Mehnat huquqiy munosabat vauning subyektlari


Download 0.73 Mb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1520333
1   2
Bog'liq
ERKINOVA SEVINCH MEHNAT HUQUQI MUSTAQIL ISH

Ish beruvchilar — xodimni ishga olish huquqi boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga kura: korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy boʻlinmalari oʻz rahbarlari timsolida; mulkdorlarning oʻzi ayni bir vaqtda rahbar boʻlgan xususiy korxonalar; 18 yoshga toʻlgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Ish beruvchi boʻlishi mumkin. Ish beruvchining huquq va burchlari, majburiyatlari, xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzish shartlari Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi va mehnatga oid qonunlarida belgilab berilgan.
Qonunga koʻra, Ish beruvchi korxonani boshqarish va oʻz vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish; qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish; mehnat shartnomasida koʻrsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun boshqa Ish beruvchi bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga aʼzo boʻlish huquqiga ega. Ish beruvchi xodimlar vakillik organlari (kasaba uyushmalari va ularning saylab qoʻyiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar)ning huquqlariga rioya qilishi, ularning faoliyatiga koʻmaklashishi shart. Korxonada Ish beruvchi nomidan vakillikni maʼmuriyatning mansabdor shaxslari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqaruv normativ hujjatlar, ularning ustavlari yoki nizomlari asosida berilgan vakolatlar doirasida amalga oshiradi. Qonunda Ish beruvchining ishga qabul qilishni gʻayriqonuniy ravishda rad etishga yoʻl qoʻymasligi koʻrsatib oʻtilgan (OʻzR Mehnat kodeksi, 78-modda). 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:Mirziyoev SH.M.
  • Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T., «O'zbekiston», 2017. – 48 b.
  • O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: “O’zbekiston” 2020. – 76 b.
  • O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. T.:Adolat 2021Mualliflar jamoasi. Mehnat huquqi. Darslik. –T. TDYU nashriyoti, 2018. – 505 bet

E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling