Mehnat muhofazasining asosiy tamoyillari
Download 11.21 Kb.
|
Mehnatni muhofaza qilishning nazariy asoslari va i
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatni muhofaza qilishning asosiy prinsiplari. ММ prinsiplari quyidagi turlarga bo‘linadi
- umumiy prinsiplari
- texnik prinsiplari
- tashkiliy prinsiplari
- Foydalanilgan adabiyotlar
- “MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIda
Mehnat muhofazasining asosiy tamoyillari. Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘ining ustivorligi; mehnat muhofazasi sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish; mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun mehnat muhofazasi sohasida yagona tartib, qoidalar belgilab qo‘yish; mehnatning ekologik jihatdan xavfsiz sharoitlarini yaratish va ish joylarida atrof-muhit holatining muntazam nazorat etilishini ta’minlash; korxonalarda mehnat muhofazasi talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish; mehnat muhofazasini mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash; texnika xavfsizligi, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalarining ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish; fan va texnika yutuqlaridan hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha mamlakatimiz va chet elda to‘plangan ilg‘or tajribadan keng foydalanish; xodimlarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parhez ovqatlar bilan bepul ta’minlash; korxonalarda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish; ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borish asosida ishlab chiqarishdagi jarohatlanish hamda kasb kasalliklariga chalinish darajasi haqida aholini xabardor qilish majburiyligi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo‘liqqan xodimlarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash; kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnat muhofazasini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; mehnat muhofazasiga oid masalalarni hal etish chog‘ida halqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tamoyillariga asoslanadi. Mehnat muhofazasi mehnat huquqi instituti sifatida xodimning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati jarayonida hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini yaratib berishga xizmat qiluvchi huquqiy me’yorlar yig‘indisi tushiniladi. Bundan tashqari, unga mehnat huquqi institutining asosiy tamoyillaridan biri – mehnat muhofazasini ta’minlash tamoyili, shuningdek, xodimning mehnat muhofazasiga nisbatan subyektiv huquqi sifatida ham qaraladi. Aniqroq aytganda har bir xodim xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitiga ega bo‘lishi va ish beruvchidan talab darajasidagi mehnat sharoitlari ta’minlanishini talab qilishga haqlidir. Mehnatni muhofaza qilishning asosiy prinsiplari. ММ prinsiplari quyidagi turlarga bo‘linadi mehnatni muhofaza qilishning umumiy prinsiplari; mehnatni muhofaza qilishning texnik xususiyatdagi prinsiplari; mehnatni muhofaza qilishning tashkiliy prinsiplari. Mehnatni muhofaza qilishning umumiy prinsiplari mehnat sharoitlarini me’yorlashtirishga asoslangan bo‘lib, ulardan ko‘zlangan maqsad ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarni ijtimoiy ofat sifatida bartaraf qilishdan iboratdir. Bu prinsiplarga quyidagilar kiradi: mehnat muhofazasini boshqarish tizimining rejali va tizimiy ravishda olib boriladigan ishlari natijasida ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinligi; ishlab chiqarish moddiy-texnik asosining va mehnat sharoitining o‘zaro mos kelishligi, ya’ni moddiy-texnik asosni rivojlantirish natijasida mehnat sharoiti ham yaxshilanishi lozim; mehnat sharoitini uzliksiz ravishda yuksaltirib borish, ya’ni ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’sirini doimiy ravishda kamaytirib borish va bu holatga birdaniga emas, balki rejali ravishda to‘xtovsiz olib boriladigan faoliyat natijasida erishish mumkinligi; mehnat muhofazasini tizim sifatida tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni boshqarishning obyektiv zaruriyati va imkoniyatlarini shakllantiruvchi mehnat muhofazasi darajasini boshqarish. Mehnatni muhofaza qilishning texnik prinsiplariga quyidagilar kiradi: potensial xavflar darajasini kamaytirish yoki umuman bartaraf qilish, bu prinsip mehnat xavfsizligini eng yuqori ehtimollik bilan ta’minlash sharoiti va imkoniyatini yaratadi; masofa bilan muhofazalash, bu prinsip obyekt va subyekt o‘rtasida masofa oshib borishi bilan ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’siri ham kamayib borishiga asoslangan; vaqt bo‘yicha muhofazalash, bu prinsip odamlarning ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’siri ostida bo‘lish vaqtini kamaytirishga asoslangan; yoniga borib (tegib) bo‘lmaslik prinsipi, bu prinsip odamning ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’siri sohasiga tushib qolmasligiga, yoki zararli va xavfli omillarning odam faoliyati sohasiga kirib bormasligiga asoslangan; blokirovkalash prinsipi, bu prinsip odamning ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’siri sohasiga tushib qolganida ularni bartaraf qilishga, yoki odamlar tomonidan baxtsiz hodisalarga olib keladigan noto‘g‘ri xatti- harakatlarning oldini olishga asoslangan; mustahkamligini oshirish prinsipi, bu prinsip mashina va mexanizmlarning o‘ta yuqori statik va dinamik zo‘riqishlar ostida bo‘lishi mumkin bo‘lgan qism va detallarining mustahkamligini ko‘zlanganidan bir necha baravar ortiqcha yuklanishga dosh beradigan qilib loyihalashga va qurishga asoslangan; ma’lumot berish prinsipi, o‘qitish va yo‘riqnomalar berish, ogohlantirish va taqiqlash, bular tovush, yorug‘lik va ma’lum bir turdagi boshqa signallar bilan amalga oshiriladi. Mehnatni muhofaza qilishning texnik prinsiplariga quyidagilar kiradi: potensial xavflar darajasini kamaytirish yoki umuman bartaraf qilish, bu prinsip mehnat xavfsizligini eng yuqori ehtimollik bilan ta’minlash sharoiti va imkoniyatini yaratadi; masofa bilan muhofazalash, bu prinsip obyekt va subyekt o‘rtasida masofa oshib borishi bilan ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’siri ham kamayib borishiga asoslangan; vaqt bo‘yicha muhofazalash, bu prinsip odamlarning ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’siri ostida bo‘lish vaqtini kamaytirishga asoslangan; yoniga borib (tegib) bo‘lmaslik prinsipi, bu prinsip odamning ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’siri sohasiga tushib qolmasligiga, yoki zararli va xavfli omillarning odam faoliyati sohasiga kirib bormasligiga asoslangan; blokirovkalash prinsipi, bu prinsip odamning ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’siri sohasiga tushib qolganida ularni bartaraf qilishga, yoki odamlar tomonidan baxtsiz hodisalarga olib keladigan noto‘g‘ri xatti- harakatlarning oldini olishga asoslangan; mustahkamligini oshirish prinsipi, bu prinsip mashina va mexanizmlarning o‘ta yuqori statik va dinamik zo‘riqishlar ostida bo‘lishi mumkin bo‘lgan qism va detallarining mustahkamligini ko‘zlanganidan bir necha baravar ortiqcha yuklanishga dosh beradigan qilib loyihalashga va qurishga asoslangan; ma’lumot berish prinsipi, o‘qitish va yo‘riqnomalar berish, ogohlantirish va taqiqlash, bular tovush, yorug‘lik va ma’lum bir turdagi boshqa signallar bilan amalga oshiriladi. Тurli holatlarda ahamiyati va zaruriyati turli darajada bo‘ladigan texnik xususiyatdagi prinsiplarga amal qilish tashkiliy prinsiplarni ham qo‘llash lozimligini keltirib chiqaradi. Mehnatni muhofaza qilishning tashkiliy prinsiplariga quyidagilar kiradi: obyektlarni pasportizatsiyalashga va istiqbolda ishlab chiqarish jarohatlanishlarini bashorat (prognoz) qilishga asoslangan holda mehnat xavfsizligini boshqarish, bu prinsip ma’lum bir kelajakdagi davrga maqsad qilib belgilangan xavfsizlik darajasi ko‘rsatkichlariga erishish metodlari va vositalarini nisbatan baholash imkoniyatini beradi; yechimlarning aniqligi, bu prinsip mavjud yechimlar variantlari to‘plamidan aniq, bitta ma’noli yechimni tanlab olishni va tatbiq etishni taqoza etadi (ishlab chiqarishga mehnat xavfsizligi standartlar tizimini tatbiq etish bilan amalga oshiriladi); mutaxassislarni tanlash, bu prinsip yuqori kasbiy malakaga ega bo‘lgan, ayniqsa mehnat muhofazasi bo‘yicha, ishlab chiqarishni tashkil qilish, psixologiya, iqtisod, pedagogika, mehnat gigiyenasi va sanitariyasi, texnika xavfsizligi, hamda boshqa turli sohalarda mukammal tayyorgarlikka ega mutaxassislarni tanlashga asoslangan; javobgarlik, bu prinsip mehnat muhofazasining u yoki bu talablari buzilishi orqasida ma’lum bir shaxs, bajaruvchini ham hisobga olgan holda, turganligini ko‘zda tutadi; bajaruvchini almashtirish (zarur holatlarda), bu prinsip mehnat muhofazasi qoida va me’yorlari buzilishining qayta takrorlanishlari ehtimolini bartaraf etishni ko‘zda tutadi. Foydalanilgan adabiyotlar “Mehnat muhofazasi”. Abdurahmonov Q. X, Irmatova A. B. O’quv qo’llanma. 2016 MEHNAT MUHOFAZASI MAXSUS KURSI. E.I. IBRAGIMOV, S. GAZINAZAROVA, O.R. YULDASHEV https://lex.uz/docs/-3031427 “MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIda Download 11.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling