Mehnat resurslari
O`zbekiston mehnat resurslarining holatiga ko`ra 3 ta region ajratiladi
Download 45.24 Kb.
|
1351056058 21177
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Dunyo aholisni soniga ko`ra klassifikatsiyalash
- 2. Xalqlarni hududiy joylashuviga ko`ra guruhlashtirish
- 3. Xalqlarni ijtimoiy – xo`jalik jihatdan guruhlashtirish.
- Lingvistik guruhlashtirish
O`zbekiston mehnat resurslarining holatiga ko`ra 3 ta region ajratiladi:
Farg`ona, Zarafshon vodiysi, Xorazm viloyati. Bu yerda ortiqcha mehnat resurslari mavjud, ish o`rinlari ham. Mirzacho`l, Buxoro Navoiy regioni. Bu yerda ishchi kuchi kam, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun esa tabiiy resurs omili yetarli. Toshkent regioni. Bu yerda ishchi kuchi ham, ish o`rinlari ham ko`p. Dunyo aholisi juda ko`p etnik birliklardan tarkib topgan. Sayyoramizda 200 dan ortiq millat va elatlar mavjud. Xalqlarni o`rganish uchun ularni ma`lum xususiyatlariga qarab klassifkatsiyalash, guruhlarga ajratish mumkin. Xalqlarni har xil xususiyatlari va ko`rsatkichlariga qarab quyidagi guruhlarga bo`linadi: 1. Dunyo aholisni soniga ko`ra klassifikatsiyalash. V.V.Pokshishevskiy xalqlarni soniga ko`ra quyidagi guruhlarga ajratgan: 100 mln. kishidan ortiq xalqlar (xitoylar, amerikaliklar, ruslar, hindlar, yaponlar); 50 mln. dan ortiq 100 mln. gacha bo`lgan xalqlar (braziliyaliklar, nemislar, bengallar, italyanlar, bixarliklar); 10 mln.dan 50 mln.gacha bo`lgan xalqlar; 1 mln.dan 10 mln. gacha bo`lgan xalqlar; 1 mln.dan kam bo`lgan xalqlar. 2. Xalqlarni hududiy joylashuviga ko`ra guruhlashtirish. Har bir xalq o`ztning etnik hududiga ega bo`ladi, ana shu hududda u moddiy va ma`naviy madaniyatini yaratadi, tabiatdan foydalanishning o`ziga xos usullarini ishlab chiqadi va h.k. Hududiy jihatdan yaqin bo`lgan va uzoq davrlar mobaynida bir-biri bilan mustahkam aloqa qilib yashagan xalqlarda xo`jalik yuritish shakllari, turmush, madaniyat va din odatda bir-biriga o`xshash va ayrim hollarda bir xil bo`ladi. Mana shu belgi va hususiyatlari jihatdan o`xshash bo`lgan hududlar – tarixiy-etnografik oblastlar deb ataladi. Ular bir necha hududlardan iborat: 1. G`arbiy yevropa 2. O`rta Osiyo 3. Lotin Amerikasi 4. Okeaniya. 3. Xalqlarni ijtimoiy – xo`jalik jihatdan guruhlashtirish. Ko`proq tarixiy xarakterga ega. Chunki, bu tipga kiruvchi «dehqon xalqlar», «chorvador xalqlar», «ovchi xalqlar» tushunchalari asosan o`tmish davrlarga xos bo`lib, hozir o`z ahamiyatini yo`qotib bormoqda. 4. Xalqlarni lingvistik guruhlashtirish. Xalqlarni tiliga qarab guruhlarga ajratishda bir-biriga yaqin bo`lgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa, o`z navbatida tarmoqlarga ajratiladi. Lingvistik guruhlashtirish – xalqlarni tiliga qarab guruhlarga ajratishda bir-biriga yaqin bo`lgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa o`z navbatida guruhlarga yoki tarmoqlarga ajratiladi. Dunyo xalqlarini lingvistik jihatdan quyidagi til oilalariga birlashtiriladi: 1. Hind-Yevropa oilasi. AQSh hududlarida, Karib dengizi havzasida, Meksika, Venesuellada, Kolumbiyaning Shimoli-Sharqida, Peru, Chili, Argentina, Braziliyaning janubi-g`arbida, Hindiston, Pokiston, Gayana, Sharqiy yevropa, Afg`oniston, Eron, Avtraliyaning Janubi-g`arbida, yevropaning katta qismi, Shimoliy va Janubiy Amerika, Shimoliy Hindiston xalqlari, jami 2,5 mlrd. bo`lgan 150 mln. xalq so`zlashadi. 1. Hindevropa oilasi. 2. Afrosiyo oilasi. 3. Kartvel oilasi. 4. Dravid oilasi. 5. Ural-Yukagir oilasi. 6. Eskimos – Alvut oilasi. 7. Oltoy oilasi. 8. Nivxlar oilasi. 9. Chukotka – Kamchatka oilasi. 10. Niger – Nardofan oilasi. 11. Nil-Sahroi Kabir oilasi. 12. Koison oilasi. 13. Basklar oilasi. 14. Burishlar oilasi. 16. Xettlar oilasiga Rossiyaning shimoliyadagi xalqlar kiradi. 17. Santibet oilasi. 18. Avstro-osiyo oilasi (Vetnam, Kombadja hudularida). 19. Xaratay oilasiga Laos, Tailand, Vetnam davlatining shimoli, qisman Myanma davlatlarida yashovchi xalqlar kiradi. 20. Mayya-Yava oilasi – Laosning shimoliy qismi, qisman Xitoyda, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo, Tibet, Laos, Birma xalqlari. 21. Avtsroneziya oilasi. 22. Papuas oilasi – Yangi Gvineya, Timor orollari hududlaridagi xalqlar. 23. Avtraliya oilasi – Avstraliya markazidagi xalqlar. 24. Nadene oilasi (Kanada, AQSh davlatlari). 25. Shimoliy Amerika oilasi – Kanada. Meksikaning sharq iva Gvatemaladagi xaqlar. 26. Markaziy Amerika oilasi (Meksika, AQSh). 27. Chibchapaes oilasi (Panama, Gonduras, Gayana). 28. And oilasi (Chili). 29. Ekvatorial Tukanaon oilasi – Bariziliya, Boliviya, Kolumbiyaning janubi, Paragvay, Argentinaning shimolidagi xalqlar. 30. Jepano-Karib oilasi – Braziliya, Venesuellaning janubiy qismi, Peruning sharqidagi xaqlar. Adabiyotlar Download 45.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling