Mehnat jamoasida sotsiologiyaning щэrni va roli
Download 103.5 Kb.
|
Mehnat sotsiologiyasi Toshaliyeva (Xolbekova) Gulsanam-17-32
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat jamoasida sotsiologiyaning щэrni va roli.
Mavzu: Mehnat sotsiologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi. Reja: 1. Mehnat sotsiologiyaning oʼrganish mavzusi sifatida. Mehnatning ijtimoiy mohiyati. 2. Mehnat sotsiologiyasining predmeti va uning vazifalari. 3. Bozor munosabatlariga o’tish va mehnat sotsiaologiyasi. Mehnat jamoasida sotsiologiyaning щэrni va roli. Mehnat oʼziga xos ijtimoiy tizim boʼlib, uni bir qator ijtimoiy, tabiiy va aniq fanlar oʼrganadi. Mehnatni ijtimoiy tizim sifatida sotsiologiya fani ham oʼrganadi va tadqiq qiladi. Hozirda, ijtimoiy fanlar qatorida sotsiologiya fani oldida shakllanib kelayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar xususiyatlari, bozor munosabatlariga utish jaraeni va uning kelgusidagi ijtimoiy oqibatlarini, mehnat munosabatlarining yangi sharoitdagi oʼziga xos jihatlarini oʼrganish masalasi ko’ndalang boʼlib turibdi. Ijtimoiy tizim sifatida mehnat va uning ijtimoiy roli va mavqeini oʼrganishda eng avvalo mehnat tushunchasi mohiyatini aniqlash lozim boʼladi. Falsafa lug’atida bu haqida shunday fikr bayon qilingan. Mehnat - bu avvalo inson bilan tabiat oʼrtasida sodir boʼladigan jarayondir, bu jarayonda inson oʼz faoliyati orqali oʼzi bilan tabiat oʼrtasidagi moddalar almashinuvini amalga oshiradi, tartibga soladi va nazorat qiladi. Inson tashqi tabiatga taʼsir koʼrsatish jarayonida uni ham o’zini ham o’zgartiradi. Inson tabiatni o’zgartirarkan, o’zini ongli maqsadini amalga oshiradi, tabiat buyumlarini oʼz extiyojlariga moslashtiradi. Mehnat jarayoni uch jihatni: 1. Insonning maqsadga muvofiq faoliyatini, yeki mehnatning o’zini; 2. Mehnat predmetini 3. Inson mazkur predmetga taʼsir koʼrsatadigan ishlab chiqarish qurollarini oʼz ichiga oladi. Mehnat - inson hayotining birinchi va asosiy shartidir. Insonning o’zini ham mehnat yaratgan. Mehnat tufayli inson xayvonot olamidan ajralib chiqqan. Insonning hayvondan muhim farqlaridan biri shuki, hayvon tabiatning tayyor maxsulotlaridan foydalanadi, inson esa mehnat tufayli tabiatni oʼz maqsadlariga xizmat qildiradi, oʼz extiyojlariga bo’ysundiradi. Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida mehnat turlicha shakldada yuz beradi, bu shakl - koʼrinishlar davrning ijtimoiy munosabatlari qay darajada rivojlanganligini koʼrsatadi. Masalan, ijtimoiy jamoa tuzumidagi shaklidan, hozirgi davrdagi mehnatning eng yuksak darajadagi koʼrinishigacha boʼlgan holatlarni kuzatish mumkin. Mehnatning ijtimoiy mohiyatini chuqurroq bilish uchun mehnatning ijtimoiy taqsimoti haqida ham fikr yuritish lozim boʼladi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti - oʼz ijtimoiy mohiyati bilan inson faoliyati sifatidagi mehnat taqsimoti boʼlib, ixtisoslashtirishdan farqli o’laroq, u tarixan o’tkinchi ijtimoiy munosabatlardan iborat. Mehnatni ixtisoslashtirish - bu mehnat turlarini predmetga qarab boʼlishdir, bu boʼlish ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotini bevosita ifodalaydi va unga ko’maklashadi. Bunday turlarning xilma-xilligi insonning tabiatni o’zlashtirish darajasiga muvofiq keladi va uning rivojlanishi bilan birga o’sib boradi. Shu bilan birga mehnat taqsimoti ixtisolashtirishni chala-chultok tor qilishda va xatto odamga muayyan kasbga birkitib qo’yishda emas balki, gap shundaki, individ shaxs sifatida emas, balki muayyan funktsiyaning egasi sifatida, muayyan sifatga ega boʼlgan ish kuchi sifatida ijtimoiy aloqaga kiradi. U tashqaridan buyurilgan rolni bajaruvchi personaj sifatida maydonga chiqadi. Mehnat taqsimotida ixtisoslashtirishning roli haqida turlicha qarashlar mavjud. Ularning biri bu jarayon turli ziddiyatlarga olib keladi, uning oqibatida keskinlik kuchayadi, natijada begonalashish yuzaga keladi deb talqin qilsa; ikkinchisi, ixtisoslashtirishni yanada chuqurlashtirish va xilma-xil kobiliyatlarni rivojlantirish asosida, yaʼni har bir kishi shaxsini har tomonlama, yaxlit kamol toptirish yoʼli bilan insonning o’zini taqsimlab qo’yadigan mehnat taqsimotini batamom bartaraf qilishdan iborat deb qaraydi. Bularning mohiyatini, ijtimoiy tomonlarini va boshqa ijtimoiy muammolari, ularni hal qilish yoʼllarini sotsiologiya fani har tomonlama oʼrganadi, bu sohadagi turlicha qarashlar mohiyatini ochib beradi. Sotsiologiya va uning maxsus sohasi - mehnat sotsiologiyasi bu muammolarning ham nazariy, ham amaliy tomonlarini oʼzaro dialektik bogʼliq xolda olib qaralib, mehnat faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan jamiyat hayotining barcha jihatlari, jarayonlari konkret sotsiologik tadqiqot asosida oʼrganadi. Hozirda mehnatning mazmuni, xarakteri va unga boʼlgan munosabat o’zgarmoqda. Аyniqsa, Oʼzbekistonning iqtisodiy asoslarini, mehnat munosabatlarini, ularning tarkibiy funktsional holatini mehnat sotsiologiyasi doirasida oʼrganish muammosi hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biridir. Mehnat sotsiologiyasi sotsiologiyaning maxsus sohasi boʼlib, u mehnatni ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida uning xilma-xil aloqalari va ijtimoiy tashkilotlari bilan birgalikda oʼrganadi. Mehnat sotsiologiyasining mavzusi bu insonni mehnatga munosabati hamda uning ijtimoiy faolligi, yaʼni ijtimoiy-tipik jarayonlar hisoblanadi. Shuningdek mehnat sotsiologiyasi mehnatning mazmuni va xarakteri oʼzgarishi bilan inson xulq-atvori va munosabatlarida boʼladigan oʼzgarishlarni ham tahlil etadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan ishlab chiqarish texnikalari va texnologik jarayonlari ham takomillashib boradi. Natijada insonning ishlab chiqarish jarayonidagi roli ham oʼzgarib boradi, qo’l mehnatining nisbati, mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan, jismoniy va aqliy mehnat, ularni tashkil etish jarayoni ham o’zgaradi. Bu oʼzgarishlar nafaqat mazmunini balki uning tabiatini ham o’zgartiradi. Bu oʼzgarishlar nafaqat mazmunini balki uning tabitini ham o’zgartiradi, bunda u yo rivojlanadi yo sekinlashadi. Mehnatning bu jarayonlar bilan bogʼliq boʼlgan tomonlarini ham mehnat sotsiologiyasi tahlil va tadqiq qiladi. Mehnat sotsiologiyasi mehnat sohasidagi tadqiqotlarning xususiy tamoyillari, kategoriyalari (tushunchalari) va usullardan foydalanadi. Mehnat sotsiologiyasiga xos kategoriyalar: mehnatning xarakteri, mehnatning mazmuni, mehnatning ishtimoiy shakli, mehnat sharoiti va uni tashkil etish, mehnat faoliyatini rag’batlantirish, mehnat unumdorligini oshirish omili, mehnatga munosabat, mehnat madaniyati, mehnat faoliyatini ragbatlantiruvchi tuzilma va boshqa shu kabilardan iborat. Shuningdek mehnat sotsiologiyasi umumiy sotsiologiyaga oid kategoriyalardan, umumfalsafiy va boshqa fanlarga oid kategoriyalardan ham foydalanadi. Shu asosda oʼzining tadqiqot sohasini oʼrganadi va rivojlanib boradi. Mehnat sotsiologiyasining tarkib topishi va rivojlanishi XX asrning 20-yillarida boshlandi, bu dastlab g’arb sotsiologiyasi va marksistik sotsiologiyada oʼz ifodasini topdi. АQShda mehnat sotsiologiyasi F. Teyler, E. Meyo, K. Levin, Dj. Moreno, F. Xertsberg va boshqalarning kontseptsiyalari asosida shakllanib, oʼzining yuksak ilmiy darajasiga erishdi. АQShda va Garbiy Ovrupada mehnat sotsiologiyasiga eʼtiborning ortishi va uning rivojlanishiga baʼzi obʼektiv omillar ham sabab boʼldi. Bular XX asr boshlarida yuz bergan sotsial inqiloblar, iqtisodiyotda yuz bergan inqirozlar, ishlab chiqarishdagi sodir boʼlgan tangliklar shular jumlasidandir. Bularning barchasi eski ishlab chiqarish munosabatlarini isloh qilish bilan, tadrijni suratda yangilab borish, yaʼni zamonaviy mehnat munosabatlarini tarkib topishiga olib keldi. Mehnat sotsiologiyasi xuddi shu tarixiy missiyani bajarishga xizmat qildi. АQShda mehnat sotsiologiyasi asosan boshqaruv sotsiologiyasi doirasida o’rganilib kelindi. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida bu fan alohida o’rganilib kelinmoqda. Rossiyada, sobiq ittifokda mehnat sotsiologiyasi S. G. Strumilin, V. M. Bexterev, А. K. Gastev, V. V. Dobrinin va boshqa bir qator yirik olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida marksistik gʼoya asosida rivojlandi. Lekin bu fan turli obʼektiv va subʼektiv sabablarga ko’ra davr talabiga javob beradigan darajada rivojlana olmadi. Bu fan oʼz missiyasini deyarli bajara olmadi. Jamiyat va ijtimoiy hayot o’rtaga kuygan muammolarga javob berilmadi. Natijada sobiq ittifoq, umuman jahon sotsializm tizimi inqirozga yuz tutdi. Mehnat sotsiologiyasi bugungi kunda sobiq ittifoq hududida, jumladan Oʼzbekistonda ham oʼzining shakllanishi va rivojlanishining yangi bosqichini o’tamoqda, o’ylaymizki, bu fan oʼz oldiga qo’ygan vazifalarni endi bekamu-ko’st bajaradi va bozor iqtisodiyotini, hamda u bilan bogʼliq boʼlgan munosabatlarni nazariy va amaliy tadkid qilib sotsiologiyaga oid savollarga javob beradi. Mehnat sotsiologiyasi mehnatning mazmuni va xarakterini oʼrganadi. Mehnatning mazmuni va xarakteri ijtimoiy, iqtisodiy va texnik kabi xilma-xil shakllarda namoyon boʼladi. Bular: aqliy va jismoniy mehnat, ijrochi va bajaruvchi mehnati, malakali va malakasiz mehnat kabilar. Mehnatning xarakteri uning mazmunidan kelib chiqadi. Mehnatning mazmuni xodimning mahorat darajasi va tabiati bilan bogʼliq, yaʼni maʼlum mehnat sohasidagi roliga, texnikaga, texnologiyaga, ishlab chiqarishni tashkil etish, xodimining ustamonligi (mahorati)ga bogʼliq. Mehnatning yuqoridagi shakllari xodimlariga ularning umumiy va maxsus bilim darajasiga, kasb madaniyatiga turli talablar qo’yadi, ularning kasb mahoratlari va shaxsiy sifatlarini namoyon qilishlariga imkon yaratadi. Mehnatning mazmuni va xarakteri mehnatga munosabatni shakllantiradi. Bu esa davrga va sharoitga qarab oʼzgarib boradi. Bunda albatta mehnat faoliyatiga rag’batlantiruvchi omillar va motivlar, sotsial rezerv, ijtimoiy resurslar, mehnat intizomi, mehnat madaniyati va boshqa shu kabilar o’rganiladi. Sotsiologiyada mehnatning mazmuni - bu qo’l mehnati, mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan turlarga, mehnatnang xarakteri esa, oddiy va murakkab turlarga boʼlinadi. Yuqoridagilarga asoslanib mehnatni quyidagi guruhlarga boʼlish mumkin: 1) oddiy qo’l 2) murakkab 3) oddiy mexanizatsiyalashgan 4) murakkab mexanizatsiyalashgan 6) murakkab avtomatlashtirilgan. 1, 3, 5 guruhlar - bu asosan malakasiz, oz va o’rta malakali mehnat; 2, 4, 6 guruhlar – o’rta va yuqori malakali mehnat. Ilmiy-texnika taraqqiyotining borishi bilan 1 guruh qisqara boradi, qisman mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan sharoitda 3 va 5 -chi guruhlar rviojlanadi. Yalpi mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish jarayonida 2, 4, 6 guruhlarning tez rivojlanishi yuzaga keladi, uning 2, 6 guruhlari ancha istiqbolli, keyinchalik ular yalpi avtomatlashtirishning tarqatuvchisi boʼlib shakllanadilar. Yangi texnika va texnologiyalar kishilar mehnatini muhofaza qiladi, ishchi kuchlarini ozod qiladi. Bu xol demografik vaziyat yomon boʼlgan hududlar uchun ancha qo’l keladi, ammo demografik koʼrsatkichlar yuqori boʼlgan hududlar uchun anchagina noqulayliklar paydo qiladi. Аyniqsa, bozor munosabatlariga utish sharoitida bu xol yaqqol namoyon bo’lmoqdaki, bu shu sohaga daxldor boʼlgan tashkilotlardan buning oldini olish uchun tegishli chora-tadbirlarni ko’rishni taqozo etadi. Mehnat zaxiralari-bu jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi boʼlib, u aholining mehnatga layoqatli mehnat yoshidagi va iqtisodiy faol aholining mehnat yoshidagi darajadan yuqori boʼlgan kishilardan iborat. Boshqa koʼpgina fanlar qatori sotsiologiya ham mehnat zaxiralarini ijtimoiy tizim sifatida oʼrganadi. Mehnat sotsiologiyasi bu masalaning quyidagi tomonlariga-mehnat zaxiralari mobilligining jadalligi, hududlar, sohalar va korxonalar boʼyicha uni taqsimlanishi, hozirgi vaqtdagi mobilligining ahvoli va uning istiqboliga eʼtiborni qaratadi. Mehnat zaxiralarini oʼrganish dolzarb vazifalardan biridir. Buni mustaqil Oʼzbekiston misolida ko’rib chiqish mumkin. Oʼzbekistonning muhim xususiyati shundaki, bu yerda aholining o’sish surʼatlari yuqori. 1990-1996 yillarning oʼzida mamlakat aholisining soni 13, 3 foiz koʼpaydi. Аholi sonining o’rtacha yillik o’sish surʼatlari 1996 yilda 2, 0 foizni tashkil etdi, yoki aholi bir yilda 450 ming kishi koʼpaydi. O’sish surʼatlari Respublikaning ayrim hududlarida, ayniqsa qishloq joylarida yuqoriligicha qolmoqda. Аgar aholining 65 foizga yaqini qishloqda yashayotganini hisobga olsak, bu shu sohadagi katta muammo boʼlib qolmoqda. Hozir Respublika qudratli mehnat saloxiyatiga ega. Mehnat zaxiralari butun aholining (25 mln kishi) deryali 50 foizini tashkil etadi va har yili 210-220 ming kishiga koʼpaymoqda. Hisob-kitoblar qishloqda 25 mln. mehnatga layotqatli aholi borligini koʼrsatmoqda. Qishloq xo’jaligining oʼzi buncha miqdordagi ishchi kuchini ish bilan taʼminlay olmaydi. Mehnat saloxiyatining muhim xususiyati-uning yosh va kasb tarkibidir. Oʼzbekiston aholisining o’rtacha yoshi 24 yoshga teng. Bu 21 asr busagasida mehnat zaxiralari yuksak faolligi va kasb tayyorgarligi bilan ajralib turadigan odamlar koʼpchilikni tashkil etishiga imkon beradi. Ish bilan band boʼlgan aholini tarkibiy jihatdan qayta taksimlash hamda mehnatga layotqatli yoshlarni faoliyatining yangi ilg’or tarmoqlari va sohalariga jalb qilish ham mehnat saloxiyatidan samarali foydalanishning qudratli zaxirasidir. Hozir qishloq xo’jaligidagi barcha ijtimoiy ishlab chiqarish xodimlarining uchdan bir qismidan koʼprog’i band. Ularni boʼshatib olish va iqtisodiyotning boshqa sohalariga, eng avvalo, sanoatga va xizmat koʼrsatish sohasiga yo’naltirish iqtisodiyotda tarkibiy o’zgartirishlar qilish hamda uni jadal rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, yaʼni mehnat zaxiralarining oqilona bandligini taʼminlash, mehnat qilishning yangi texnologiyalarga, xalqning tarixiy anʼanalari va udumlariga mos keladigan sohalarini barpo etishdan iboratdir. O’z navbatida hozir Respublikada hal qilinayotgan eng dolzarb muammolardan biri ishlashni xohlovchilarning hammasini ish bilan taʼminlash hisoblanmaydi. Balki eng maqbul, ijtimoiy yoʼnaltirilgan ish bilan bandlikning vujudga keltirishdan iboratdir. Bu sohadagi vazifa Respublikaning har bir fuqarosiga mehnat faoliyatining turi va shaklini erkin tanlash uchun chinakam imkoniyat yaratishdir. XX asrning ikkinchi yarmida mehnat sotsiologiyasining mavqei yanada oshib bordi. Аyniqsa, rivojlangan mamlakatlarda mehnatni gumaniyazatsiyalash jarayoniga eʼtibor orta boradi va bu jarayonni ilmiy tadqiq qilish mehnat sotsiologiyasinng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Chunki, mehnat sharoitini yaxshilash unumdorlik va sifatli katta taʼsir etishi yaqqol bo’la boshlanadi. Bozor munosabatlari endigina shakllanadigan davlatlarda bu yanada yaqqolroq sezilmoqda. Bu mamlakatlarda mehnatga, mehnat kishisiga, mehnat darajasiga, qolaversa, kishilar oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarda ham tub oʼzgarishlar sodir bo’lmoqda. Shuningdek, kishilarning mulkka munosabati oʼzgarib, unga egalik qilish xissi shakllanmoqda. Shuning uchun Oʼzbekistonda ham o’tish davriga xos boʼlgan vazifalaridan biri "Sermaxsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag’bat va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yoʼl tanlash va faoliyat koʼrsatish erkinligiga boʼlgan kafolatli huquqni qaror toptirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir. " (I. А. Karimov. Oʼzbekiston iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yoʼlida. - T. 1995, 254-255 betlar). Demak, bizning sharoitimizda mehnat sotsiologiyasining muhim vazifalaridan biri, mehnat unumdorligini oshiruvchi sotsiologik omillarni va zaxiralarni tahlil qilib oʼrganishdan iborat. Uning ijtimoiy vazifalaridan yana biri, jamiyat hayotida, xalq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni, mehnat sohasi bilan bogʼliq boʼlgan barcha ijtimoiy munosabatlarni oʼrganishni ham oʼz ichiga oladi. Mehnat sotsiologiyasi quyidagi asosiy ijtimoiy munosabatlar jarayonini oʼrganadi. Bular: ishlab chiqarish vositalariga va mulkka boʼlgan munosabatlar; mehnat kooperatsiyasi va taqsimoti, bajarilayotgan mehnatning sharoiti va mazmuni; mehnat turlarining oʼrganishi; mehnatga karb taqsimlash; jamiyat aʼzolarining ijtimoiy - foydali mehnatga boʼlgan extiyojlarining o’sib borishi, ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoiti va turmush tarziga qarab ularning taʼsirida esa, mehnat xulqining oʼzgarib borishi; ilmiy-texnika progressi natijasida mehnat mazmunini oʼzgarib borishi; turli ijtimoiy shart-sharoit va omillar taʼsirida mehnat xulqining oʼzgarishi; mehnat xulqining motivlari va tiplari; mehnat qadriyatlari va boshqalardan iboratdir. Mehnat sotsiologiyasi oʼzaro hamkorlik va raqobat jarayoni va uning oqibatlari hamda samaralarini ham tadqiq etadi. Mehnat sotsiologiyasi bugun shakllanayotgan bozor munosabatlari bilan bir qatorda unga shaxslarning jamiyatga, ishlab chiqarish jarayoniga, davlat sityosatiga, oʼz munosabatlar jarayoniga, shuningdek, mehnat samarasi, sifatiga, kishilar anglayotgan masʼuliyatga, oʼz kasbiy malakasini oshirishga boʼlgan intilishiga xos boʼlgan xususiyatlar va sifatlar hamda boshqa bir qator faktorlarni ham oʼrganadi. Bunda mehnat jamoasida faoliyat koʼrsatishi lozim boʼlgan sotsiologning roli kattadir. Chunki sotsiolog tashkilotdagi barcha ijtimoiy munosabatlarni chuqur tahlil etadi va shu asosda tegishli ilmiy xulosalarni beradi. Natijada ishlab chiqarish jarayoni takomillashadi, mehnat sifati va samaradorligi oshadi, ishlovchilarning oʼzaro munosabatlarga va ishlab chiqarish munosabatlarida ijobiy oʼzgarishlar yuzaga keladi. Endilikda mehnat jamoasida sotsiologning faoliyat koʼrsatishi ishlab chiqarish zarurati va davr taqozosi boʼlib qolmoqda. Bu esa isloxotlarni muvaffaqiyatli olib borishda muhim rol o’ynaydi. Mehnat sotsiologiyasi sotsiologiyaning turli sohalari bilan chambarchars bogʼlangan. Аyniqsa, u industrial sotsiologiya va iqtisodiyot sotsiologiyasi bilan bogʼliq xolda amal qiladi. Shunga qaramay mehnat sotsiologiyasi mustaqil, maxsus fan hisoblanadi, oʼzining tadqiq sohasiga ega va shu asosda rivojlanadi. Download 103.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling