Mehnat muhofazasi


Yonish jarayonining mohiyati


Download 425.67 Kb.
bet91/112
Sana18.11.2023
Hajmi425.67 Kb.
#1785316
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   112
Bog'liq
Mehnat muhofazasi-fayllar.org

5.4. Yonish jarayonining mohiyati

Yonish – murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo‘lib, и
yonuvchi modda yoki material bilan havo tarkibidagi
kislorodning o‘zaro reaksiyasi ta’sirida yuzaga keladi.
Yonish sodir bo‘lishi uchun albatta, yonuvchi material,
kislorod va yonish manbasi bo‘lishi lozim Agar havo
tarkibida kislorod miqdori 14% dan kam bo‘lsa, yonish
jarayoni susayadi, kislorod miqdori 10% bo‘lganda esa
tutash, burqisish yuzaga keladi. Kislorod miqdori 8%
bo‘lganda esa tutash ham to‘xtaydi.

Yang‘in manbasini ikki turga ajratish mumkin, уa’ni
ochiq (alanga, uchqun, qizigan buyumlar va b.) va yashirin
(kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik
miqdori, mikrobiologik jarayonlar adsorbsiyasi, adiabatik
siqilishlar, ishqalanish, zarba va b.).
Yong‘inni o‘chirishning mohiyati, yuqorida
ta’kidlangan uchta yonish jarayonining tashkil etuvchilarini
o‘zaro ta’sirini to‘xtatish-dan iboratdir.
Haroratining o‘zgarishi natijasida materialning erishi,
bug‘lanishi ro‘у beradi. Harorat oshgandan so‘ng
oksidlanish jarayoni yuzaga keladi va oksidlanish reaksiyasi
natijasida ajralib chiqadigan issiqlik ta’sirida harorat tez
o‘sadi. Tutoqish, o‘t olish haroratida esa butun material
168

tutashi kuzatiladi va nihoyat alangalanish boshlanadi. Bu


vaqtda tashqi manba olinganda ham yonish davom etadi.
Tutoqish, o‘t olish harorati yonuvchi moddaning eng past
harorati bo‘lib, bunda buyumning ustida gaz va bug‘lar hosil
bo‘ladi hamda ular tashqi manba ta’sirida alanga-lanadi.
Lekin ularni hosil bo‘lish tezligi, manbasiz yonish jarayonini
kechishi uchun kam hisoblanadi. Alangalanish haroratida esa
yonuvchi material tashqi manba ta’sirisiz ham yonadi. Shu
sababli, har doim o‘t olish harorati alangalanish haroratidan
kichik bo‘ladi.
Materialga issiqlik (yonish manbasi) ta’sir etgan
vaqtdan alan- galanish davrigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i
induksiya davri deb ataladi.
Ayrim moddalar yoki materiallar ma’lum haroratda
o‘z-o‘zidan alangalanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Ularning
bu xususiyati havoning ta’sirida, suvning ta’sirida va
materiallarning (moddalarning) o‘zaro ta’sirida yuzaga
kelishi mumkin.
Alangalanish haroratiga bog‘liq holda yong‘inga xavfli
suyuqliklar tez alangalanuvchi (TAS) va yonuvchi
suyuqliklarga (YoS) bo‘linadi. TASlarning bug‘lari 45oС
haroratda, yonuvchi su-yuqliklar esa 45oС dan yuqori
haroratda alangalanadi. O‘z-o‘zidan alangalanish harorati
turli xil materiallar va moddalarda turlicha bo‘ladi, masalan,
kerosin 250–265oС, benzin А-66 255oС, dizel yoqilg‘isi DZ-
240oС va h.k.



Download 425.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling