Mehnat muhofazasi haqida asosiy tushuncha, atama va izohli sо‘zlar Mehnat muhofazasi


Download 15.96 Kb.
Pdf просмотр
Sana01.03.2018
Hajmi15.96 Kb.

Mehnat muhofazasi haqida asosiy tushuncha, atama va  

izohli sо‘zlar 

 

Mehnat  muhofazasi  –  ish  jarayonida  inson  xavfsizligi,  salomatligi  va  ish 

qobiliyatini  oshirishni  ta’minlovchi  qonunlar  tizimi  hamda  ularga  muvofiq  keladigan 

ijtimoiy-iqtisodiy,  tashkiliy,  texnikaviy,  gigiyenik  va  davolash  profilaktikasi  tadbirlari 

hamda vositalari. 

Ish  joylarida  tо‘liq  zararsiz  va  xavfsiz  ishlash  uchun  sharoit  yaratish  amalda 

mumkin  emas.  Shu  sababli  mehnat  muhofazasining  vazifasi  zararli  va  xavfli  ishlab 

chiqarish  omillarining  ishlovchilarga  ta’sirini  eng  kam  darajaga  keltirishga  imkon 

beradigan  chora-tadbirlarni  kо‘rishdan,  ishchining  shikaslanishini  oldini  olishdan, 

yuqori  mehnat  unumdorligiga  erishishga  yordam  beradigan  qulay  sharoitlarni 

yaratishdan iborat. 



Texnika  xavfsizligi  –  ishlovchilarga  ishlab  chiqarishda  texnika  xavfsizligini, 

uning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnika vositalari tizimi. 



Yong‘in  xavfsizligi  –  obyektda  yong‘in  paydo  bо‘lish  xavfini  oldini  olish, 

shuningdek moddiy boyliklarni muhofaza qilishdan iborat. 



Ishlab chiqarish sanitariyasi – ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta’sirini oldini 

oladigan chora-tadbirlar va texnika vositalari tizimi. 



Ishlab  chiqarishdagi  xavfli  omil  –  ishlab  chiqarishda  ishlovchilarga  muayyan 

sharoitlarda  ta’sir  etgan  shikastlanishga  yoki  sog‘liqning  keskin  yomonlashuviga  ta’sir 

etadigan  omil.  Bunga  misol  qilib,  harakatlanayotgan  mashina,  traktor,  yuk  kо‘tarish 

vositalari  bilan  kо‘tariladigan  yuk,  mashina  va  mexanizmlarning  muhofazalanmagan 

aylanuvchan  va  qaytma-ilgarilanma  harakat  qiluvchi  qismlar  (kardanli,  zanjirli,  tishli, 

tasmali uzatma)ning harakati xavfli omillar qatoriga kiradi. 



Ishlab  chiqarishdagi  zararli  omil  –  ishchilarga  ish  vaqtida  ta’sir  etib 

kasallanishga yoki ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil. 



Elektr  xavfsizligi  –  kishilarni  elektr  toki,  elektr  yoyi,  elektrmagnit  maydonining 

zararli  hamda  xavfli  ta’sirida  muhofaza  qilishini  ta’minlaydigan  tashkiliy  va  texnik 

chora tadbirlar tizimi. 

Shikastlanish  –  ishlab  chiqarishdagi  zararli  yoki  xavfli  ta’sirlar  natijasida  inson 

organlar yoki teri qoplami fiziologik bir butunligining buzilishi. 



Shaxsiy  himoyalanish  vositalari  –  bir  xodimni  muhofaza  qilishi  uchun  xizmat 

qiladigan  vositalariga  ish  kiyimi  poyafzal,  gaz  niqoblar,  shlemlar,  himoya 

kо‘zoynaklari, quloqchinlar va boshqalar kiradi. 

Kasb kasalligi – kishi organizmiga ish sharoitlarining zarali ta’siri natijasida kelib 

chiqqan  (surunkali  changli  bronxitlar,  titrash  kasalligi,  har-xil  kimyoviy  preparatlar 

bilan zaharlanish) kasallikdir. 

Texnik 

omil 

 

ishlab 


chiqarish 

jarayonlarini 

mexanizatsiyalash 

va 


PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



avtomatlashtirish  darajasi,  boshqaruvda  elektron-hisoblash  texnikalarini  qо‘llanilishi, 

himoyalash vositalarining sozligi va yetarliligi, xavfli doiralarning himoyalanganligi va 

boshqalarni kiritish mumkin. 

Sanitariya  -  gigiyena  omili  –  ish  joylarining  sanitariya  holatiga  (meyorlariga) 

javob berish-bermasligi. 



Ergonomik  omili  –  mashina  va  uskunalarni  inson  bilan  о‘zaro  harakatda 

bо‘lganda  mashina  elementlarining  mos  kelishi.  Bunga  texnikaning  tezlik 

parametrlariga tegishli, ishchi organlardan kelayotgan ma’lumotning hajmi, ish joylarini 

tashkil  etish  darajasi,  boshqarish  organlarining  qulay  joylashzganligi,  operator 

о‘rindig‘ining konsruksiyasi va boshqalar kiradi. 

Ijtimoiy-maishiy omil – ishlab chiqarish madaniyati, ish joylarida tozalik va tartib, 

hududining  kо‘kalamzorligi,  maishiy  xonalar,  oshxona,  tibbiyot  punkti,  poliklinika, 

bog‘chalarning  mavjudligi,  yо‘llarning  holati,  ishlab  chiqarish  uchastkalari,  dalalari, 

turar joy majmuasining qulayligi. 



Psixofiziologik  omillar  –  mehnatning  og‘irligi  va  qizg‘inligi,  jamoadagi 

psixologik vaziyati, ishchilarning bir-biri bilan о‘zaro munosabati. 



Tabiiy-iqlim  omilalari  –  joyning  geografik  о‘rni  va  metrologik  hollari  (dengiz 

sathiga  nisbatan  balandligi,  relef,  yog‘ingarchilikning  turi,  harorat,  namlik,  havoning 

ionlanishi, atmosfera bosimi va boshqalar). 

Iqtisodiy omillar – mehnatga haq tо‘lash va ishchi mehnatini rag‘batlantirish, 

mehnat muhofazasiga ajratilgan mablag‘ning boshqa maqsadlarga sarflanishi, 

mehnat muhofazasiga doir chora-tadbirlarga kam joy ajratilganligi.

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 



www.pdffactory.com



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling