Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish muammolari
Ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish
Download 289.73 Kb.
|
Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish muammo-fayllar.org
13. Ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish.
Ijtimoiy sulhni barpo etish va saqlash, inson huquqlarii himoya qilish, uch tomonlama muzokaralar o`tkazish, ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida Xalqaro Mehnat Tashkiloti tuzildi. U o`zining faoliyati mobaynida juda katta tajriba to`pladi va muzokaralar o`tkazish jarayonini rivojlantirish, hamda vujudga kelgan ijtimoiy-mehnat muammolarini va ixtiloflari uch tomonlama muzokaralar va bitimlar asosida tartibga solish yuzasidan juda katta ishlarni amalga oshirdi. XMT 1919 yilda g`arb sotsial-demokratiyasining tashabbusi va ishtiroki bilan jamiyatda zo`ravonlik bilan bo`ladigan ziddiyatlarning oldini olish uchun xalqaro tashkilot sifatida tashkil etildi. XMTning tuzilishi murakkabdir. U: -Xalqaro Mehnat Konferentsiyasini; -tarmoq qo`mitalari; -mintaqaviy Konferentsiyalar va mintaqaviy maslahat qo`mitalari; -Ma`muriy kengash; -Bosh direktor boshchiligidagi Xalqaro mehnat byurosini o`z ichiga qamrab oladi. XMT-eng keksa va yirik xalqaro tashkilotlardan biridir. Versal sulh shartnomasiga muvofiq. Millatlar Ligasi huzurida avtonom tashkilot 1946 yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining dastlabki ixtisoslashtirilgan muassasasi bo`ldi. Uning eng faol tashkilotchilardan biri va birinchi rahbari (1919-1932 yillar) - Xalqaro Mehnat Byurosining direktori Al’bert Toma siyosiy arbob va Frantsiya xukumatida vazir bo`lgan edi. 1944 yilda Xalqaro Mehnat Tashkiloti tashkil topganiga 25 yil to`lganda Xalqaro Mehnat Koferentsiyasi Filadel’fiyada Deklaratsiya qabul qiladi, unda Ustav bilan birgalikda tashkilotning maqsad va vazifalari belgilab beriladiki, ular hozirgi kungacha o`z ahamiyatini asosan saqlab kelmoqda. Ana shu maqsadlardan kelib chiqib, Xalqaro Mehnat Tashkilotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:-ijtimoiy-mehnat muammolarini hal qilishga qaratilgan xalqaro siyosat va dasturlarni ishlab chiqish; -mazkur siyosatni amalga oshirish maqsadida Konventsiyalar va Tavsiyalar tarzida mehnat normalarini yaratish va qabul qilish; -ishtirok etuvchi mamlakatlarga ijtimoiy-mehnat muammolarini hal qilishda yordam (texnikaviy va boshqa hamkorlik) berish; -inson huquqlarini himoya qilish (mehnat qilish huquqi, birlashish huquqi, majburlovchi mehnatdan, kamsitishdan himoya qilish va shu kabilar); -mehnatkashlarning turmush darajasini yaxshilash uchun kambag`allikka qarshi kurash olib borish, ijtimoiy ta`minotni rivojlantirish; -mehnat sharoitlarini va ishlab chiqarish muhitini yaxshilash, xavfsizlik texnikasi va mehnat gigienasi dasturlarini ishlab chiqish, atrof muhitni muhofaza qilish va tiklash; -mehnatkash va tadbirkorlar tashkilotlariga ularning ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish sohasida xukumat bilan birga olib boradigan ishlarida yordam berish; -mehnatkashlarning eng nochor guruhlarini: xotin-qizlar, yoshlar, nogironlar, keksa kishilar, kelgindi (mehnat) kishilarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Shu bilan birga, hozirgi sharoitda tashkilot faoliyatining ustivor yo`nalishlarini belgilab olish zarurligi paydo bo`ldi. XMTning keyingi yillardagi faoliyat dasturlarida bu yo`nalishlarni asosan quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin: -demokratiyalash jarayonini qo`llab-quvvatlash, toki u uch tomonlama muzokaralar asosida, ya`ni har bir davlatdagi sanab o`tilgan uch sherik o`rtasidagi muloqotni rivojlantirishga yordvam bersin; -kambag`allikka qarshi kurashi, ayniqsa, aholining ish bilan badligii oshirish hisobiga, xususan, ishchi kuchini keng suratda qayta tayyorlashni tashkil etish yo`li bilan davom ettirish; -mehnatkashlarning barcha shakllardagi mehnat va fuqarolik huquqlarini himoya qilish. Shuningdek, Xalqaro Mehnat Tashkiloti o`z ishida usullardan foydalanadi. Ulardan uchta asosiysini ajratib ko`rsatish mumkin: 1.Xalqaro Mehnat normalarini ishlab chiqish va qabul qilish, koventsiyalar va tavsiyalar, hamda ularning bajarishini nazorat qilish. 2.Ijtimoiy-mehnat muammolarini hal qilishda mamlakatlarga yordam ko`rsatish. 3.Ijtimoiy – mehnat muammolari sohasida tadqiqotlar o`tkazish va nashr ishlarini amalga oshirish. Binobarin, Xalqaro Mehnat Tashkiloti murakkab rivojlanish yo`lini bosib o`tdi. Uning tashkil etilishi vaqtida 45 davlat ishtirok etgan bo`lsa, 1944 yilda 171 ta davlat ishtirok etdi, ularda jahonning 90 foiz aholisi istiqomat qilar edi. Sobiq Ittifoq Xalqaro Mehnat Tashkilotiga 1934 yildan 1940 yilgacha a`zo bo`lib turdi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi munosabati bilan va urushdan keyingi dastlabki yillarda sobiq Ittifoq Xalqaro Mehnat Tashkilotiga ishtirok etishni to`xtatdi va o`zining bu tashkilotga ishtirokini 1954 yilda tikladi. Ayni paytda XMTga Ukraina va Belorussiya a`zo bo`lib kirdilar. Ittifoq inqirozga uchragandan keyin, O`zbekiston Respublikasi ham mustaqil davlat sifatida 1992 yil 13 iyul’da BMTning maxsus muassasi-Xalqaro Mehnat Tashkilotiga a`zo bo`lib kirdi. XMT va O`zbekiston xukumati tashabbusi bilan 1993 yil iyunda Toshkentda«Mehnat bozori va O`zbekiston aholisini ijtimoiy muhofaza qilish» va 1994 yil aprel’ oyida «Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tishda o`z-o`zini ish bilan ta`minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish» mavzularida xalqaro anjumanlar o`tkazildi. Ta`kidlash joizki, 1969 yil Tashkilotning 50 yilligi munosabati bilan unga Nobel’ mukofoti berildi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti ishida ko`pgina tajriba to`plangan bo`lishiga qaramasdan hali ko`p muammolar ko`zga tashlanadi. Ular orasida quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin: 1.XMT garchi siyosatdan xoli tashkilot, deb e`lon qilingan bo`lishiga qaramasdan, baribir hali ma`lum darajada siyosiy tashkilot bo`lib qolayotir. Bu hol Markaziy va Sharqiy Evropaning sobiq sotsialistik mamlakatlariga salbiy va ajratuvchilik bilan munosabatda bo`lishda o`z ifodasini topgan edi. Mazkur mamlakatlarning rahbariyatlari sotsialistik yo`alishdan voz kechgandan keyin va bozor munosabatlariga o`tishgach, Xalqaro Mehnat Tashkilotining bu mamlakatlarga nisbatan munosabati o`zgarmoqda. Lekin, kelgusida bu munosabatlarning qanday bo`lishi hozircha noma`lumdir. 2.XMTning katta tajribasidan, uning ishlab chiqqan va qabul qilgan ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida konventsiyalari va tavsiyalaridan nimalarni va qanday foydalanish mumkinligini hali o`rganish va amalda sinab, tekshirib ko`rishni talab qiladi. Rossiyaning Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan o`tkazgan dastlabki maslahatlari, hamda, Xalqaro Mehnat Byurosining bandlik masalalari yuzasidan bergan tavsiyalari shuni ko`rsatadiki, hali uning faoliyati Rossiya xalqlarining milliy xususiyatlari, an`analari, tafakkur tarzi etarli darajada hisobga olinayotgani yo`q. 3.Jahonda ro`y berayotgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o`zgarishlar Tashkilotning maqsadlari, vazifalari va ish yo`nalishlarida tegishli o`zgarishlar qilinishini talab qiladi. Bundan bir necha yil muqaddam Xalqaro Mehnat Tashkilotining Ustaviga ayrim o`zgarishlar kiritilgan edi, bugungi kunga kelib etarli bo`lmay qoldi. Hayotning ko`rsatishicha, ish rejalarini o`rtacha muddatli (6 yilga mo`ljallab) tuzish tajribasi o`zini unchalik oqlamadi. 4.Tashkilot va uning asosiy organlarining tuzilishida bir qator muammolar bor. Xalqaro Mehnat Koferentsiyasi har yili to`planadi va uning ishida ko`pgina delegatlar va maslahatchilar ishtirok etadilar. Bu esa Xalqaro Mehnat Tashkilotidan ham, shuningdek, ishtirok etuvchi mamlakatlardan ham ko`pgina kuch g`ayrat va mablag` sarflashni talab qiladi. 5.Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ma`muriy Kengashning tuzilishi bir necha o`n yillardan buyon o`zgarmay keladi. Sanoat jihatidan ancha rivojlangan mamlakatlardan XMT xukumat a`zolarining doimiy soni (10) haqidagi masala qayta qarab chiqilishi kerak, chunki, u rivojlanayotgan mamlakatlarning noroziligiga sabab bo`lib kelayotir. 6.XMT ning butun ishida uni mutaxassis kadrlar bilan to`ldirib borish, shuningdek, ekspertlar va maslahatchilarni mintaqalarda ishlash uchun tanlash ham g`oyat muhim ahamiyatga egadir. Bu erda kadrlarning barqarorligini ta`minlash ijobiy holdir. Lekin, uning o`z kamchiliklari ham bor. Bu mutaxassislar o`zlarining mamlakatlaridan uzilib qolgan, batamom xalqaro amaldorlarga aylangan Xalqaro Mehnat Byurosining xodimlari o`z xalqidan, uning orzu-umidlari va manfaatlaridan ajralib qoladilar. Turli mamlakatlar va mintaqalarning vakillari Xalqaro Mehnat Byurosida bir tekisda taqsimlanmagan. Bu muammo ma`lum bo`lsa ham, lekin hal qilinmasdan kelmoqda. Xalqaro Mehnat Konferentsiyasi va Xalqaro Mehnat Byurosi faolligini tashkil etish. Xalqaro Mehnat Konferentsiyasi-bu Xalqaro Mehnat Tashkilotining yuqori organi hisoblanadi. Xalqaro Mehnat Konferentsiyasining ishi maxsus Reglament bilan belgilanadi. U har yili iyun’ oyining boshlarida Jenevada to`planadi. Uning ishi ilgari uch hafta davom etardi. 1944 yildan boshlab Konferentsiyaning ishi to`rt kunga qisqaradi. Har bir davlat Konferentsiyaga to`rt delegat yuboradi, ular hal qiluvchi ovozga ega bo`ladilar. Bu delegatlarning ikki nafari xukumatdan va bittadan mehnatkashlar va tadbirkorlardan bo`ladi. Bundan tashqari, ko`p mamlakatlarning delegatsiyalari tarkibiga maslahatchilar ham kiritiladi, yirik delegatsiyalarning tarkibi 40-50 kishiga etadi. Konferentsiyada hammasi bo`lib Xalqaro Mehnat Tashkiloti a`zolari bo`lgan mamlakatlarning 1500-2000 vakili ishtirok etadi. Xukumatlar delegatlarining ko`plari o`z mamlakatlarida mehnat masalalariga javob beradigan shaxslar bo`ladilar. Har bir Konferentsiyada faxriy mehmonlar sifatida bir yoki ikki davlat yoxud xukumatning boshliqlari so`zga chiqadilar. Koferentsiyada tashkil etilagan bir qator qo`mitalar doimiy qo`mitalar hisoblanadi. Ularga quyidagilar kiradi: 1.Farmoyish beruvchi qo`mita; u Konferetsiya va qo`mitalar ishining dasturi va vaqtini tartibga soladi, yangi qo`mitalar tuzish haqidagi takliflari ishlab chiqadi. 2.Vakolatlarni tekshirish qo`mitasi; u delegatlar va ular maslahatchilarining vakolatlarini tekshiradi, shuningdek, vakolatlar munosabati bilan shikoyatlarni qarab chiqadi. 3.Moliyaviy qo`mita xukumat vakillariga taalluqli bo`lib, xukumatlarning a`zolik badallarini to`lash, qarzlarni uzish, byudjet smetalari, dasturlar va mintaqalar bo`yicha xarajatlarni taqsimlash yuzasidan takliflar masalalarini qarab chiqadi. 4.Konventsiyalar va tavsiyalarni tatbiq etish qo`mitasi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti a`zolari bo`lgan mamlakatlar xukumatlari tomonidan taqdim etiladigan konventsiyalarning bajarilishi to`g`risidagi ma`lumotlar va ma`ruzalarni qarab chiqadi, ana shu masalalar yuzasidan ayrim mamlakatlar xukumat vakillarining chiqishlarini eshitadi va Konferentsiyaga ma`ruza taqdim etadi. 5.Tarmoq qo`mitalari. Tarmoq qo`mitalari Konferentsiya doirasidan tashqari, xalq xo`jaligining ayrim tarmoqlari uchun xarakterli bo`lgan ijtimoiy-mehnat munosabatlarini xalqaro darajada muhokama qilish uchun tashkil etilgan. Tarmoq qo`mitalari kimyo, ko`mirchilik, qurilish, oziq-ovqat, xizmat ko`rsatish sohasida, ichki transport, yog`och ishlash sanoati, shuningdek, plantatsiya kabi tarmoqlarni qamrab oladi. Shtab xonasi jenevada bo`lgan xalqaro Mehnat Byurosi xalqaro Mehnat Tashkilotining doimiy kotibiyati, uning ma`muriy va ijroya organi, tadqiqotchi va axborot markazi hisoblanadi. Xalqaro Mehnat Byurosining Jenevadagi markaziy apparatida band bo`lgan va XMT o`zining ijtimoiy hamkorlik loyiqalarini amalga oshiradigan mamlakatlardagi, shuningdek, Xalqaro Mehnat Tashkilotining 40 ta bo`limidagi xodimlarning soni-bulartaxminan 1,9 ming xizmati va texnik ekspertlar bo`lib, taxminan yuz millat vakillaridir. Xalqaro Mehnat Byurosining ko`pchilik hamdo`stlik mamlakatlariga xizmat qiluvchi bo`limi Moskva shahrida joylashgan. Xalqaro Mehnat Byurosiga Bosh direktor boshchilik qiladi, u Ma`muriy kengash tomonidan besh yilga saylanadi. Xalqaro Mehnat Byurosi va uning rahbariyati tarkibi doimiydir. CHunonchi, 1919 yildan boshlab hozirgi vaqtgacha hammasi bo`lib sakkizta bosh direktor ishlab keldi. Xalqaro Mehnat Byurosining bir qator xodimlari muddatsiz kontraktlarga egadirlar. Xalqaro Mehnat Tashkilotining doimiy ijroiya organi bo`lgan Xalqaro Mehnat Byurosi ijtimoiy-mehnat muammolariga doir jahon miqiyosidagi tadqiqotchilik va ijtimoiy-axborot markazi vazifasini ham ado etib keladi. U mehnat sharoitlari va mehnatkashlarning ahvolini xalqaro miqiyosda tartibga solishga doir barcha masalalar yuzasidan axborot to`playdi va tarqatadi. Download 289.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling