Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan


Download 0.57 Mb.
bet3/56
Sana10.07.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1659414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
JSH-maketi

1.4. Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan Mehnat kodeksida uni tuzish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.5. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar mazmuniga qilingan ishoralarning barchasida ularning mazkur Shartnomani tuzish chog‘idagi tahriri nazarda tutilgan.
1.6. Ish beruvchi barcha xodimlarni, shu jumladan, ishga yangi qabul qilingan xodimlarni jamoa shartnomasi, boshqa lokal hujjatlar bilan tanishtirish, jamoa shartnomasi mazmuniga va bajarilishi shartlariga oid ma’lumotlar oshkoraligini (majlislar, konferensiyalar, mas’ul xodimlar hisobotlari, axborot stendlari, tarmoq nashrlari va hokazolar orqali) ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
II. IShLAB ChIQARISh VA IQTISODIY FAOLIYaT
2.1. Taraflar mehnat vazifalarining halol va sifatli bajarilishi xodimlar farovonligining negizi ekanligini e’tirof etadilar.
2.2. “Yangi O‘zbekistonni 2022-2026 yillarda rivojlantirish strategiyasi”ga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda maktab-interati sha’niga putur yetkazish qaltisliklarini oldini olish buyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga har tomonlama ko‘maklashish majburiyatini olgan holda taraflar:
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, sanoat, transport, aloqa va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan faol investitsiya siyosatini amalga oshirish;
tashqi va ichki bozorlarda tovarlar va xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlaydigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning va texnologiyalarning tubdan yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish;
energiya va resurslar sarfini pasaytirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, mehnat unumdorligini oshirish;
xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi maktab-internatilarni tanlashda ular mehnat sohasidagi asos soluvchi tamoyillar va huquqlar (kasaba uyushmalariga birlashish va jamoa muzokaralarini olib borish huquqi, bolalar mehnati va majburiy mehnatni taqiqlash, teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq to‘lash, mehnat munosabatlari sohasida kamsitmaslik prinsiplari)ga rioya etishlari nuqtai nazaridan lozim darajada ehtiyotkorlik qilish;
moslanuvchan narx-navo siyosatini amalga oshirish xususida kelishib oldilar.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling