Mehnat, ishlash -oʻsimlikni tuproqsiz


Download 158.58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.01.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1109086
Bog'liq
Gidroponika - Vikipediya



Gidroponika
Gidroponika (qadimgi yunoncha: ὕδωρ
[gidro] — suv va 
πόνος
[ponos] —
mehnat, ishlash) —oʻsimlikni tuproqsiz,
sunʼiy muhitda oʻstirish. Gidroponikaning
bir necha usuli bor. Oʻsimlikni mayda
shagʻal yoki qumda oʻstirish usuli koʻproq
qoʻllaniladi. Shagʻal yoki qum solish
uchun chuq. 25—30 sm, eni 80 sm va uz.
240 sm li yassi oxur tayyorlanadi, ichiga
oziq moddalar aralashtirilgan suv kelib
turishi uchun teshikli quvurchalar


oʻrnatiladi. Quvurchalarning teshiklari
berkilib qolmasligi uchun usti sim toʻr
bilan qoplanadi. Oxur shagal yoki toza
qum bilan toʻldiriladi. Urugʻ kumga
ekiladi. Keyin yilning fasliga, oʻsimlikning
yoshi va xiliga, eritmaning xususiyatiga
qarab kuniga 1—5 marta oziq
aralashmasi beriladi. Aralashmani berish
30—50 daqiqa davom etadi. Aralashma
konsentratsiyasi vaqt-vaqti bilan
tekshirilib, yangilab turiladi. Shagʻal va
qum bir necha yilgacha almashtirilmaydi.
Gidroponika usulida, asosan, sabzavot,
gul, rezavor meva, chorva mollari va
parrandalar uchun servitamin koʻkatlar
oʻstiriladi. Bu yoʻl bilan yiliga 4—5 marta
hosil olish mumkin. Oziq aralashmasida


oʻsimlik uchun zarur hamma moddalar
(azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy,
oltingugurt, temir, marganes, bor, mis,
rux, molibden, kobalt va b.) boʻlishi shart.
Ularning nisbati yilning fasliga, oʻsimlik
xili va yoshiga qarab oʻzgartirib turiladi.
Rixsivoy Joʻrayev.
Gidroponika (
pichan
) (
somonda
)
Galereya



Tomchilatib sugʻorish
Yana q.


Aeroponika
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Gidroponika&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 19:35 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Gidroponika&oldid=2840228" 
dan olindi 

Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling