Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida taraflar kelishuvi
Download 91.96 Kb. Pdf ko'rish
|
Gofurov A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 199-11-153-OB/2023-son Xodim G’ofurov Abdurashid __________________ (sana, imzo) Hujjat elektron raqamli imzo
Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida TARAFLAR KELISHUVI Nizom asosida faoliyat yurituvchi Beshariq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nasipov Nosirjon Qosimovich bir tarafdan (keyingi o‘rinlarda “Ish beruvchi” deb ataladi) va boshqarma mashenisti G’ofurov Abdurashid ikkinchi tarafdan (keyingi o‘rinlarda “Xodim” deb ataladi), ushbu mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi taraflar kelishuvni (keyingi o‘rinlarda “Kelishuv” deb ataladi) quyidagilar haqida tuzdilar. I. Kelishuv predmeti 1.1. Taraflar mehnat shartnomasini 2023- yil 27 -fevral kunidan bekor qilingan deb hisoblashga kelishib oldilar. 1.2. Taraflarning huquq va majburiyatlari buzilmayotganligi eʼtirof etildi. II. Taraflarning majburiyatlari 2.1. Ish beruvchi 2023-yil 27-fevral kundan Xodim bilan to‘liq hisob-kitob qilish majburiyatini oladi. 2.2. Xodim 2023-yil 27-fevral kuni Ish beruvchiga Xodim hisobida turgan barcha moddiy qimmatliklar va hujjatlarni topshirish majburiyatini oladi. 2.3. Ish beruvchi 2023-yil 27-fevral kuni Xodimga mehnat daftarchasi (mavjud bo‘lgan hamda o‘z vaqtida Ish beruvchiga topshirilgan bo‘lsa) hamda mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqdan ko‘chirma berish majburiyatini oladi. III. Yakuniy qoidalar 3.1. Ushbu Kelishuv Taraflar o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar bajarilguniga qadar amal qiladi. 3.2. Ushbu Kelishuv bo‘yicha qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilganidan keyin Taraflar bir-biriga moddiy va boshqa eʼtirozlarni bildirmaydilar. 3.3. Ushbu Kelishuv ikki nusxada o‘zbek tilida Taraflarning har biri uchun bittadan tuzilgan va bir xil yuridik kuchga ega. Ish beruvchi; 2«3»2023 yil. 199-11-153-OB/2023-son Xodim G’ofurov Abdurashid __________________ (sana, imzo) Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan. Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR Code ni skanerlang. Imzolovchi F.I.SH. NOSIRJON NASIPOV QOSIMOVICH Imzolangan sana 02.03.2023 15:1 Hujjat kodi RY2234414787 Hulosa kodi FT0315423687 Download 91.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling