Mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kirish
MEHNAT TA’LIMINIO`QITISH TEXNOLOGIYALARI VALOYIHALASHTIRISH
Download 1.04 Mb.
|
Limi vazirligi toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy toifa va tushunchalar
- 1. TA’LIMGA TEXNOLOGIK YONDASHUVNING MOHIYATI VA UNING UZLUKSIZ RIVOJLANISHI
2.02. MEHNAT TA’LIMINIO`QITISH TEXNOLOGIYALARI VALOYIHALASHTIRISH
MAQSAD: Tinglovchilarga mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari vа loyihalashtirish haqida tushuncha berish. Reja: 1. Ta’limga texnologik yondashuvning mohiyati va uning uzluksiz rivojlanishi 2. Ta’lim texnologiyasining mohiyatli belgi va tavsiflari. 3. Ta’lim texnologiyasining mohiyatli belgi va xususiyatlari 4. Zamonaviy ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari. 5. An’anaviy va zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan ta’limning farqi. Asosiy toifa va tushunchalar Texnologik yondashuv, ta’limni texnologiyalashtirish, texnologiya, ishlab chiqarish texnologiyasi, ta’lim texnologiyasi (TT), o`qitish texnologiyasi (O`T), pedagogik texnologiya (PT), pedagogik tizim (PT), o`qitish metodikasi (O`M), fan metodikasi (FM), kontseptsiya (g`oya), shaxsga yo`naltirilgan ta’lim, tizimli yondashuv, faoliyatli yondashuv, suhbatli yondashuv, muammoli ta’lim, hamkorlikdagi ta’lim. 1. TA’LIMGA TEXNOLOGIK YONDASHUVNING MOHIYATI VA UNING UZLUKSIZ RIVOJLANISHI Ta’limni texnologiyalashtirish g`oyasi yangilik emas. Bundan 400 yil avval chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ta’limni texnologiyalashtirish g`oyasini ilgari surgan. U ta’limni “texnikaviy” qilishga undagan, ya’ni hamma narsa, nimaga o`qitilsa, muvaffaqiyatga ega bo`lsin. Natijaga olib keluvchi, o`quv jarayonini, u “didaktik mashina” deb atagan. Bunday didaktik mashina uchun: aniq qo`yilgan maqsadlar; bu maqsadlarga erishish uchun, aniq moslashtirilgan vositalar; bu vositalar bilan qanday foydalanish uchun, aniq qoidalarni topish muhimligini yozgan. Ta’lim nazariyasi va amaliyotida o`quv jarayoniga texnologik xususiyatni berish uchun 50-yillarda birinchi urinishlar qilib ko`rilgan. Ular o`z ifodasini an’anaviy o`qitish uchun majmuali texnik vositalarni yaratishda topgan. Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya «o`qitishning texnik vositalari yoki kompg`yuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlardek qaralmaydi, balki bu ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo`llash, shuningdek qo`llanilayotgan usullarni baholash yo`li orqali ta’lim jarayonining asoslari va uni maqbullashtirish yo`llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir». Barcha ta’lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo`liga o`tkazish, maktab amaliyoti pedagogik jarayonini ixtiyoriy qurish va uni amalga oshirishdan keskin burilishi quyidagilarni anglatadi: uning har bir qism va bosqichlarining izchil asoslanganligi (ta’lim jarayonini tartiblashtirish - batafsil aniqlangan va asoslangan, ishlarni mahlum tartibidan tashkil topgan qismlar - muloqot, axborot va boshqaruvning yo`l va vositalarini bo`lish orqali mumkin qadar rasmiyatchilik nuqtai nazaridan rasmiylashtirilgan); yakuniy natijani haqqoniy tashxis qila olishga yo`naltirilganligini; ta’lim jarayoniga mavjud sharoit va belgilangan vaqt ichida qo`yilgan ta’limiy maqsad hamda ijobiy natijaga erishishni tahminlaydigan ishlab chiqarish-texnologik jarayonining mukammal, aniq yo`lga qo`yilgan, izchil, muvofiqlashgan xususiyatini berish; uning samaradorligi va inson imkoniyatlari (kuch, vaqt)ni maqbullashtirish maqsadi bilan butun ta’lim jarayonini boshqaruvchanligi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling