Mehnat tarbiyasi, Ahloqiy tarbiya, Iqtisodiy tarbiya, Ekologik tarbiya, Estetik tarbiya


Download 1.75 Mb.
bet2/3
Sana25.03.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1295337
1   2   3
Bog'liq
4- ma`ruza

Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish muammosi ko‘pdan buyon pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir. Awalo, iqtisodiy tarbiya haqida mukammal tushunchaga ega bo‘lmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya o ‘quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisobkitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitib kelindi. Chunonchi, muhammad ibn muso alxorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o‘rin tutishini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o ‘z ishiga pishiq bo‘lishi kerak. Shunda u o ‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. Abu nasr al-farobiy insonga yashash uchun juda ko‘p narsalar kerakligi va ularni vujudga keltirish yo‘lida boshqa shaxslarga murojaat qilishni e ’tirof etadi. Bu o ‘rinda olim iqtisodiy aloqa zaruriyatini ko‘rsatib o‘tgan edi. Darhaqiqat, iqtisodiy aloqa o‘rnatish uchun odamlar, davlatlar, jamiyatlar integratsiya yo‘lida harakat qiladilar. Hozirgi paytda bu fikr nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini yevro‘pa amaliyoti misolida ko‘rib turibmiz. Iqtisodiy integratsiya davlatlarga faqat boylik keltirayapti. Al-farobiy «baxt-saodatga erishuv haqida» asarida shunday yozadi: inson o ‘z mablag‘ini sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi». Ko‘rinib turibdiki, o‘tmish mutafakkirlari maktab va oila sharoitlarida bolalarni iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni hamkorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga o ‘rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga e’tibor qaratganlar. Bolaga iqtisodiy tarbiya berish oiladan boshlanadi. Har bir kishi bug‘doy, guruch, mevalarni saqlash yo ‘llarini bilishi kerak

ESTETIK TARBIYA - jamiyatda ma'naviy muhitni paydo qilishga ko'mak beruvchi muhim unsur bo'lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Estetik tarbiyaning vazifalari:kishilarda san'at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o'zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;jamiyat a'zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg'usini uyg'otish;tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg'u bilan munosabatda bo'lishga va ularni ravnaq toptirish yo'lida astoydil faoliyat olib borish ko'nikmalarini hosil qilish;o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratish; o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ'ib qilishga undashdir.


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling