Mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kirish
Download 1.04 Mb.
|
Limi vazirligi toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalaniladigan adabiyotlar va o`quv qo`llanmalar ro`yxati.
- 2-mavzu: Pedagogikmahoratvatexnika haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni va ahamiyati Reja
- Tayanch tushunchalar
2. Innovatsion yondoshuv nima ?
A)Tartibga solish va nazorat qilish; В) Turli maqsadlar shajarasini ishlab chiqish va vazifalarni amalga oshirish; С) Muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo’llash; D) Zamon ehtiyojiy talablaridan kelib chiqib boshqarishni yo’lga qo’yish. Foydalaniladigan adabiyotlar va o`quv qo`llanmalar ro`yxati. Karimov I.A. O`zbekiston: Milliy istiqlol, siyosat mafkura. Toshkent. O`zbekiston 1993 yil. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent. «O`zbekiston» 1992 yil. O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi qonunlari. Toshkent. O`zbekiston 1998 yil. Bulatov S.S. Ganjkorlik va naqqoshlik yog`och o`ymakorligi atamalariga izohlash lug`ati. Bulatov S.S. O`zbek xalq amaliy bezak san’ati. Toshkent 1991 yil. Amaliy san’at atamalari lug`ati. Bulatov S.S., M. Ashurov Toshkent. Ensiklopediya – 1991 yil. 2-mavzu: Pedagogikmahoratvatexnika haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni va ahamiyati Reja: 1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha 2. Pedagogikmahoratvatexnikaning asosiy tarkibiy qismlari. 3. O’qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o’rni Tayanch tushunchalar: Mahorat, pedagogikmahoratvatexnika, predmet, maqsad, vazifa, tarkibiyqismlar, o’qituvchi shaxsi, kasbiy bilim, pedagogik qobiliyat. O’quv-tarbiya ishlari jarayonida eng yuksak natijalarga erishib, faoliyatiing yuksak darajada baholanishini va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan o’qituvchi topilmasa kerak. Bunga erishishini, ana shu xil orzuning ushalishini pedagogikmahoratvatexnika deymiz. Xo’sh Pedagogikmahoratvatexnika nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo’ladi? Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya sohasidagi adabiyotlarda “Pedagogikmahoratvatexnika” tushunchasiga doir turlicha izohlarga duch kelamiz. Bu tushunchaning mohiyatini bir muncha to’laroq, aniqroq ta'rifi “Pedagogik endiklopediya»da berilgan deyish mumkin. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif pedagogikmahoratvatexnika mazmunini va mohiyatini bir muncha to’g’ri yoritadi: “Tarbiya berish va o’qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi san'at bo’lib, bolaga mehr qo’ygan va o’z kasbini sevgan har bir o’qituvchinnng qiladigan ishidir. O’z ishining mohir ustasi bo’lgan pedagog - bu yuksak darajada madaniyatli, o’z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning tsgishli sohalarini yaxshi tahlil eta olaadigan, tarbiyalash va o’qitish uglubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir”. Bu ta'rifni yaxshi tushunib, uning ma'no mohiyatini tahlil etadigan bo’lsak, ushbu ta'rifda Pedagogik mahorat va texnika tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin bo’ladi: 1. Umumiy madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko’rsatkichi; 2. O’zi o’qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim; 3. Pedagogika, umumiy, yosh va pedagogik-psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlar bilan qurollanganlik, ulardan o’qitish va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish; 4. O’quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganlik. Pedagogik mahoratva texnikaning mazmunida quyidagi o’zaro bog’liq bo’lgan asosiy qismlarini ajratish mumkin: 1. Pedagogik insonparvarlik yo’nalishi; 2. Mutaxassislikka doir bilimlar; 3. Pedagogak qobiliyat; 4. Pedagogik texnika (ko’nikma-iqtidor) O’qituvchilik dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir. Uiing ijtimoiy ahamiyati hech qachon kamaymaydi, so’nmaydi. O’qituvchilik kasbi bir qator muhim talablarga javob berishi kerak. Hozirgi davrda, biz mustaqil O’zbekistonda qurayotgan demokratik xuquqiy davlatda faoliyat ko’rsatadigan o’qituvchi qanday bo’lishi kerak? Hozirgi zamon o’qituvchisining shaxsi uchun eng muhim asos - bu insopparvarlik yo’ialishidir. O’qituvchi juda yuksak darajada umumiy madaniyatga ega odam. U juda ko’p narsani bilishi kerak, hozirgi zamonda o’zi o’qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo’lishi, o’z o’quvchilarini har kuni o’qishga o’rgatib borish uchun o’zi muntazam o’qib o’rganishi, o’z bilimini to’ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak. Demak, o’qituvchi pedagogikmahoratvatexnikaning asosi o’z ustida ishlab borish – mustaqil o’qishdir. Fan va madaniyat rivojlanishi ta'lim-tarbiya ishlarining qay yo’sinda olib borilishidan kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta'lim-tarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta tiklash borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an'analarni joyiga qo’yish, milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burilishlar bo’lgani barchaga ayondir. Davlatning buyuk kelajagi - yoshlarni chuqur bilimli va pokiza axloq-odob, qalb egasi qilib tarbiyalash lozimligini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu katta muammoda mahoratli, bilimli pedagoglarni o’rni muhim va Pedagogik mahorat va texnika fanining roli ulkan. «Pedagogik mahorat va texnika» fanining predmetini psdagogning faoliyati tashkil etadi. «Pedagogik mahorat va texnika» kursining maqsadi esa – mahoratli pedagogni tarbiyalashdan iborat. Pedagogik mahorat va texnika fanining vazifalari: - tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda tarbiyaning rolini ochib boradi; - tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o’rtasidagi bog’lanishlarni ko’rsatadi; - shuningdek pedagogik mahorat va texnika fani o’z taraqqiyoti davomida ta'lim-tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yo’llarini yoritib beradi, tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko’rsatadi. O’qituvchinnng pedagogik mahorat va texnikai shunday bir malakalar yig’indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko’rib va eshitib turgan narsalar orqali o’z fikrlarini yetkazish imkonini beradi. Pedagogik mahorat va texnikaning tarkibiy qismlari: 1. Kasbiy bilim: A) Nazariy bilimlar B) Amaliy bilimlar C) Metodik bilimlar 2. Pedagogik qobiliyat: A) Didaktik qobiliyat B) Akademik qobiliyat C) Perqeptiv qobiliyat D) Suggestiv qobiliyat va h.k. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling