Mehnat resurslari balansini tuzish


Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lgan aholi sonini


Download 21.69 Kb.
bet5/7
Sana02.06.2024
Hajmi21.69 Kb.
#1840329
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dalar-Mehnat-01

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lgan aholi sonini

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lgan aholi sonini ishchi kuchini tanlab tekshirish ma’lumotlari asosida aniqlash 3 usulda amalga oshiriladi:

A. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida tegishli faoliyat turlari bilan shug’ullanayotgan shaxslar sonining so‘rab chiqilgan mehnat yoshidagilar sonidagi salmog’i quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

CQ =CMi: SM x 100

Bunda:

CQ - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning konkret (i) turi bilan shug’ullanuvchi so‘rab chiqilganlarning salmog’i;

CMi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida konkret (i) faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi so‘rab chiqilganlar miqdori;

SM - mehnat yoshidagi so‘rab chiqilganlar miqdori, jami.

B. Olingan salmoqlar bo‘yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida konkret faoliyat turi bilan band bo‘lgan aholi soni quyidagi formula asosida hisoblabchi kiritiladi:

B. Olingan salmoqlar bo‘yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida konkret faoliyat turi bilan band bo‘lgan aholi soni quyidagi formula asosida hisoblabchi kiritiladi:

NRBi= MYOT x CQ:100

Bunda:

NRBi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning konkret (i) turi bilan band bo‘lganlar soni;

MYOT - mehnat yoshidagi aholi soni;

MYOT haqida axborot olish manbai - aholining jins va yosh tuzilmasi to‘g’risidagi statistika hisoboti ma’lumotlari.

C. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band bo‘lganlar umumiy sonini aniqlash uchun faoliyatning xar bir konkret turi bo‘yicha NRB haqidagi ma’lumotlar qo‘shiladi:

NRB=ENRB

Bunda:

NRB - norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lganlar soni.

Ish bilan band aholini iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlash.

Mehnat resurslari balansida ish bilan band aholi soni amaldagi milliy tasniflagichlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari (iqtisodiy faoliyat turlari) bo‘yicha taqsimlanadi va bunda quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:

  • Sanoat
  • Qishloq xo‘jaligi.
  • Qurilish
  • Transport va aloqa.
  • Savdo va umumiy ovqatlanish.
  • Moddiy-texnikaviy ta’minot, sotish va tayyorlash.
  • Moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqdari.
  • Uy-joy-kommunal xo‘jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish.
  • Ta’lim, fan, madaniyat, san’at.
  • Noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlari.

  • Download 21.69 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling