Mehnat potentsiali
chizma. Mehnat potentsialining tegishlilik darajasiga ko‘ra tasniflanishi
Download 47.25 Kb.
|
MEHNAT POTENTSIALI
chizma. Mehnat potentsialining tegishlilik darajasiga
ko‘ra tasniflanishi Miqdor ko‘rsatkichi xodimlar (asosiy va o‘rindosh) soni, ish kunlari miqdori, ish vaqti davomiyligi hamda xodimlarning ishlagan kun va soatlari miqdorida o‘z aksini topadi. Mazkur ko‘rsatkichlar orqali korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganlik darajasi, bajarilgan ish hajmi, bitta xodimning bajargan ishi, mahsulot ishlab chiqarishga ketgan vaqt sarfi va mehnat unumdorligi kabilarni aniqlash mumkin. Sifat ko‘rsatkichlari xodimlarning yosh, jins, ma’lumot, kasb-malaka, tajriba-ko‘nikma tarkibi bilan ifodalanadi. Shuningdek, xodimlar shtat jadvalining ma’muriy, boshqaruv, maxsus, xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi kabi personallarga bo‘linishini ham ularning sifat ko‘rsatkichlari deb qarash mumkin. Korxona kadrlari tarkibining sifat ko‘rsatkichi qanchalik yuqori bo‘lsa, faoliyati shunchalik darajada rivojlanadi. O‘zida oliy ko‘rsatkichli mehnat potentsialiga ega bo‘lgan korxona yuqori raqobatbardoshlikka ega bo‘ladi. Chunki, tashkilot rivojini aynan malakali kadrlar ta’minlaydi. Shu bois bozor iktisodiyoti sharoitida korxonalar ularni ishga olish uchun harakat qiladilar va buning uchun o‘zaro «kurashadi»lar. Mazkur raqobatda ular qulay mehnat sharoiti va yuqori ish haqini asosiy qurol qilib oladilar. Demak, miqdor va sifat ko‘rsatkichlarning o‘zaro uyg‘unligi hamda mutanosibligi korxonada unumdorlik va taraqqiyotning bosh omilidir. Xulosalar Mehnat potentsiali – o‘zining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan aholining mehnatga layoqatli qismidir. Inson kapitali turli shart-sharoitlar va omillar ta’siida miqdor va sifat shakllanishi xususitlariga ega. Mehnat potentsialidan foydalanish, ularni iqtisodiyot tarmoqlaridagi taqsimlanishi va samaradorligini xarakterlaydi. Inson taraqqiyoti darajasini mehnat unumdorligi, aholini ish bilan bandligi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish kabi ko‘rsatkichlarni ifodalaydi. Download 47.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling