Mehnat jarayonilarini tashkil etish
Reja:
1.Mehnatni tashkil etish va uning mehat faoliyatidagi roli.
2.Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi.
3.Ish o’rinlarini tashkil etish, rejalashtirish va xizmat ko’rsatish.
4.Mehnat intizomi va uni rag’batlantirish.
5.Mehnat sharoitlari va mehnatni normalashning ahamiyati.
Tayanch iboralar:
mehnat faoliyati; tashkil etish; mehnatni tashkil etish; mehnat taqsimoti; umumiy xususiy va ayrim mehnat taqsimoti; texnologik, funktsional, malakali, operatsiyalar bo’yicha, hamda kasbiy mehnat taqsimoti; mehnat kooperatsiyasi; ixtisoslashtirilgan tsexlarning tsexlararo kooperatsiyasi; ixtisoslashtirilgan uchastkalarning tsex ichidagi mehnat kooperatsiyasi; ish o’rinlari; qo’l ishi, mashina-qo’lda bajariladigan, mexanizatsiyalashgan, avtomatlashtirilgan, apparaturali ish o’rinlari; ixtisoslashgan va universal ish o’rinlari; ish o’rnini ta’minlash; ish o’rnini rejalashtirish; xizmat ko’rsatish tizimi; mehnat intizomi; rag’batlantirish; mehnat sharoitlari; mehnatni normalash.
Mehnatni tashkil etish va uning mehnat faoliyatidagi roli.
Mehnat faoliyati deganda insonning biror mehnat turi bilan band bo’lishi tushuniladi. Bunga ilmiy va pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bo’lishi mumkin. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy, ma’naviy-psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga kelishga ikkinchi tomondan, mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi. Huquqiy asoslar-ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog’liq huquqiy hujjatlar). Ma’naviy-psixologik asoslar-bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o’rtasida o’zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma ishlovchi o’rtasidagi munosabat yoki jamoa o’rtasidagi o’zaro munosabatlar). Iqtisodiy asoslar-esa mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari (ya’ni, shaxsning moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko’zda tutiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |