Mehnat ta’limi va dizayn” kafedrasi G. S. Sharipova Kostyum dizayni
Kostyum dizayninning tarixi. Ma’ruza mashg’uloti
Download 227.21 Kb.
|
Mehnat ta’limi va dizayn” kafedrasi G. S. Sharipova Kostyum diza-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kostyumdagi asosiy atamalar
- Nazorat savollari
3 Kostyum dizayninning tarixi. Ma’ruza mashg’uloti
Kostyumdagi elementlarini aniqlash va tasniflash. Kostyum atamalari haqida tushuncha Reja Kastyumdagi asosiy atamalar Atamalarning ta’rifi Libosning tasniflanishi Kostyumdagi asosiy atamalar «Kostyum» va «kiyim» tushunchalarini odamga, uning gavdasiga va qiyofasiga nisbatan ko‘rib chiqish kerak. Bu ikkala tushuncha odatda bir-biriga juda o‘xshash bo‘lsa ham, aslida ular boshqa-boshqa ma’noni bildiradi. K i y i m - bu materiallarning odam tanasidagi qobiq sistemasi bo‘lib, tanani atrof-muhitning salbiy ta’sirlaridan himoya qiladi va odamning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon qiladi. K o s t yu m - bu kiyim qismlarining muayyan obrazli-badiiy sistemasi va bu qismlarni insonning individual obrazini yoki ijtimoiy guruhsini xarakterlovchi, karor topgan yoki tashkil topgan prinsiplarga asosan yaratilgan, muayyan tarixiy bosqichda erishilgan ma’lum texnik, ilmiy va madaniy yutuqlarni aks ettiruvchi kiyib yurish tarzi. Kiyim, bosh kiyim, poyabzal predmetlarining, ko‘shimchalar va bezaklarning yig‘indisi, shuningdek soch turmagi va grim—bularning hammasi birgalikda kostyumni tashkil etadi. Odatda, erkaklar va ayollar kiyimining pidjak va shimdan yoki jaket va yubkadan iborat ma’lum bir turini xam kostyum deb ataladi. Qo‘shimchalar kostyumga tugallik ko‘rinishini beradi. Bularga sharf, sumka, zont, hassa, perchatkalar kiradi. «K o‘ y l a k» terminining ikkita ma’nosi bor. Birinchidan, bu bevosita badan ustidan kiyiladigan ich kiyimni (ich kiyim va poyabzaldan tashqari) bildirsa, ikkinchidan, ich kiyim ustidan kiyiladigan yengil kiyim. Bundan tashqari ayollarning eng keng tarqalgan kiyim turi ham ko‘ylak deyiladi. K i y i m - k ye ch a k — bu ma’lum vazifaga mo‘ljallanganlikni ifoda etuvchi detallar xarakteriga binoan sinchiklab tanlangan, kosmetika va prichyoska bilan qo‘shilib, kostyumni to‘ldiruvchi va bezovchi predmetlar bilan birlashgan kiyim. Nimaga mo‘ljallanganiga karab kiyim-kechak kishilik, kechalik, yo‘l-bop va hokazo bo‘lishi mumkin. G a r n i t u r — bu odatda aynan bir tur materialdan tayyorlanib, ma’lum bir nimaga mo‘ljallangan bir sidra predmetlar yig‘indisi (ich kiyim garnituri, zargarlik buyumlari garnituri va hokazo). G a r d ye r o b — bu bir kator hollarda zarur bo‘lgan bir sidra kiyim komplektlari va kostyumni to‘ldiruvchi boshqa qo‘shimcha predmetlar, ya’ni bir kishining va butun oila a’zolari hamma kiyimlarining yig‘indisi. Birga kiyiladigan buyumlarga qarab, garderob, odatda, bahorgi-kuzgi, yozgi va qishki bo‘ladi. Mohirlik bilan siichiklab tanlangan shaxsiy garderob turli hollarga mo‘ljallangan komplektlar va ansambllarning butun bir qator chiroyli, uyg‘unlashgan mujassamligini tuzish imkonini beradi. K o m p l ye k t — bir xil, yoki har xil materialdan tayyorlangan, nimaga mo‘ljallangani va uslub hal etilish umumiy bo‘lgan to‘la bir sidra buyumlar to‘plami; komplektdagi ayrim buyumlarni mo‘ljallanganligi va uslub hal etilishi o‘xshash boshqa buyumlarga almashtirish mumkin. Komplekt—bu ochiq sistema bo‘lib, ayrim buyumlarni unga qo‘shish va undan olish mumkin. A n s a m b l —kostyumning muayyan badiiy uslub birligiga ega bo‘lgan hamma qismlarining yig‘indisidir. Ansambl o‘zaro mustahkam birlikni bo‘linmaslikni bildiradi. Ansambl qismlarining o‘zaro qat’iyan bo‘ysunganligi sababli inson ob-razini va davrni eng to‘liq ifoda etishdek maxsus xususiyatga| ega bo‘ladi. Ansambl yagona kompozitsion mo‘ljalga binoan; yaratilib, undagi hamma qismlar o‘zaro moslangan va yagona maqsadga itoat etgan bo‘ladi. Ko‘p qismlilik va ko‘p qavatlilik, o‘zaro bog‘liqlikning qatiy sistemasi va hamma qismlarini kiyish shart ekanligi ansambl uchun xarakterlidir. Ansambl — bu biron qismini olib tashlab bo‘lmaydigan va biron boshqa qism qo‘shib bo‘lmaydigan yopiq sistema. N a b o r — umumiy vazifa ado etuvchi bir qancha buyumlar; unda material bilan uslub birligi bo‘lishi shart emas (bolalarning ich kiyim nabori). « M o d ye l » so‘zi, kiyimga nysbatan ko‘rinishi, shakli, materiali, bezaga yoki boshqa sifatlari yangicha bo‘lgan kiyim namunasini bildirib, keyinchalik tikuvchshlik fabrikalarida, artelda yoki uyda o‘shanga qarab kiyimlar tikildi. Bir nomli kiyim guruhsidagi shakl, bichiq va boshqa xususiyatlar farqini f a s o n deyiladi. Fason kiyim modelining o‘ziga xos xususiyatlari yig‘indisini bildiradi. K o l l ye k s i ya -- obrazli yechimi, uslubi, konstruksiyasi, shakli va materiallar strukturasining yagonaligi asosida qurilgan, vazifasi turlicha bo‘lgan modellar seriyasi. Kolleksiya faqat bir mavsumning barcha assortimentini yoki hamma buyumlarini qamrab olgan bo‘lishi mumkin. U y k i y i m i. Qulay, yaxshilab o‘ylab tikilgan uy kostyumi odamga va xonadonga yarashibgina kolmay, balki kishi kayfiyat yaxshi bo‘lishiga, uni ish yuritishiga ko‘mak bo‘ladi, atrofdagilarni ham mamnun etadi. Uy kiyimi umuman xonadonning ichki ko‘rinishiga muvofiq
Uy kiyimi ham moda ta’sirida bo‘ladi va kiyimning aynan shu vaqtga xarakterli bo‘lgan silueti, uzunligi, dekori, assortimenti uy kiyimida ham aks etadi. Konkret shakllarni, materialar, dekorativ bezaklar, uslub yechimlarini tanlashda odam shaxsiyati namoyon bo‘lishi uchun uy kiyimi katta imkoniyatlar beradi. Lekin uy kiyimining umumiy tuzilishi uyda odamlarning batartib, ko‘rkam va bardam ko‘rinishiga yordam beradigan bo‘lishi kerak. Uy kiyimi nimaga mo‘ljallanganligiga, yil fasliga va sutka vaqtiga karab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Uxlash kiyimi, ertalabki va kechki yuvinish-taranish kiyimi. 2. Uyda ishlash kiyimi. 3. Mehmon kutish kiyimi. Uxlash kiyimi — tungi ko‘ylaklar, pijama poetik obraz vazifasini o‘taydi. Harir, ochiq rangli, yumshoq gazlamalar, to‘rlar, kashtalar, qo‘yma burmalar ayol kishi qiyofasiga noziklik tiniqlik baxsh etadi. Bichimi sodda, choklari minimal darajada kam, odatda bo‘yi uzun, uni ancha yengillashtirib, ixcham qilib ko‘rsatadi. Kiyim assortimenti, bo‘yining uzunligi odamning yoshiga, gavda tuzilishi xususiyatlari, turmush tarzi va sharoitiga karab tanlanadi. Uxlash kiyimi o‘simlik yoki geometrik xarakterdagi siyrak, mayda gullari bor ochiq mayin tusli bo‘lishi kerak, bu uning massasi kam bo‘lishi talabiga to‘g‘ri keladi. Bezaklar—kashta, qo‘yma burmalar, ikki tomonlama qo‘yma burmalar, to‘rlar, mag‘izlar, beykalar, tasmalar, bantlar, tikma to‘rlar, pechak tasmalar va boshqalar asosan kiyim rangida bo‘lib, bularning hammasi uyqu kiyimini chiroyli va qulay kiladi. Taqilma minimal mikdorda tugmalar yoki bog‘ichlar chatib, yechimi qulay qilib hal etiladi. Yoqalar kichik o‘lchamli bo‘ladi. Ertalabki va kechki yuvinish-taranish kiyimi — bu tungi kiyim ustidan kiyiladigan xalat. Bu kiyim tungi ko‘ylak yoki pijama bilan komplektda hal etiladi, shuning uchun ularning hajmi, uzunligi, yenglarinig bichig‘i, yoqa o‘mizining o‘yig‘i va yoqasining xarakteri, bezaklari, rangi bir-biriga moslangan bo‘lishi kerak. Taqilmasi bir bortli yoki ikki bortli, minimal miqdorda tugma chatilgan yoki belbog‘li bo‘ladi. Xalatlar turli shakldagi yoqali yoki yoqasiz, cho‘ntaklari chokda yoki qoplama bo‘lishi mumkni. Bu kiyim tungi kiyim materialidan yoki shunga monand gazlamadan tikilishi mumkin. Ko‘pincha qalpoqcha yoki durracha zarur qo‘shimcha bo‘lib, bular soch turmagini avaylashga yoki taralmagai sochni yig‘ishtirib turishga xizmat qiladi. Uyda ishlash kiyimi asosan shim, yubka, bluzka, sarafan, peshband kabilardan iborat komplektda hal qilinadi. U rasmiyat va ishchanlik xususiyatlarisiz, shakli, ko‘shimchalari va ziynatlari hisobiga o‘ng‘aylik, bemalollik tuyg‘usi hosil qiladigan bo‘lishi kerak. Uyda ishlash kiyimi komplektlari nihoyatda bemalol harakat kilishga xalaqit bermaydigan bo‘lishi kerak. Buning uchun trikotaj maykalar, sviterlar bilan shim kiyiladi yoki gavdaga yopishib turmasligi uchun qo‘yimi ko‘paytirilgan bluzkalar kiyiladi. Shakl, rang, material va dekorativ bezakning monandligi hisobiga uy kiyimi bilan peshbandning komplekt bo‘lishiga erishiladi. Peshband vositasida gavdaning ko‘ngildagidek idrok etilishiga erishsa bo‘ladi. Masalan, yelka bog‘larini bo‘yinga yaqin bog‘lab, yelkalarni toraytirib ko‘rsatsa bo‘ladi, burmalar bo‘ksani kengrok, taxlamalar esa torroq qilib ko‘rsatadi, ko‘krakpechning kengi ko‘kraklar hajmini kattalashtirsa, ensiz, cho‘zig‘i kichiklashtiradi. K u n d a l i k k i y i m. Odamning tashqi ko‘rinishi, unint sanoat korxonasidagi, qishloq. xo‘jaligidagi, muassasalardagi, savdo, transport, maishiy xizmat sohasidagi, o‘quv yurtlaridagi va boshqa yerlardagi kiyimi qandayligi katta ahamiyatga ega. Kundalik kiyim – bu ham ish, ham xizmat kostyumi. Bir qancha kasbdagi kishilar ish xususiyatlari yoki ishlab chiqarish sharoiti sababli maxsus kiyim kiyadi (metallurglar, o‘t o‘chiruvchilar, baliqchilar va boshqalar) yoxud boshqalardan farq qilish vositasi sifatida forma kiyim kiyadi (harbiylar va mahkamalar formasi). Ayni vaqtda maxsus kiyim talab qilinmaydigan ko‘p kasblardagi kishilar oddiy kundalik kostyum kiyib yuradilar. Hozirgi turmush tarzi amaliy ish kiyimiga uning qulayligini, ratsionalligini, ishbopligini ko‘rsatadigan qator talablaridir. Bu quyidagilardan iborat: hajmi o‘rtachaligi, bichimi oddiyligi; prolorsiyalarining aniq, qat’iyligi; ranglarining bosiqligi, yorqinmasligi; dekorativ vositalarning minimum darajaligi; modaning aks etgani meyordan oshmaganligi. Turli kasblardagi xizmat sharoiti talablarida kiyim assortimentini, uning umumiy shaklini, detallarini, rang yechimlarini dekorativ aksentlar joyi va xarakterini belgilab beradigan umumiy xususiyatlar ham, spetsifik xususiyatlar ham bo‘ladi. Kiyimning turi, shakli, silueti, proporsiyalari, bo‘linishlari, cho‘ntaklarining qanday joylanishi, ularning turi, taqilmaning turi kasb belgilab beradigan ergonomik talablarga muvofiq tanlanadi. Shuning bilan birga kundalik kostyum yechimi kasblar farqiga binoangina emas, balki odamlarning bir-biriga munosabatlarini xam hisobga olib hal etilishi kerak. Bu turli kasb-hunar kishilari o‘rtasidagi, masalan, o‘qituvchi bilan bilan o‘quvchi, injener bilan ishchi, ofitsantka bilan xo‘randa, sotuvchi bilan xaridor va boshqalar o‘rtasidagi munosabat bo‘lishi mumkin. Bu munosabatlar kostyumning ishbop (masalan, injenerda), bashang (televideniye diktorida), ommadan ajratib turadigan (sotuvchida), rasmiy (direktorda) va hokazolar bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Odam faolayatining kun mobaynidagi xilma-xilligi ko‘pincha kostyumga qo‘shimcha talablar qo‘yadi. Shuning uchun u ko‘p funksiyali va ko‘p variantli, ya’ni konkret sharoitga oson moslab olinadigan bo‘lishi kerak. Bunga kostyumni komplekt qilib tuzish yo‘li bilan erishiladi. Kundalik kostyumning rang yechimi uning nimaga mo‘ljallanganliga va uni qanday ishlatilishi xarakteriga qarab tanlanadi. Odatda, bunday yechim mo‘taddil, bosiq, o‘xshash va o‘xshash-kontrast ranglarni birga qo‘shib hal qilinadi, konrastlar asosan rang tuslarining oqishliklari yoki ikkita yaqin ranglar o‘rtasida bo‘ladi. Materialni kiyim nimaga mo‘ljallanganiga, estetika talablariga (plastik xususiyatlar, rang, rasmga) qarabgina emas, balki mehnatning xususiyati belgilab beradigan gigiyenik talablariga ham qarab tanlanadi. Dekorativ bezaklar, kompozitsion markaz qayerda bo‘lishi kiyimning funksional vazifasiga bog‘lab hal etiladi. Qo‘shimchalar xarakterining qandayligi shu ko‘shimchalar nimaga mo‘ljallanganiga qarab belgilanib, u xam ishbop kostyumning umumiy xarakteriga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. B a sh a n g k i y i m. Modaning yangi yo‘nalishi odatda bashang kiyimda sinovdan o‘tkazilib ma’kullanadi. Bashang kiyim odamga yarashadigan, uning eng yaxshi xususiyatlarini ko‘zga ko‘rintiradigan bo‘lishi kerak. Bashang kiyim nimaga mo‘ljallanganligiga qarab quyidagicha bo‘linadi: xonadon tantanalarida kiyiladigan, teatr va konsetr zallariga borganda kiyiladigan, raqs kechalarida kiyiladigan, rasmiy tantanalarda kiyiladigan, bayramda kiyiladigan, maktabni bitiruvchilar oqshomlarida kiyiladigan, to‘yda kiyiladigan va xokazo. Arzigulik tantanalarning hammasi odatda katta-katta xonalar, zallarda o‘tkaziladi, shuning uchun hamma narsa yaqindan ham, uzoqdan ham ko‘rinadigan bo‘lishi kerak. Bashang kostyum yechimini hal qilishda bu albatta hisobga olinadi: raqs kechasida kiyiladigan ko‘ylaklarga ifodali ziynatlar, teatrga kiyiladigan kostyumga zargarlik bezaklari, tantanali vaziyatlar uchun oqish kontrastlar tanlanadi. Bashang kiyimni modellashning o‘ziga xos xususiyati shakldagi xizmat turiga, kasb-hunarga, sport bilan shug‘ullanishga va odamning boshqa faoliyati turiga oid hamma qismlarni chiqarib tashlashdan yoki sezilmaydigan qilib qo‘yishdan iborat. Hatto qulaylik va ishboplik ham yashirin bo‘lishi kerak. Shaklining barcha qismlari o‘z konstruktiv mohiyatini yashirib, bu mohiyat dekorativ ko‘rinishda ifoda topishi kerak. Detallar ishbop xarakterda bo‘lmasligi kerak. Kiyimning funksional xususiyatlarini sezilmaydigan qilishga ko‘pincha pelerinalar, sharflar, drapirovkalar, turli xil bezaklar yordam beradi. Bashang kiyimlarda cho‘ntak bo‘lmagani ma’qul, yoqalar, taqilmalar dekorativ xarakterda bo‘lishi kerak. Bashang kiyim shakli yechimining ikki turi bor: Osoyishta, «biqiq», neytral shakllar. Bunda kostyum odamning ko‘rinishini takrorlaydi va uning uchun o‘ziga xos ramka, fon bo‘lib xizmat qiladi, uning tashqi kiyofasini ta’kidlab turadi yoxud materialning nafisligini, boy ko‘rinishi va boshqa xususiyatlarini yoki qo‘shimchalar va ziynatlarni bo‘rttirib ko‘rsatadi. Bu tur kostyumlarning yechimi odatda klassik uslub yo‘lida bo‘ladi. Ular odam aktiv harakat qilmaydigan rasmiy tantanalarda, teatrga borganda va hokazolarda kiyishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunday tur bashang ko‘ylaklarni olib qo‘yiladigan detallar, qo‘shimchalar va turli ziynatlar yordamida har xil qilib, ularning ishlatilish diapozonini kengaytirsa bo‘ladi. Aktiv hilpirab turadigan, «biqiq» shakllar bezaklarning dekorativligi hisobiga va butun o‘zining tuzilishi yordamida odam bilan hamkorlikda buladi. Ular odam aktiv harakatlar qiladigan raqs kechalarida, yangi yil ballarida, maktab bitiruvchilari oqshomlarida kiyiladi. Bashang kostyum nimaga mo‘ljallanganiga qarab uning materiali chitdan to duxobagacha, ziynatlar yog‘ochdan to brilliantgacha, dekorativ bezagi oddiy merejkadan to zardo‘zi buyumlargacha bo‘lishi mumkin. Bashang kiyim modellarini ishlab chiqishda ko‘pincha materiallar birga qo‘shib ishlatilib, monandlikka erishish uchun albatta bironta yetakchi alomat bo‘lishi kerak. Materiallar rangi bir xil bo‘lib, fakturalar kontrasti prinsipida, faktura bir xil bo‘lib, ranglar kontrasti prinsplari va ayrim vaqtda faktura bilan nisbatlari kontrasti birga qo‘shilishi mumkin. Bashang kostyum badiiy-obrazli hal etilishi uning barcha qismlari o‘zaro bog‘lik bo‘lishini va odam shaxsiyati bilan, shuningdek kiyib yuriladigan muhiti bilan albatta aloqador bo‘lishini talab qiladi. Nazorat savollari: Kastyumdagi asosiy atamalar Atamalarning ta’rifi Libosning tasniflanishi 4 Ma’ruza mashg’uloti Dizaynning nazariy asoslari. Dizaynning ijodiy manbalari. Kostyum dizaynini loyihalash usullari. Reja
1. Kostyum dizaynida ijodiy manbalar turlari. 2. Bionika manbasining qo‘llash yullari. 3. O‘simliklar manbasini kostyumda qo‘llanishi. 4. Me’mor va amaliy san’at asarlarning manba sifatida qo‘llanishi. 5. Manba turini tanlanish sabablari. 1. Muxit loyhalash prinsiplari. 2. XX1 asrda kostyum dizaynida yechilishga lozim masalalari. 3. Dizaynerning fikrlashiga ixtisos yo‘nalishlari. 4. Loyihalanayotgan masalani yechish uchun dizynerni ijodiy jarayonida rejasi. Adabiyotlar: 2, 3, 4, 5, 10, 11, 15, 30. Dizayner kostyum kolleksiyasini yaratishda ijodiy manba sifatida har qanday tabiiy hodisalar, buyum muhitning turli elementlari, dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar, musiqa, rangtasvir, adabiyot, balet , teatr, sirk, kino, tomosha tadbirlari, etnik mavzular, me’morchilik, muhandislik inshoatlari, mashina detallari, turli mexanizmlar, maishiy buyumlar, amaliy san’at asarlari (shisha, tosh, yog‘och, metall, keramika va b.), musiqa asboblari, yer fakturasi, yulduzli osmon, origami o‘yini, ekologiya, tarixiy, xalq va klassik kostyumlar, eklektika usuli, parodiya usuli, stilizatsiyalash usuli va h.k. bo‘lishi mumkin. Har bir dizayner o‘z faoliyatining muayyan bosqichida tarixiy va xalq an’analari bilan ilhomlanib, ijodiy manbalarga murojat qiladi. Ekzotik mamlakatlarning madaniyati ko‘p badiiy uslublarda g‘oya o‘zlashtirish moda tarixida doimo bo‘lgan. XX asr modasi ko‘pincha etnik va tarixiy manbalarga murojat qilgan. Klassik shaklni va ekzotik xalqlarnidan o‘zlashtirilgan bezakni birga qo‘shib, modellarni barpo etadigan dizaynerlar avlodi paydo bo‘ldi, masalan, J.P.Gotening “eskimos” kolleksiyasi. Tabiat azaldan inson uchun ish maydoni bo‘lgan. Tashqi dunyoni tushunish va o‘rganish ehtiyoji uning qonunlarini o‘rganishga va o‘zlashtirishga olib keladi. Asrlar mobaynida ma’lumot yig‘ib, odamzod bionika (yunoncha biou – “hayot elementi”) fanni barpo etdi. Bu yo‘nalish 1950 yillarning oxirida paydo bo‘ldi. Ushbu fanning asosiy maqsadi – biologik tizimlar va jarayonlarning imkoniyatlarini o‘rganish edi. Leonardo da Vinchi, N.YE.Jukovskiy, L.Galvani bionikaning kashfiyotchilari deb hisoblasa bo‘ladi. X1X-XX asrlar oralig‘ida paydo bo‘lgan badiiy uslub Modern jonli tabiatga asoslangan va aynan shu davrda cheklangan me’morchilik imperiyasi paydo bo‘ldi. Ispan me’mori A.Gaudining ishlari bunga yorqin dadil. Uning ishlarida egri chiziqli yuzalar me’mor konstruktiv shakllarni biologizatsiyalanishi desa bo‘ladi. Bionika boshqa sohalarda jadal tarqaldi: maishiy texnikada, harbiy sanoatda (suv osti kemalarining shakli baliq shaklida) va b. Zamonaviy kostyumda bionikaning timsoli chakamug‘ o‘simlikning tikani asosida kashf etilgan “velkro” tasmasi keng qo‘llaniladi. Tabiat million yillar davomida durdona asarlar yaratib, o‘z mahoratini doimo oshiradi. Tabiatning organik va mantiqiy bog‘liqlari mujassamlashgan yangi shakllarni yaratish imkoniyatni topish, zamonaviy dizayn yangi yo‘nalishning asosiy vazifasi bo‘ldi, bunga o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bionika va kristallografiya katta ta’sir etmoqda. Ularning asosida ko‘p obektlar va dizayn buyumlari (aksessuarlar, zargarlik buyumlari va b.) barpo etilmoqda. Jonli tabiatda yashash jarayoni organik ma’qullik bilan bog‘liq. Huddi shunday odam ham o‘z faoliyatida istagan natijaga erishishga intiladi. Muammoni yechish uchun birinchi planga buyumning ko‘pfunksionalligi chiqadi, ya’ni buyumlar bir necha mo‘ljalda qo‘llash mumkinligi. Bu muammoni transformatsiyasiz yechish mumkin emas (bu usulni 1920 yillarda konstruktivistlar taqdim etishgandi, ammo u hozirgi kunlarda amalga oshirildi). Transformatsiya – bu buyum shakli va hajmini har xil usulda biriktirish, joyini o‘zgartirish, ayrim detallarni almashtirish hisobiga o‘zgartirish. Boshqacha aytganda, buyum loyihasiga qandaydir qo‘zg‘aluvchanlikni asos qilinadi, chunki iste’molchining hamkorligi nazarda tutiladi. Standart detallar to‘plamidan asosiy shaklga har xil biriktiruv usullari yordamida ko‘p variantlarni hosil qilish mumkin. Zamonaviy moda buyumlarni funksional trasformatsiyasi normativ operatsiyalarni doimo bo‘lganligi oqibatidir. So‘nggi yillarda dizayn stilistik o‘zgarishlarga uchraganligi ayniqsa seziladi, bu stilistik o‘zgarishlarni impulslari esa faqat funksional-konstruktiv tarkibidagina emas, balki formal-estetik izlanishlaridan ham. Dizaynerlar ko‘proq shakllantirish sohasida konstruktivizmga murojat etishadi. Bu yo‘nalish “xay-tach” deb nomlanadi. Xay-tach dizaynning rivojlanishida zamonaviy yo‘llardan biridir. Bu yuqori texnologiyalar, insonning yashash muhitiga korxona elementlarini o‘tqazishdir. Oxirgi paytlarda sun’iy muhitning o‘zgarish tezligi insonning unga moslashish qobiliyatidan o‘tib ketdi. Texnogen muhitda antropologik adaptatsiyaning asosiy qiyinchiligi buyum dunyosining real moddiyligini yo‘qotilganligi, shuning uchun dizaynerlar oldida yangi o‘ta ta’sirli dunyoni hosil qilish masalasi qo‘ilgan. “Xay-tech” – bu o‘ziga xos shakllantirish, sensorlik, moddiylik, rang, muhitning akustik rejimi, yorug‘lik dizayni. Kostyum kompozitsiyasida ifodali siymolarni barpo etishga assotsiativ fikrlash imkon to‘g‘diradi – buyum, abstrakt va psixik assotsiatsiyalarni, obekt yechimini grafik izlanishlarga aylantirish, ya’ni assotsiativ rasm solishdir. Hozirgi sharoitda kiyim dizaynini o‘qitishning asosiy vazifasi loyhalash uchun har xil usullaridan foydalanib, ijtimoiy va madaniy muamolari bilan bog‘liq, oldida muhim loyiha vazifalarini qo‘yadigan va uni yechadigan mutaxassis tayyorlash. Postmodernizm estetikasi iste’molchining estetika ehtiyojlariga binoan paydo bo‘lib, yani estetik va ekologik muammolari yangi siymolar, yangi shakllar, texnologik usullar va kiyim modellarida zamonaga yarasha yangi tamoyillarni talab qiladi. Eski loyihalash prinsiplarini o‘rniga “muhit” loyihalash prinsiplari keldi: inson ekologiyasini inobatga olib, loyihalash real madaniy-tarixiy kontekstga kiritish; abstrakt iste’molchiga emas, balki individual shaxsga in’om etigsh; dizayn obektining asosiy iste’molchisi bilan hammmualiflik etish; dizayner bergan sxemasiga bilan passiv foydalanmasdan, dizayn maxsulotigiga aktiv ijodiy munosabattda bo‘lish; dizayner faoliyatining mohiyati, buyum muhitning ko‘pgina obektlarini yaratmasdan, insonning turmush tarzi ssenariysini taqdim etishdir. Shu sababdan dizayn muxsulotlariga yangi talablar qo‘yiladi: go‘zallik, inson psixikasiga yaxshi ta’sir etishi, ijobiy hissalarni tug‘dirishi, ijod etishga imkoniyat berishi lozim. Kostyumni modellashda ayrim vazifa qo‘yilsa, dizayn esa umumiy muammoni qo‘yib, uni yechishga urinib ko‘radi. Bu muammolar modali tendensiyaning jihati bo‘lmasdan, insonni jamiyatdagi faoliyatiga taaluqlidir. Agar kiyimni modellash yaxshi shakl hosil qilish, figuraga mos bo‘lish, zamonaviy bo‘lish maqsadi qo‘yilsa, dizayn esa muayyan maqsadda erkinlik berib “shaklni buzadi” (dekonstruksiya usuli), buyumni gavdada boshqa klassik yevropa an’analariga oid bo‘lmagan o‘rnashishni ataylab sinab ko‘radi. Dizayn yangi yo‘nalishlarni ishlab chiqadi, ularga asoslanib modada tendensiyalar rivojlanadi. XXI asr kostyum dizayni quyidagi masalalarni yechadi deb taqazo etish mumkin: oddiy shaklni murakkabga transformatsiyalash; razmersiz kiyimni ishlab chiqish; tikilmagan kiyimni tavsiya etish; oddiy bichim asosida kiyim yaratish; har xil assortimentlarning bir-biriga kirishishi va qo‘shilish tendensiyasini rivojlantirish; oddiy vositalar yordamida kiyim ishlab chiqish; “uniseks” buyumlarni yaratish; komfortni taqdim etish uchun kiymni transformatsiya etish; yangi materiallar, fakturalar va naqshlarni qidirish; yangi texnologik usullarini taqdim etish; ideal buyumni ishlab chiqish; noan’anaviy materiallardan bir marta foydalalanadigan kiyim loyihalash. Natijada kostyum dizayni kiyimni komfortliligini, tashqi muhit bilan uyg‘un qo‘shilishin, kiyimning yangi shakllarini yaratish muammolarini yechishga urinadi. Kombinatorika, modul, dekonstruksiya va boshqa usullaridan foydalanib, dizayner kelajak kiyimni rivojlanish yo‘llarini taqdim etadi. Dizaynerning fikrlashi ixtisos yo‘nalishga oid rivojlansa va dizayner o‘zi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lsa, loyihalash shundagina foydali natija beradi: masalani aniq ko‘rish va ifodalash qobiliyati bo‘lishi lozim; qisqa vaqt davomida ko‘p g‘oyalarni tez ishlab chiqishi lozim; ajoyib yechimlarni topish; berilgan muammoga oid juda zo‘r yechimlarni tez o‘ylab chiqish mahorati bo‘lishi lozim. Loyihalanayotgan masalani yechish uchun dizynerni ijodiy jarayonida reja mavjud bo‘lishi lozim: g‘oyani paydo bo‘lishi va masalani qo‘yish; ma’lumotni yig‘ish va to‘plash, ijodiy manbani tanlash; kuchni konsentratsiyalash, intensiv ishlash, har xil evristik va loyihalash usullaridan foydalanish; tanffus etish, diqqatni chetga tortish va bir necha vaqt o‘tgandan so‘ng yana yechimga qaytish, yangi nuqtai nazar bilan uni baholash; fikrning ravshanlashuvi – yakuniy optimal yechimni hosil qilish. Nazariy va amaliy ish barcha loyihalash bosqichlarida umumiy loyihalash usulida tuzilishi mumkin: muammo situatsiyasini anglash; loyihalashdan oldin tahlil etish; masalani yechish uchun vositalar va prinsiplarni ta’riflash; formal siymoni tashkil etish; loyihani ishlab chiqish. Loyihalash uslubiy jurayonni to‘rt asosiy bosqichga bo‘lish mumkin: informatsion qism; tahliliy-tadqiqot qism; sintetik qism; kommunikativ-amaliy qism. Kostyum dizaynida loyihalash usullari quyidagilardan iborat:
Kombinatorika usullari. Joyini o‘zgartirish. Ko‘shimcha (o‘yib o‘rnatish). TransformatsiY. Kinetizm. Razmersiz kiyimni ishlab chiqish. Yaxlit mato bo‘lagidan kiyim ishlab chiqish. Loyihalashning modul usuli. Dekonstruksiya usuli. Inversiya usuli. Tayanch iboralari: dizayn, manbaa, transformatsiya, tabiat, kolleksiY. Nazorat savollari. Kostyum dizaynida ijodiy manbalar turlarini ifodalab bering. Bionika manbasining qo‘llash yullari qanday? O‘simliklar manbasini kostyumda qo‘llanishi qanday ? Me’mor va amaliy san’at asarlarning manba sifatida qo‘llanishi. Manba turini tanlanishiga nima sabab bo‘ladi? Muhitni loyihalash prinsipining asoslari. XX1 asr kostyum dizayni qanday masalalarni yechishi mumkin? Dizaynerni ijodiy jarayonida qanday rejalari mavjud bo‘lishi lozim? Zamonaviy kostyumda kombinatorika usulini qo‘llanishi qay darajada? Download 227.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling