Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan


Download 0.57 Mb.
bet53/56
Sana10.07.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1659414
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
JSH-maketi

17.12. Shartnomaning amal qilish davrida yoki amal qilish muddatini uzaytirish davrida kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar qo‘shimcha kelishuv ko‘rinishida bo‘lgan alohida hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va mazkur Shartnomaning ajralmas qismi bo‘lib xisoblanadi.
17.13. Shartnomaning ilovalari uning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
XVIII. JAMOA ShARTNOMASI MAJBURIYaTLARINING BUZILIShI YoKI ULARNI BAJARMASLIK UChUN JAVOBGARLIK
18.1. Ish beruvchi ushbu Shartnoma shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga haqli, bu taqdimnoma bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi. Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qo‘mitasining ushbu talablarini qanoatlantirishni rad qilgan yoki belgilangan muddatda kelishuvga erishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunining 46-moddasi).
18.2. Shartnoma majburiyatlarining buzilishida yoki bajarilmasligida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida hamda mazkur Shartnomada belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
JAMOA ShARTNOMASIGA ILOVALARNING TAVSIYaVIY
RO‘YXATI


1. Maktab-internati rahbari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bitimi.
2. Xodimlarning kasbiy tayyorgarligi, ularni boshqa kasbga o‘rgatish, malakasini oshirish, ikkinchi kasbga o‘rgatish ishlari to‘g‘risida Nizom.
3. Maktab-internatida kasanachilik mehnatidan foydalanish tartibi.
4. Tanlov bo‘yicha egallanishi lozim bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati
5. Tanlov bo‘yicha egallanishi lozim bo‘lgan lavozimlarga tanlov o‘tkazish tartibi
6. Ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan ish stajiga xodimlarning tegishli tarmoqdagi yoki muayyan kasbga doir mehnat faoliyati davrlarini kiritish kafolatlanadigan xodimlar toifalari ro‘yxati
7. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlar ro‘yxati hamda ularni bajarishda o‘rnatiladigan qisqartirilgan ish vaqtining aniq muddatlari hamda o‘ziga xos, og‘ir va noqulay tabiiy iqlim sharoitidagi ishlarda ishlovchilar uchun yillik qo‘shimcha ta’til davomiyligi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling