Mehnat muhofazasi va medisina harakati (faoliyati)ni bajaruvchi insonlarning vazifalari


Funktsional yoki dinamik antropometriya o'lchovlari


Download 3.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/209
Sana27.10.2023
Hajmi3.44 Mb.
#1726693
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   209
Bog'liq
мехнат ва соглик мухофазаси(к.жеймс)

2. Funktsional yoki dinamik antropometriya o'lchovlari: Ish joyi-bu ish 
harakatining bir joydan boshqa joyga ko’chirmasdan, muqarrar yerda bajariladigan 
o’rnidir(yoki boshqacha qilib aytganda, tananing holatini o’zgarmasdan tutish). 
Ular oxirgi va optimal (normal, funksional) urinish nuqtasi va ushlovga bo’linadi. 
Ushlashning oxirgi hajmi (urinish nuqtasi) qo’l harakati uchun-bu panja predmetini 
ushlash mumkin bo’lgan joylar nuqtasidir. Urinish nuqtasining oxirgi hajmi yetib 
bo’ladigan joy chegarasiga teng hisoblanadi. Ish joyining optimal hajmi (normal 
va funksional), ish joyining boshqa qismi bilan ya’ni, qo’layroq bo’lgan ish-
harakat joyi bilan mos tushishi zarur.


125 
Antropometrik o'lchovlar dizaynerlarga mebel atanlashda yoki inson tanasi gavda 
o’lchamlari asosida ish joyini to’g’ri tashkil etishga yordam beradi. 
Ayrim ish harakatlarini bajarishda, xususan zarba berishdagi harakatlar, 
vibroasboblar bilan ishlashda qo’llar zanjirida katta kuchlar hosil bo’ladi. Bu 
kuchlar o’z o’rnida turli kasalliklarga olib keladi.
Bu turdagi kuchlarni hisoblashda dinamikaning teskari masalasini yechish 
usulidan foydalaniladi. Bunda kuchlar harakatning ma’lum (tajribalar asosda 
aniqlangan) kinematik tavsiflari orqali aniqlanadi. Hisoblarni bajarish uchun asbob 
va qo’l zanjirining inersion massasi tavsifini bilish lozim. 
Ergonomika va antropometriya tushuncha paydo bo’lishidan avval, mashina 
ko’rsatkichlari o'rtacha xodim uchun mo'ljallangan edi. Afsuski, o'rtacha statistik 
tana o'lchovlari butun tanaga normal taqsimlanish darajasi 1 foizdan kam.
Misol uchun, o'rtacha xodim uchun mo'ljallangan tik turib bajarilgan ish joyi, 
AQSh aholisining 99 foizi uchun to’g’ri kelmaydi.
Avtomobil dizaynida ergonomika talablarini qo’llanishi mashinaning
qo'shimcha qiymatini oshishiga olib keldi. Bir necha yil oldin, o'rindiqlar joyini 
oldinga va orqaga, o’yoq uzunligi va pedalning o’lchamini, xaydovch talabi 
bo’yicha pedal va pulni o’zgartirib bo’lmas edi. Ishlab chiqilgan avtomobillar 
o'rtacha odam uchun mo'ljallanganligi sababli, baland bo’yli xaydovchilar 
boshlarini avtomobil yuqori qismiga ko’p urilar edi. Hozirgi paytda barcha 
narsalarning 90% aholining antropometrik o’lchamlari inobatga olingan holda 
ishlab chiqariladi.
Turli xil biomexanikaviy tahlil qilishda va modellashtirish jarayonida qo’l 
tuzilish 
bo’yicha 
barcha ma’lumotlardan foydalanilmaydi, balki eng 
kerakliklaridan foydalaniladi. Quyidagi usul bilan qo’lning «mezoniy modeli» turli 
detallashtirish darajasi bilan yaratilgan. 
Ayniqsa, to’liqroq detallashtirilgan modelda alohida olingan muskullar kuch 
yelkasi bo’yicha ma’lumotlar turli erkinlik darajasida bo’g’imlarning turli holati
muskullar, mushak va pay uzunligi uchun yaratilgan. Bu ma’lumotlar orqali panja, 
bilak va yelkaning alohida olingan anatomik qismlariga ta’sir etuvchi ichki 
kuchlarni hisoblashda asqotadi.
Biomexanik izlanishlar olib borilayotganda tajribada qatnashayotgan alohida 
olingan odamning qo’li mezoniy qo’ldan o’zining shaklli va o’lchamlari bilan 
farqlanadi. Shu sababli ham mezonniy qo’llar o’lchamlari tajribada 
qatnashayotgan aniq odamning o’lchamlaridan farq qiladi (misol uchun 
muskuklning kuch yelkasi va hokazolar). 

Download 3.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling