Mehnat muhofazasi


Materiallarning yonish va portlash bo‘yicha tasnifi


Download 425.67 Kb.
bet92/112
Sana18.11.2023
Hajmi425.67 Kb.
#1785316
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112
Bog'liq
Mehnat muhofazasi-fayllar.org

5.5. Materiallarning yonish va portlash bo‘yicha tasnifi
Barcha qurilish materiallari yonish xususiyati bo‘yicha
quyidagi uch turga bo‘linadi:
– yonmaydigan materiallar – tashqi yong‘in manbasi
ta’sirida yonmaydi;
169

– qiyin yonuvchi materiallar – tashqi manba ta’sirida


yonib, manba olingach mustaqil yonmaydi;
– уоnuvchi materiallar – tashqi yong‘in manban
olingach, mustaqil yonish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar bug‘lanish
natijasida portlovchi aralashma muhit hosil qiladi. Bundan
tashqari ayrim changlarning havo bilan aralashmasi ham
portlashga xavfli hisoblanadi. UIar yonish va portlash
xavfliligi bo‘yicha portlashga xavfli (aerozol holatida)
hamda yonishga xavfli (aerogel) turlarga bo‘linadi va
quyidagi to‘rt sinfga ajratiladi:
1-sinf – portlashga o‘ta xavfli changlar, alangalanishning
pastki chegarasi – 15 g/m3.gacha bo‘lgan muhit;
2-sinf – alangalanishning eng pastki chegarasi 16 dan
65 g/m3 gacha bo‘lgan, portlashga xavfli muhit;
3-va 4-sinflar – alangalanishning pastki chegarasi 65
g/m3 dan yuqori bo‘lgan yonishga xavfli muhit. III sinfdagi
changlarning alangalanish harorati 250oС, IV sinfga taalluqli
changlarniki esa 250oС dan yuqori.

5.6. Yong‘inning oldini olish tizimi

5.6.1. Ishlab chiqarishni portlash, yonib-portlash va

yong‘in xavfliligi bo‘yicha kategoriyalari
lshlab chiqarish unda ishlatiladigan yoki saqlanadigan
materi- allarning yonish xususiyati bo‘yicha 6 ta

kategoriyaga ajratiladi: А, В,D,E,F,G.

А kategoriya – ishlab chiqarish, portlash-yonishga
xavfli ishlab chiqarish bo‘lib, unga bug‘larining alangalanish
harorati 28oС dan kam bo‘lgan va havo tarkibida 10% gacha
portlashga xavfli havo yoki materiallar bo‘lgan hamda suv,
kislorod, havo yoki o‘zaro ta’sirda alangalanuvchi
170

materiallar ishlatiladigan ishlab chiqarish kiradi.



В kategoriya – portlash-yonishga xavfli ishlab
chiqarish. Bunga bug‘larning alangalanish harorati 28 dan
61oС gacha bo‘lgan suyuqliklar, havo tarkibida 10% gacha
portlashga xavfli siqilgan gaz, changlar bo‘lgan, shuningdek,
5% gacha pastki portlash miqdori Npv 65 g/m3 bo‘lgan
changlar mavjud ishlab chiqarishlar kiradi.


D kategoriya – yonishga xavfli ishlab chiqarish,
alangalanish harorati 61oС dan yuqori bo‘lgan suyuqliklar
ishlatiladigan va Нрv 65 g/m3 miqdordagi yonuvchi chang,
gazlar mavjud havo muhiti bo‘lgan, shuningdek, qattiq
yonuvchi materiallar ishlatiladigan ishlab chiqarish.

E kategoriya – yong‘inga xavfli ishlab chiqarish.
Yonmaydigan materiallarga issiqlik yoki alanga ta’sirida
ishlov berish qo‘llaniladigan ishlab chiqarish.

F kategoriya – yong‘inga va portlashga xavfsiz ishlab
chiqarish. Bunda yonmaydigan materiallarga sovuq holatda
ishlov beriladi (yig‘ish, ajratish, yuvish sexlari).

G kategoriya – portlashga xavfli ishlab chiqarish.
Yonuvchi gaz va bino hajmining 5% miqdorida portlashga
moyil changlar bo‘lgan ishlab chiqarish. Bunday muhitda
yong‘insiz portlash sodir bo‘lishi mumkin.



Download 425.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling