Yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimi –
yong‘inga qarshi to‘siqlarni o‘rnatish, qurilmalar va inshootlarda
avariya holatida o‘chirish hamda qo‘shish jihozlaridan
va yong‘indan to‘suvchi vositalardan, yong‘in vaqtida yonuvchi
suyuqliklarning to‘kilishini oldini oluvchi vositalardan
foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Tashkiliy-texnik tadbirlarga yong‘indan
himoyalanish xizmatini tuzish, uni texnik jihozlar bilan
ta’minlash, yong‘in xavf- sizligi bo‘yicha оbyektdagi
moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik
jarayonlarni pasportlashtirish, yong‘in muhofazasi bo‘yicha
mutaxassislar tayyorlash va ularni o‘qitish, yong‘in
xavfsizligi bo‘yicha уo‘riqnomalar va aholi o‘rtasida turli xil
tadbirlar o‘tkazish, yong‘inga qarshi ko‘rsatmalar ishlab
chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.
5.3. Yong‘in va portlashning sabablari
Yong‘inning kelib chiqishini oldini olish tadbirlaridan
eng asosiysi, uning sabablarini puxta bilish va shunga mos
holda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdan
iboratdir.
Yong‘inning asosiy sabablariga quyidagilarni misol
tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda
chekish, ochiq alangalardan foydalanish; yong‘in xavfsizligi
bo‘yicha texnologik jarayonlarini buzish, ularga amal
qilmaslik; materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik
(masalan, so‘ndirilmagan ohak yoki xlorli ohakka suv
aralashsa, harorat 800oС gacha yetishi mumkin); statik elektr
zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalan-maslik;
atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan
foydalanmaslik (yashin vaqtida 2V dan 8 mln V
kuchlanish, 200000 А tok kuchi miqdorida elektr zaryadlari
167
hosil bo‘lishi mumkin); ichki yonuv dvigatellarini sinash va
ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik; elektr
jihozlari va qurilmalarini noto‘g‘ri o‘rnatish yoki ularni
zo‘riqtirish; isitish tizimlaridan noto‘g‘ri foydalanish; bug‘
qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik
qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto‘g‘ri o‘rnatilishi;
ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug‘ hamda
changlarni me’yorlashtirilmaganligi va boshqa shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |