq ta’limi a’lochisi” ko`krak-nishoni bilan mukofotlangan. 
2017-yilda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan “O`zbekiston belgisi” 
ko`krak-nishoni bilan taqdirlangan. 
 
ILMIY-METODIK FAOLIYAT 
J. Nurmuxammadov bir qancha ilmiy-metodik ishlar yaratgan. Jumladan,
2011-yilda “Adabiyot fanidan xronik kompozitsiya”;
2012-yilda “Adiblarning asarlari”; 
2013-yilda “Iste’dod jilg`alari”; 
2014-yilda “To`garak ilhomlari”; 
2015-yilda “Adabiyot fanidan amaliy mashg`ulotlar” (5-6-7-8-9-sinflar 
uchun innovatsion daftar); 
2016-2018-yillarda “Adabiyot darslari uchun barcha mavzularning 
multimedia bazasi” nomli 5-6-7-8-9-10-11-sinflar uchun innovatsion disklar 
majmuasi; 
2017-yilda “Insho yozishni o`rganamiz“ ilmiy-metodik kitobi; 
2018-yilda “O`zbek tilidan tezkor tahlil usullari” kabi ilmiy-metodik 
kitoblari chop etildi. 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o`zbek tili va adabiyot 
universiteti tashkil etilgach, shu universitetning ijodiy kirish imtihonlarini 
samarali tashkil etish uchun Maxsus nizom ishlab chiqdi va u amalyotga joriy 
etildi. 
Shuningdek, J. Nurmuxammadov Respublikaning nufuzli nashrlarida 
o`zining ish tajriblarini ommalashtirib kelmoqda. “Til va adabiyot ta’limi”, 
“Umumta’lim fanlari metodikasi”, “Kasbiy fanlar metodikasi” jurnallarida, 
“Ma’rifat”, “O`zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Tong yulduzi”, “Ishonch”, 
“sog`lom avlod” kabi gazetalarda e’lon qilingan 30 dan ortiq ilmiy-metodik


ma’naviy-ma’rifiy maqolalari ta’lim tizimiga befarq bo`lmagan har qanday kasb 
egasini diqqatini tortadi. Maqolalarda bugungi fan yutuqlari bilan birgalikda, 
muallifning ta’lim sifati samaradorligiga xizmat qiladigan innovatsion g`oyalari 
aks etgan.
Shuningdek, kitobxonlik targ`ibotiga yo`naltirilgan Respublika miqyosidagi 
“Zukko kitobxon” shou-tanlovi asoschisi hamdir.
Jamoliddin Nurmuhammadov ilmiy faoliyatini 2006-yildan boshlagan 
bo`lib, hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o`zbek tili va adabiyot 
universiteti bilan hamkorlikda ta’limni yangi metodik innovatsiyalar orqali 
boyitishga yo`naltirilgan doktorlik dissertatsiyasiga tayyorgarlik ko`rmoqda. 

Download 204.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling