Mehnat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofazasi
Teodolit yo‘li punktlarining koordinatalarini hisoblash
Download 1.01 Mb.
|
praktika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teodolit yo‘li punktlarining koordinatalarini hisoblash jurnali (yopiq poligon)
- 4 – rasm. 2T30П teodolitining oldi va orqa tomonidan ko’rinishi.
- ShN – shtativi. ShR – shtativi. 5–rasm. Shtativlar.
- Teodolitning o`rnatish qismlari. Teodolitning o`rnatish qismlariga quyidagi ish qurollari kiradi: Shtativ
- Teodolitning ishchi qismlari. Teodolitning ishchi qismlariga quyidagi yelementlar kiradi: Limb
- Sano q olish moslamalari.
- 6 – rasm. 2T3OП teodolitidagi shkalali mikroskop.
Teodolit yo‘li punktlarining koordinatalarini hisoblash. Teodolit yo‘li yopiq poligon yoki ochiq poligon bo‘lganligidan, punktlarning koordinatalarini hisoblash bir-biridan biroz bo‘lsa ham farq qiladi.
Yopiq poligon punktlarining koordinatalarini hisoblash. Yopiq poligon punktlarining koordinatalari quyidagi tartibda ketma-ket hisoblab chiqarilib, maxsus jurnalga yoziladi 5 – jadval Teodolit yo‘li punktlarining koordinatalarini hisoblash jurnali (yopiq poligon)
Teodolit ShR shtativga (VI.6.d–rasm) o’rnatqich vint yordamida mahkamlanadi. O’rnatqich vint ilmog’iga teodolitni nuqta ustida markazlashtirish uchun shovunli vilka ilinadi. Teodolitning o`rnatish qismlari. Teodolitning o`rnatish qismlariga quyidagi ish qurollari kiradi: Shtativ – metal yoki yog`chdan yasalgan qurol hisoblanib, u yerdan bir muncha kutarilib, ishlash uchun qulaylik to`g`diradi. Shovun – oddiy va optik boqladi. Oddiy shovun – og`irligi 100 – 150 gramm keladigan uchli metall qadoqtoshdan iborat. Taglik – teodolitning ish qismini shtativga birlashtiradi. Adilak – geodezik asboblarning o`qlarini gorizontal yoki vertilal holatiga keltirish hamda ish jarayonida asbobning holatini kuzatish uchun xizmat qiladi. Adilaklar bo`lishi mumkin silindrik va doiraviy. Teodolitning ishchi qismlari. Teodolitning ishchi qismlariga quyidagi yelementlar kiradi: Limb – metall yoki shishadan yasaladi. Limb doira shaklida bo`lib, teng qilib shtrixlarga bo`linadi. Limb bo`laklarining har biri 100, 50 yoki 10 qiymati soat mili yo`nalishi bo`yicha 00 dan 3600 gacha raqamlar bilan belgilangan bo`ladi. Sanoq olish moslamalari. Texnik teodolitlarda limb bo’laklari har 10 dan yoziladi, limbdan olinayotgan sanoqlar shtrixli yoki shkalali mikroskopdan olinadi. VI.7– rasm 2T30П optik teodolit shtrixli mikroskopining ko’rish maydoni keltirilgan. Ko’rish maydonining “В” harfi bilan belgilangan yuqori qismida vertikal doira shtrixi, “Г” harfi bilan belgilangan pastki qismida esa gorizontal doira shtrixi ko’rsatilgan, yozilgan shtrixlar orasi 10 li oltita bo’lakka bo’lingan. Ular orasidagi shtrixlar bo’lgan daqiqalar sanog’i ko’z bilan chamalab olinadi. 2T30П teodolitlarida gorizontal va vertikal doiralarining limb bo’laklari 10 ga teng. Limb bo’lagi qismi uzunligi limb bir bo’lagiga teng bo’lgan 60I li shkala yordamida olinadi. Shkala 12 bo’lakka bo’lingani uchun uning har bir bo’lagi 5I. Bo’lak qiymati ko’zda chamalab 0,5I aniqlik bilan baholanadi. 6–rasmda gorizontal doiradagi sanoq 25°17I. 2T30П teodoliti vertikal doirasining shkalasi ikki qator raqamlarga ega. Yuqori qatordagi raqamlar musbat bo’ladi. Sanoqlar noldan (chapdan o’ngga) ortib boradi. Pastki qatordagi bo’laklar manfiy ishorali bo’ladi. Agar sanoq musbat ishorali bo’lib limb shtrixidan olinsa, yuqoridagi shkaladan foydalaniladi.
Vern`yer aniqligi quyidagicha aniqladi: bu yerda: l – limb bir bo`lagining qiymati,n – bo`laklar soni. Limb va vern`yerdan sanoq olishda lupadan foydalaniladi. Nivelirlash. Reja: Ko`p masalalarni yechishda, masalan topografik kartada rel`yeflarni tasvirlash uchun joy nuqtalarining balandligini bilish kerak. Buning uchun nivelirlash ishlari bajariladi, ya`ni joydagi nuqtalar orasidagi nisbiy balandlik aniqlanib, absolyut balandligi ma`lum bo`lgan biror nuqta bo`yicha boshqa nuqtalarning ham absolyut balandligi hisoblab topiladi. Yer yuzidagi nuqtalarning balandliklarini aniqlash uchun bajariladigan ishlar majmuasiga vertikal s`yomka deyiladi. Joy rel`yefini o`rganib plan yoki kartada tasvirlash xalq xo`jaligining hamma tarmoqlarida, ayniqsa qishloq xo`jaligida katta ahamiyatga egadir. Rel`yefni qog`ozda tasvirlash uchun joyning xarakterli nuqtalarini dengiz sathiga nisbatan balandliklarini aniqlash kerak. Bu balandlikka absolyut balandlik deyiladi. Agarda absolyut balandlik son bilan ifodalansa bunga absolyut otmetka deyiladi. Nuqtalar otmetkasini aniqlash uchun avvalo nuqtalar orasidagi nisbiy balandlikni aniqlash zarur. Ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlikni aniqlashga nivelirlash deyiladi. Nuqtaning balandligini o`lchash yoki nivelirlash yo`li bilan yer yuzidagi nuqtalarning bir–biriga yoki boshlang`ich deb qabul qilingan sathiy yuzaga nisbatan balandligi aniqlanadi. Qo`llaniladigan usul va asboblariga qarab nivelirlashlar quyidagi turlarga bo`linadi: 1.Geometrik nivelirlash. 2.Trigonometrik nivelirlash. 3.Fizikaviy (barometrik, gidrostatik va ayeroradionivelirlash) nivelirlash. 4.Mexanik nivelirlash. 5.Stereofotogrammetrik nivelirlash. Geometrik nivelirlash. Bu usulda bir nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan balandligi gorizontal vizirlash nuri bo`yicha reykalardan bevosita sanoq olish yo`li bilan aniqlanadi. Nivelirlashning bu usulida nivelirlardan foydalaniladi. Geometrik nivelirlashda nuqtalarning balandligi, nivelirlashning boshqa turlariga nisbatan aniqroq topiladi. Geodezik tayanch nuqtalarini va plan olish nuqtalarining balandligini aniqlashda, turli masshtabdagi planlarni olishda, muhandislik inshootlarining loyihalarini tuzishda, bu inshootlarni qurishda, shuningdek geologik qidiruv ishlarida, yirik muhandislik inshootlarining chukishi va deformasiyasini aniqlashda va shunga uxshash ishlarni bajarishda geometrik nivelirlash qo`llaniladi. Nivelirlash metodi va asboblari nuqtalar balandligining qanchalik aniq o`lchanishi va zarurligiga qarab tanlanadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling