Maxsus kiyim-boshlar, shaxsiy himoya vositalari va parhez oziq-ovqatlar bilan ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi» va «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunlari asosida mehnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat sharoitida bajariladigan yoki ifloslantiradigan ishlarda ishlovchi xodimlarga begilапgaп me’yorda maxsus kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari tekinga beriladi.
Korxona, muassasa yoki tashkilot ma’muriyati maxsus kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalarini saqlash, yuvish, tozalash va ta’mirlashni, shuningdek, bu vositalardan foydalanilishni doimiy nazorat qilib borishlari zarur.
Bundan tashqari, ifloslanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda ishlovchilarga belgilangan те’yorda sovun (har oyda 400 gr) va boshqa xil zararsizlantiruvchi vositalar ham tekinga beriladi.
Maxsus kiyim-boshlar va shaxsiy himoya vositalarining o‘rniga ularni tayyorlash uchun materiallar yoki sotib olish uchun pul berish taqiqlanadi.
Yuqorida ta’kidlangan maxsus kiyim-boshlar va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish muddatlari o‘rnatilgan bo‘lib и quyidagicha belgilangandir: korjomalar, poyabzallar - 12 оу; qo‘1qoplar - 1 yoki 2 оу; himoya kaskalari - 2 yil; himoya ko‘zoynaklari, maxsus oynali kaskalar va gazniqoblar - yaroqsiz holga kelgunga qadar; issiq kiyim-boshlar (paxtali kurtka, shim va b.) -36 оу. Bundan tashqari, ishchilar sog‘ligini ta’minlash va ularga ta’sir etuvchi zararli moddalarning ta’sir darajasini kamaytirish maqsadida mehnat sharoiti zararli bo‘lgan ishlarda ishlovchilarga belgilangan me’yorlarga muvofiq sut yoki unga teng keladigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tekinga berib turiladi. Agar ish issiq sexlarda bajariladigan bo‘lsa, tekinga gazli sho‘г suv berilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |