236
Xavfli chiqindilar bo’yicha ko’rsatma
Xavfli chiqindilar bo’yicha ko’rsatma olinmasdan turib xavfli chiqindilar
masalasini joylarda xal etib bo’lmaydi.
Ruxsat olib, joylarda xavfli chiqindilarni
xatarini bartaraf qilish xarajatlari va ish xajmi katta bo’lishi mumkin (40 qism 270
CFR). Xavfli chiqindilardan qutulish uchun birinchi bo’lib, mo’ljallangan yig’ib
olish va tozalash qurilmalaridan foydalaniladi. Korxonalar
EPAga bu chiqindi
haqidagi ma’lumot va uning identifikasiya raqamini yuboradi. Ishlab chiqaruvchi
yoki chiqindini yig’ib olgan mas’ullar uni qadoqlab va markalab jo’natishga
tayyorlaydi. Jo’natilgan chiqindilarning keying taqdiri ham ishlab chiqaruvchi
zimmasida qoladi. Chiqindilarni zararsizlantirishda
lisenziyalangan yoqish
usullaridan foydalanish afzal usul xisoblanib, chunki
unda kimyoviy moddalar
parchalanib boshqa javobgarlik qolmaydi. Ularni ko’mib zararsizlantirish uchun
esa tegishli idoralarning ruxsati olinishi kerak.
Bir jinsli xavfli chiqindilar va ularga yo’naltirilgan Nizom
Yo’naltirilgan nizom (49 qism 172 CFR)da jamoat yo’llarida
xavfli
chiqindini baxavotir tashish uchun ularni konteynerga to’g’ri qadoqlash talab
qilinadi. Konteynerlarni markalashda
ularni identifikasiyasi, “Xavfli chiqindi”
so’zi qo’yilishi talab qilinadi. Bunda xavfli chiqindilarni deklarasiyalash ham
nazarda tutiladi. Bu ma’lumotlat xavfli maxsulot tashish
jarayoni xujjatlariga
biriktirilgan bo’lishi shart. Bu tegishli maxsulotni mo’ljallangan manzilga
bexavotir olib borishni nazorat qilish va ta’minlash uchun ishlab chiqilga.
Jo’natilayotgan chiqindilar haqidagi ma’lumot deklarasiyada sanab o’tilganlarga
mos bo’lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: