Mehnat muhofazasi


- chizma. Past bosimli markaziy suv bilan isitish tizimining


Download 425.67 Kb.
bet42/112
Sana18.11.2023
Hajmi425.67 Kb.
#1785316
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   112
Bog'liq
Mehnat muhofazasi-fayllar.org

3.1- chizma. Past bosimli markaziy suv bilan isitish tizimining


shakli: 1 - bug‘ qozon; 2 - issiq quvur; 3 - kengaytiruvchi idish;
4- tarqatuvchi quvur; 5 - isitish jihozlari; 6 - suv qaytish quvurlari.
Yuqori bosimli suv bilan isitish tizimi mexanik suv
aylanishini yuzaga keltiruvchi yopiq tizimdan tashkil topgan
bo‘ladi. Yuqori bosimli isitish tizimlarining isitish
jihozlarida harorat 120–135oС ga yetadi.
Bug‘ bilan isitish tizimlari ham past bosimli (70 kPa
gacha) va yuqori bosimli (70 kPa. dan yuqori bosimli)
bo‘lishi mumkin. Bunda bug‘, isitish jihozlarida ma’lum
haroratgacha soviydi va kondensatsiyalanadi («suvga
aylanadi»). Hosil bo‘lgan kondensat esa qozonga qaytadi.
Наvо bilan isitish tizimlarida sovuq tashqi muhit
havosi shamollatgichlar yordamida kaloriferlarga uzatiladi
va kalorifer orqali o‘tishda isigan havo xonaga уo‘naltiriladi.
Agar issiq havo oqimi xona polidan 3,5 m. balandlikdagi
masofadan уo‘naltirilsa, oqimning harorati 70oС gacha, 2,0
m balandlikdan uzatilsa 45oС gacha bo‘lishi talab etiladi.
Kaloriferlarda issiqlik generatori sifatida bug‘, qaynoq suv
yoki elektr isitish jihozlaridan foydalanilishi mumkin. Наvо
1
2

3
4 5

6
5 4

2
77


bilan isitish tizimlarida harorat shamollatish orqali

rostlanadi.



3.5.2. Bug‘ va suv bilan isitish tizimlarini hisoblash
Isitish qurilmalarini hisoblash ishlab chiqarish
binolaridagi barcha issiqlik sarflarini hisobga olgan holda
bajariladi. Ishlab chiqarish binolarini isitishda isitish
qurilmalari orqali uzatilayotgan issiqlik, binoning tashqi
to‘siqlari (devorlari)ni, binoga olib kiritilgan mashina va
materiallar sirtini, bino havosini isitishga hamda texnologik
jarayonlarni bajarishga sarflanishi mumkin.
Binoning tashqi to‘siqlari orqali issiqlik уo‘qolishi
quyidagicha aniqlanadi:
Qo=qoVm(tu-tt),
bu yerda, qo – binoning solishtirma issiqlik xususiyati,
Vt/(m3oC);qo=0,52-0,75
Vt – binoning tashqi hajmi yoki isitiladigan qismining
hajmi, m3;
tu – хопа havosining ichki hisobiy harorati, oС;
tm – уilning eng sovuq besh kuni hisobida tashqi havo
harorati.
Хопа havosini isitishga sarflanadigan issiqlik miqdori:
Qx = gxVt (tu-tt)
bu yerda, gx – 1 m3 havoni isitishga sarflanadigan
solishtirma issiqlik sarfi; ishlab chiqarish binolari uchun gx
=0,9...1,5; ma’muriy binolar uchun gx=0,67...0,9; maishiy
binolar uchun gx =0,31...0,42.
Xonaga kiritilgan mashina va mexanizmlar hamda
materiallar sirtini isitishdagi issiqlik sarfi:
3,8
1

( )



u n

m m

t t

Q k G


bu yerda, G – xonaga kiritiladigan mashina va


78
materiallarning massasi, kg;

km – mashina va materiallarning massaviy issiqlik


sig‘imi, metallar uchun – k =0,4, kDj / (kgoС);
tt – xonaga olib kirilgan mashina va materiallarni
harorati (mashinalar va metallar uchun tashqi muhit
haroratiga teng, sochi- luvchan materiallar uchun tashqi
muhit haroratidan 20oС, sochil- maydigan materiallar uchun
esa tashqi muhit haroratidan 10oС yuqori qilib olinadi);
tm – ushbu mashina va materiallarni xona haroratigacha
isitishga sarflangan vaqt, soat.
Texnologik maqsadlarda sarflangan issiqlik miqdori:
3,8
1

)


100
( T k i


P

Q Q l
bu yerda, Q – bug‘ yoki suv sarfi, kg/soat;
i – qaynoq suv yoki bug‘dagi issiqlik miqdori.
Bu ko‘rsatkich suvning bosimi va haroratigа bog‘liq
holda olinadi, уa’ni t =101,8 oС, Р=9,8 kPa uchun - i=426
(suv uchun), i=2680 (bug‘ uchun).
ir – qozonga qaytadigan kondensatning issiqlik
miqdori, kDj/kg.
Umumiy issiqlik sarfi quyidagicha aniqlanadi:
Qc , =Qo+Qx+Qm+Qt.
Umumiy issiqlik sarfi miqdoriga asoslangan holda
qozonning issiqlik quvvatini quyidagicha aniqlashimiz
mumkin:
Рk = (1,1...1,15)(Qc10-3, ,kVt.

Markaziy suv bilan isitish qurilmalarida isitish jihozlari


sifatida radiatorlardan foydalaniladi. Radiatorlar seksiyalar
shaklida ishlab chiqarilib, batareya shaklida yig‘iladi.
Radiatorlarning hisobiy sonini aniqlash isitish jihozlari
(batareyalar)ning umumiy yuzasini aniqlash asosida amalga
oshiriladi:
79
Qn – binodagi umumiy issiqlik уo‘qotilishi, Vt;

k – isitish jihozlari devorlarining havoga issiqlik


uzatish koef- fitsiyenti (cho‘yan batareyalar uchun К=7,4,
рo‘lat uchun k=8,3)
tk – suvning radiatorga kirishdagi harorati, oС;
tch – suvning radiatordan chiqishdagi harorati, oС;
tx – xonaning harorati, oС.
Binoga o‘rnatish uchun talab etiladigan isitish jihozlari
seksi- yalarining soni esa quyidagicha aniqlanadi:
nc=
c F

.n.


;
bu yerda, Fнп – radiatrning bitta seksiyasini yuzasi, m2.

Ushbu ko‘rsatkich isitish jihozining turiga bog‘liq


holda quyidagi ko‘rsatma asosida tanlanadi:
Isitish jihozining turi
M-140

NM-150
Polza-6

RD-90
RD-26

Sirt yuzasi, m2


0,254

0,254
0,460

0,203
0,205

Isitish mavsumi davrida talab etiladigan yoqilg‘i


miqdorini quyidagicha aniqlash mumkin:
Q=qy V (ti – tt)
bu yerda, qy – binoning 1m3 hajmini 1oС ga isitish
uchun sarfla- nadigan yillik shartli yoqilg‘i sarfi, kg/(m3 oС);
ti – bino ichining harorati, oС;
tt – tashqi muhit harorati, oС;
V – binoning tashqi hajmi, m2.
80
Bir shartli yoqilg‘ining issiqlik ajratib chiqarish

miqdori- 29,3 mDj/kg.ga teng. Hisob ishlarini bajarishda


boshqa yoqilg‘ilarga aylantirish koeffitsiyenti yordamida
shartli yoqilg‘iga o‘tkaziladi. Ushbu koeffitsiyent antratsit
uchun - 0,97; ko‘mir uchun - 2,33; torf uchun - 2,60; mazut'
uchun - 0,70; o‘rta sifatli yog‘och o‘tin uchun - 5,32 deb
qabul qilinadi.



Download 425.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling