Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati


Download 18.68 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi18.68 Kb.
#1003890
  1   2
Bog'liq
Mehnat 2 oraliq


3- Variant

  1. Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati

Mehnat unumdorligi - xodim tomonidan vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini aks ettiradigan mehnat samaradorligining ko‘rsatkichidir. Uning teskari miqdoriy ko‘rsatkichi - mehnat sig'imi boiib, u mahsulot birligiga sarflangan vaqt miqdorini ko‘rsatadi. Mehnat unumdorligining ilmiy-metodologik asoslari iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyandalari tomonidan shakllantirilgan. Ushbu maktabning Angliyadagi asoschisi U. Petti mehnat unumdorligiga daromad olish manbalaridan biri sifatida qaragan. U mehnat unumdorligini oshirishga g‘ayrat bilan mehnat qilish yoki mehnat sarfini kamaytiradigan va uni yengillashtiradigan vositalar orqali erishish mumkinligini ko‘rsatgan.
Mehnat unumdorligini oshirishning ilmiy asoslari J. Keyns, P. Druker, P. Samuelson, M. Todaro va boshqa olimlar tomonidan chuqurlashtirilgan. M. Porter esa ilmiy muomalaga mamlakatning umumiy unumdorligi tushunchasini kiritgan. U mehnat unumdorligini milliy iqtisodiyotning faqat ishlov berish sohasidagina emas, barcha tarmoqlarda oshirishning ahamiyatini ko‘rsatgan. Uning fikriga ko‘ra, jahon bozoridagi tarmoqlarda mamlakat qanchalar salmoqli mavqega ega bo‘lsa, ushbu davlatda mehnat unumdorligi shunchalik tezroq ortadi
Mehnat unumdorligini o‘lchash darajasi bo‘yicha bir turdagi mahsulot ishlab chiqariladigan shaxsiy ish joylarini (brigada, uchastkalar) ajratib ko‘rsatish mumkin. Mazkur holatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va mehnat unumdorligini aniqlashning natura usulini (dona, tonna, kub metr va hokazolar) qo‘ Hash maqsadga muvofiq. Lekin, odatda, faqat bir xil mahsulotlar ishlab chiqariladigan ish joylari kam uchraydi. Shu sababli amaliyotda shartli-natura usulidan foydalaniladi. Korxonadagi ish joylari, brigadalar va uchastkalar turli va o‘zgarib turadigan mahsulotlar ishlab chiqariladigan bo‘lsa, mehnat usulini qoilash lozim boiadi. Bunda mahsulot yoki ish hajmi hamda mehnat unumdorligi norma-soatlarda olchanadi (ish hajmi tegishli vaqt normasiga ko‘paytirilib, natijalari jamlanadi). Mehnat unumdorligini bu usulda oichashning qator kamchiliklari bor (normalaming zarur darajada asoslanmaganligi, ularning tez-tez qayta ko‘rib chiqilishi va hokazolar) Korxona, shuningdek, iqtisodiyot tarmogi darajasida ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligini oichash uchun qiymat usuli ishlatiladi. Bunda mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning barcha turlari yagona pul ko‘rsatkichida ifoda etiladi. Mazkur usulda hajm ko‘rsatkichlari tegishli ulguiji narxlarga ko‘paytiriladi. Mehnat unumdorligi ham pul hisobida ifodalanadi
Mehnat unumdorligining darajasini (Mu) aniqlashda xodimlaming vaqt birligi [(Vb) soat, kun, hafta, oy, yil davomi]da bajargan ish hajmi [(Ih) mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish] ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ya’ni mehnat unumdorligining darajasi quyidagi hosiladir.

Download 18.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling