Mehnat gigiyenasi, kasb gigiyenasi gigiyenaning bir boʻlimi


Download 17.92 Kb.
Sana13.12.2021
Hajmi17.92 Kb.
#180964

1.

Mehnat gigiyenasi, kasb gigiyenasi — gigiyenaning bir boʻlimi. Mehnat jarayonlari va ishlab chiqarish muhitining odam organizmiga taʼsirini oʻrganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiyena meʼyorlari va tadbirlarini ishlab chiqadi. Har. qanday joydagi mehnat sharoitlari ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasiga va ish oʻrinlarida yaratiladigan sanitariyagigiyena sharo-itlariga bogʻliq. Jismoniy mehnat jarayonida, asosan, odam muskullariga, akdiy mehnatda esa asabiyruhiy tomondan zoʻr keladi.Texnika rivojlanib, ishlab chiqarish jarayonlari mukammalashgan sari jismoniy mehnat oʻrnini aqyaiy mehnat egalladi va aqliy mehnat jarayonlarini koʻproq oʻrganishga ehtiyoj tugʻildi. Mehnat gigiyenasining sanitariyagigiyena sharoitlari deganda ishlovchi kishining atrofidagi butun vaziyat, jumladan, unga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar, chang , shovkin, vibratsiya, ionlashtiruvchi nurlar, shuningdek, havo harorati, namligi, harakatning tezligi, xonalar yoki boshqa ish joyining yoritilishi, mikroorganizmlar koʻpkamligi va boshqa tushuniladi. Kishini muhofaza qilinadigan tegishli choralar koʻrilmasa, mana shu omillarning har biri yoki bir nechtasi birga salomatlikka ziyon yetkazadi. M.g . fanining asosiy vazifasi ham ana shu no-joʻya taʼsirlar oldini olishdan iborat. Mehnat sharoitlarini yaxshilash OʻzRda umumdavlat vazifasi hisoblanadi. "Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisidagi nizom"ga muvofiq, M.g . sohasida davlat sanitariya nazoratining bajaradigan asosiy vazifasi sanitariya qonunlariga rioya qilinishini kuzatib borishdir (qarang Davlat sanitariya nazorati).

M.g .da nazorat olib borish uchun turli usullardan foydalaniladi. Shulardan asosiysi sanitariyagigiyena tekshiruvlaridir. Obhavoga tegishli omillar; havoning ifloslanish darajasi, vibratsiya, shovqin, radioaktiv nurlarni oʻlchash va boshqa ishlarda shu metod qoʻllanadi. Bundan tashqari, fiziologik, statistik hamda eksperimental tekshiruv usullari ham bor. M.g . ishlab chiqarish da odam organizmining fiziologik va biologik talablariga hammadan koʻra koʻproq muvofiq keladigan gigiyena normativlarini belgilab olish maqsadida organizm bilan ishlab chiqarish muhiti oʻrtasida boʻlib turadigan oʻzaro taʼsir qonuniyatlarini ham oʻrganadi. Mamlakatda joriy etilgan tartibqoidaga muvofiq, ishlab chiqarish omillarining birontasi ham yoʻl qoʻyiladigan normadan yoki eng katta konsentratsiyadan ortiq boʻlmasligi, ishlovchilar ularga cheksiz uzoq vaqt davomida yaqin yurganida omillar oʻsha odamlarga muayyan kasallik yoki sezilarli biror oʻzgarish paydo qilmasligi kerak. M.g . OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan maxsus davlat normativlari, yoʻriqnoma va koʻrsatmalariga amal qilgan holda olib boriladi

Ishlab chiqarish sanitariyasi — sanitariyannng bir boʻlimi; sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini taʼminlashga qaratilgan sanitariyasogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va hayotga tatbiq etadi. Kasb kasalliklarinchng oldini olish, shuningdek, korxona va u joylashgan hududda sanitariyagigiyena normalariga bekamu-koʻst rioya qilish, ishchixizmatchilarning ish joylarini yoritish, isitish, shamollatish (ventilyasiya) va h.k.ning gigiyena talablari darajasida boʻlishini taʼminlash masalalari bilan shugʻullanadi. Bulyrdan tashqari, i.ch. omillari, mas, havodagi chang , kimyoviy moddalar miqdori, shuningdek, vibratsiya kuchi, shovqin va h.k., shuningdek, harorat, namlik va b.ning maromida boʻlishini nazorat qiladi. Korxona kurilishi va i.ch.ga topshirilishigacha boʻlgan jarayonlarda sanitariya normalari va gigiyena kridalariga asoslangan holda ish yuritadi. Ishchixizmatchilarga zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, i. ch.da xavfsizlik texnikasining zamonaviy vositalarini qoʻllash korxona rahbariyati zimmasida boʻlib, ular davlat tomonidan belgilangan maxsus normativlarga asoslangan holda ish koʻrishlari talab etiladi. Korxona, mu-assasa, tashkilotlarning gigiyena normalariga, sanitariyagigiyena qoidalari va b.ga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat sanitariya nazo-rati organlari, asosan, sogʻliqni saqlash idoralari va vazirliklari, shuningdek, kasaba uyushmalari hamda texnika va huquq mehnat inspeksiyalari nazorat qiladi

2

Mehnat fiziologiyasi fani, mazmuni, usul va vazifalari. I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, N.ye. Vedenskiy, A.A. Uxtomskiy, P.K. Anoxinlarni mehnat fiziologiyasini rivojlantirishdagi roli. Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat gigiyenasi vrachini fiziologik tekshiruvlarni tashkil etishdagi roli. Ularni o„tkazish usullari. Hozirgi sharoitda mehnat faoliyatini fiziologik o„ziga xosligi. Ishlab chiqarishda mehnat ish jarayonini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish va boshqalar. Ish faoliyatini markaziy asab boshqarishi prinsiplari. Dominant, dinamik ishlab chiqarish stereotipi. Jismoniy mehnat turlari - lokal, umumiy, regional jismoniy ishlar. Aqliy mehnat turlari – operator mehnati. Tayanch xarakat apparatining umumiy tavsifi, holati. Ratsional ishchi holatini (pozasini) tanlab beruvchi sharoitlar «O„tirgan», «o„tirgan-turgan», «turgan» holatlardagi ishchi holatlar. Bu holatlarni organizmga ta'siri. Mehnat faoliyati jarayonida ichki organlarning vazifalari, qon aylanishi va yurak ishi, nafas olish, energiya sarfi va gaz almashinuvi. Ish bajarayotganda qondagi biokimyoviy, ayrim morfologik va fizika-kimyoviy o„zgarishlar, har-xil ish bajarayotganda MNS holati (eslab kolish, fikrlash va boshqalar)



3

Mikroiqlim (mikro... va iqlim) — yer yuzasiga yaqin havo qatlamining iqlimi; mahalliy iqlim doirasida yer yuzasining kichik farqlari tufayli roʻy beradi. Mas, biron oʻrmonning mahalliy iqlimida oʻrmon ichidagi yalangliklar, oʻrmon chetining M. i, shaharning mahalliy iqlimida ayrim maydonlar, koʻchalar, xiyobonlar, hovlilar Mikroiqlim va h.k. farq qshshnadi. Yer yuzasidan baland kutarilgan sari M. farqlari tez yoʻqola boradi. M. koʻp jihatdan obhavo sharoitiga bogʻliq: havo ochiq va shamolsiz boʻlganda M. ta-fovutlari kuchli boʻladi, osmon bulut boʻlganda esa, M. bir-biridan kam farq qiladi. Mahalliy iqlim, M. kichik hududlar iqlimidir. Joyning mikro-iqlimiy xususiyatlarini aniqlash uchun meteorologik kuzatishlar oʻtkaziladi. Kuzatishlar, odatda, qisqa vaqt ichida va har xil balandliklarda olib boriladi. Kuzatish natijalari muntazam ishlaydigan st-yalarda shu vaqtlar davomida oʻtkazilgan kuzatish natijalari bilan taqqoslanadi

4.

SHovqin va titrash qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa xil jismlarning mexanik tebranishlaridir.



Me’yordan yuqori, uzoq ta’sir etgan shovqin va titrashlar, keyinchalik organizmini zararlantirib, og’ir kasbiy kasalliklar kelib chiqishi sababchisidir. SHovqin ish unumdorligini 10-60% ga pasaytiradi.

Hisob ishlarida xatolarni 50% gacha oshirib yuboradi. SHovqinli tsexlardagi umumiy kasallanish, kam shovqinli tsexlarga nisbatan 20-30% ko’proq.

Sukunatni buzib, foydali tovush eshitishga xalaqit beradigan tovushlarga shovqin deb ataladi.

Titrash qattiq jismlar, mashina va jihozlarning tebranishidir. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqin va titrashlar insonning sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatib, natijada insonni tez charchatadi, ish unumdorligini pasaytiradi, asab va yurak tizimini ish faoliyatini buzadi.

Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 - 20000 Gts.gacha bo’lgan to’lqinlarini eshitadi. 15 Gts. dan past chastotadagi shovqin infratovush, 20000 Gts. dan yuqorisi esa ulьtratovush hisoblanib, inson organizmiga salbiy biologik ta’sir ko’rsatadi.
Yuzaga kelish sabablari va manbalari.

Mashina va mexanizmlar shovqinini kamaytirish, detallarni tayyorlanish sifatini oshirish, kam shovqin hosil qiluvchi materiallardan foydalanish, uzatmalarni tugri tanlash, eyilgan detallarni o`z vaqtida almashtirish va shu kabi yo’llar orsali amalga oshiriladi.

Ma’lumki, gazlar va suyuqliklarni quvurlarda harakatlanishi natijasida aerogidrodinamik shovqin xosil buladi. Bundan tashkari, bunday shovqinlar ventilyatorlar, kompressorlar, nasoslar va ichki enuv dvigatellarini ishlashi vaktida xam yuzaga keladi. Aerogidrodinamik shovqinlar gazlar va suyukliklarni uyurmasimon xarakati natijasida sodir bulganligi sababli, ularni shovqin manbasida kamaytirish uncha samada bermaydi. SHu sababli bunday shovqinlar darajasi shovqin yo`liga shovqin susaytirgichlar (“glushitel”) o`rnatish orqali kamaytiriladi.
SHovqin va titrashni tasniflash, muhofaza chora-tadbirlarini belgilash.

SHovqin va titrashga qarshi kurash mashina, jihoz, uskuna va texnologik jarayonlarning loyihalashning dastlabki bosqichlarida boshlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Korxonalarning bosh rejalarini tuzish jarayonida, albatta shovqinga qashi kurash chora – tadbirlar ko’rib qo’yilishi shartdir.

Bunda asosan, sershovqin tsexlarni bar joyga, iloji borcha, ularni ishlab chiqarish hududining chekka tomonlariga joylashtirish, sershovqin tsexlarni boshqasidan tovush o’tkazmaydigan to’siqlar bilan to’sish, sershov-qin binolarning eshik va derazalarini maxsus tovush o’tkazmaydigan maxsus materiallardan tayyorlangan bo’lishi zarur.

SHovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari uni keltirib chiqaruvchi manbaning o’zidayoq kamaytirishga harakat qilishdan boshlanishi kerak. Mashina, jihoz, uskunalarning sifatli o’rnatish, o’z vaqtida ta’mirlash va uning dinamik kuchlarini muvofiqlashtirish, yaxshi natija beradi.

Titrashga qarshi kurash tadbirlari quyidagilardan iborat:

Ish joylari, asbob – uskunalari va qurilish konstuktsiyalarini mashina jihozlar hosil qilgan tebranish ta’siridan saqlanishning mukammal usullaridan biri titrashni to’sish usuli hisoblanadi.

Bu usulda tebranuvchi mexanizm bilan uning asosi o’rtasiga elastik mato o’ralib, mato tebranishning bir qismini yutishi hisobiga asosga o’tishi birmuncha

kamaygan holda, tebranish miqdori sezilarli susayadi.

Titrash to’siqlari yoki amortizatorlar po’lat prujina, rezina va boshqa elastik materiallardan tayyorlanadi.

Mashina, jihoz, uskunalarning foydalanish tartib-qoidalariga rioya qilmaslik, yo’riqnomalarni qo’pol ravishda buzilishi natijasida, shovqinsiz ishlovchi uskunalarning sershovqin ishlashiga olib keladi.

SHovqinga qarshi kurash ishlab chiqarish korxonalarining loyihalarini ishlab chiqilayotganda, hamda ishlab chiqarishning tartibot jarayonlari tanlanayotgan davrdan boshlanadi. Ushbu tadbirlarga quyidagilar kiradi: SHovqinni manbalarda kamaytirish, shovqin yo’lini to’siqlar yordamida pasaytirish. Mehnat tartiboti jarayonlarini va uskunalarni mukammallashtirish, korxonalarni me’moriy rejalashtirish hamda binolarni akustik jihozlashlar kiradi.

Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari.

Titrash ta’siridan himoyalanish, loyihalash bosqichlaridayoq boshlanib, barcha jihozlar, asbob – uskunalarni pasportlaridagi shovqin va titrash ko’rsatkichlariga qarab, eng qulaylarini tanlab olinadi.

Bunda tebranuvchan va shovqinli dastgohlar mavjud bo’lgan binolarni, alohida ajratib shamol yo’nalishi bo’ylab hudud chekkasiga joylashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Manbalardagi titrashlarni zararli ta’sirini kamaytirish usullarini ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchisi manbalardagi titrashni qo’zg’atuvchi kuchlarni pasaytirish bo’lsa, ikkinchisi ularning poydevori bilan va boshqa dastgohlar hamda qurilish konstruktsiyalari bilan bog’langan joylarida titrashni pasaytirishdir.



Manbalardagi titrashlarni pasaytirishda mashina, jihoz, aslahalarni to’g’ri o’rnatish, ularni o’z vaqtida sifatli ta’mirlash, moylab turish, ish tartibini to’g’ri tashkillashtirish va ularni zo’riqtirmasdan me’yorida ishlashini ta’minlash, jihozlarni masofadan turib boshqarish hamda shaxsiy muhofaza qurollari va kiyimlaridan o’rinli foydalanish kutilgan samaraga erishish imkoniyatini yaratadi.


Download 17.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling