Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanining asosiy mazmuni va ijtimoiy ahamiyati


Mavzu: Havo harakatining harorati, namligi va tezligini tartibga solish


Download 220.89 Kb.
bet31/62
Sana04.09.2023
Hajmi220.89 Kb.
#1672634
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
Bog'liq
Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanining asosiy mazm-fayllar.org

Mavzu: Havo harakatining harorati, namligi va tezligini tartibga solish

Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi ishchining sog‘lig‘iga va ish unumdorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.


Ishlab chiqarish xonalarining mikroiqlimi хопа havosining harorati, nisbiy namligi, havo, bosimi, havoning harakatlanish tezligi hamda issiq ish jihozlari yoki materiallari ta’siridagi issiqlik nurlanishining intensivli gi orqali tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish muhiti sharoitida ushbu ko‘rsatkichlarning miqdori keng oraliqda o‘zgarib turishi mumkin Ularning miqdorlari yilning sovuq yoki issiq davriga, texnologik jarayon turiga, ishning kategoriyasiga bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida mikroiqlim holatini tavsiflovchi ushbu ko‘rsatkichlarning optimal miqdorlari o‘rnatilgan bo‘lib, bu sharoitda ishchi o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solish qobiliyatiga ega bo‘ladi.Vaholanki, mikroiqlim ko‘rsatkichlarini belgilangan me’yordan chetga chiqishi ishchining sog‘lig‘iga ham, ish qobiliyatiga ham salbiy ta’sir etadi Ish joylari yoki ishlab chiqarish xonalari havosi
haroratining yuqori bo‘lishi inson organizmidan issiqlik ajralib chiqishini susaytiradi, natijada organizmning harorati oshadi, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, ter ajralib chiqishi kuchayadi, kishining e’tibori hamda ko‘rish va eshitish a’zolarining reaksiya tezligi susayadi. Atrof-muhit haroratining susayishi ham inson sog‘lig‘iga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki atrof-muhit haroratining sovushi tana haroratini pasayishiga olib keladi, natijada qon aylanish jarayoni susayadi, qonning immunobiologik xususiyati kamayadi, nafas olish уo‘llarini kasallanishiga, revmatizm, gripp kabi kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari havoning tezligi ham muhim faktorlardan biri hisoblanadi. Agar havoning tezligi 0,1 m/s dan kam bo‘lsa, havo dim, 0,25 m/s dan ortiq bo‘lsa yelvizak bo‘ladi. Мa’lumki, ikkala holatda ham inson sog‘ligi va ish qobiliyati yomonlashadi.Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlim holati ko‘rsatk ichlarini aniqlashda bir qancha asboblardanfoydalaniladi. Masalan, havoning harorati – termometrlar, termogratlar, havoning harakatlanish tezligi – katatermometrlar va anemometrlar, havoning nisbiy namligi – psixrometrlar, issiqlik nurlanishlari – aktinometrlar va havoning bosimi – barometrlar bilan o‘lchanadi.

Mikroiqlim ko‘rsatkichlarining haqiqiy miqdorlari aniqlangach, bu miqdorlar optimal ruxsat etilgan miqdorlar bilan taqqoslanadi hamda mikroiqlim holatni me’yorlashtirish bo‘yicha tegishli tadbirlar amalga oshiriladi va bu borada isitish va shamollatish qurilmalaridan keng foydalaniladi.



Iqlimga ta’sir etuvchi muhim faktor yerning issiqlik balansidir. Albatta, bu quyosh nurlari ta’sirida yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda «Yer - atmosfera» tizimi issiqlik balansi holatida bo‘lib, yerga tushadigan 100% qisqa to‘lqinli quyosh nurlarining o‘rtacha 18% atmosferada yutiladi (3% bulutlar va 16% havo orqali), 30% kosmosga qaytariladi (20% bulutlar va 6% havo hamda 4% yer yuzasi orqali). Qolgan 51% qisqa to‘lqinli quyosh nurlari yer yuzasida yutiladi. Shundan 21% qayta nurlanib uzun to‘lqinli nurlar ko‘rinishida qaytadi, 30% esa sezilarli (7%) va yashirin (23%) issiqlik ko‘rinishida atmosferaga uzatiladi. Ushbu keltirilgan nurlar balansi Yerning «Issiqlik хо‘jaligi» asosini tashkil etadi. Qabul qilingan nurlarning qaytgan nurlarga nisbati «аlbедо» deb ataladi, Maksimal qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan absolyut oq jismning albedosi birga teng. Yerning albedosi 0,30 ni tashkil etadi. Lekin insoniyat tomonidan yerdan noto‘g‘ri foydalanish, o‘rmon-larni kesilishi, cho‘1 yerlarni haydalishi, sun’iy suv havza1arini barpo etilishi, atrof-muhitga minglab tonna chiqindilarni chiqarilishi, ishlab chiqarish jarayon1ari natijasida tonnalab zaharli gazlar va moddalarning atrnosferaga chiqarilishi issiqlik balansini o‘zgarishiga olib kelmoqda. Masalan, havo tarkibida karbonat angidrid gazining oshishi ma’lum miqdorda iqlimni isishiga olib kelishi mumkin. Karbonad
angidrid gazi rangsiz gaz bo‘lib, uning sof, toza havo tarkibidagi miqdori 0,03% ni tashkil etadi. Ushbu gaz tirik organizmlarni nafas olishida, neft va gazni yoqish jагауопidа, bug‘ qozonlarida, issiqlik elektr stansiyalarida, avtomobil ishlashi vaqtida ajralib chiqadi. Keyingi yuz yi1 ichida havo tarkibidagi karbonad angidrid miqdori 14% ga, hozirgi vaqtda esa har yili 0,4% ga oshib bormoqda. Industrial ега (taxminan 1860-yillar)dan hozirgi vaqtgacha 140 mlrd. tоппаgа уаqin uglerod atmosferaga chiqarilgan, hozirgi vaqtda esa atmosferaga jahon bo‘yicha yiliga 8 mlrd. tonnaga yaqin uglerod chiqarilmoqda. Ushbu gazning havo tarkibidagi miqdorini oshib borishi atmosferada ma’lum qatlam hosil qilib, issiqlikni kosmosga uzatilishini susaytiradi, Bu esa o‘z navbatida yer yuzi haroratini ma’lum darajada oshishiga olib kelishi mumkin.


Havo tarkibida karbonad angidrid gazining та’lum miqdorda oshishi natijasida 2030-yilga borib havoning 1,52,5oС ga ortishi taxmin qilinmoqda. Haroratning ortishi esa okean sathining ko‘tarilishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda, keyingi 100 yil ichida harorat 0,5o С ga, okean sathi esa 1015 sm.g ko‘tarilganligi qayd etilgan.
1987-yili G‘arbiy Berlinda bo‘lib o‘tgan Xalqaro simpoziumda qayd etilishicha, ishlab chiqarishda sovutuvchi suyuqliklarni, turli xil turdagi aerozol ko‘rinishiga ega tozalovchi vositalarni va uglevodorodlarni (freonlarni) keng ishlatilishi.
Ish joylari havosini sog‘lomlashtirishda birinchi navbatda zararli changlar va gazlarning manbalari, ularni yuzaga kelishini kamaytirish уo‘llari, ushbu zararli gaz va changlarni ish joyi zonasiga kirish sabablari o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘riladi. Agar ushbu zararli moddalarni yuzaga kelishini oldini olish mumkin bo‘lmasa u holda ushbu gazlarni ish joyi zonasiga kirish уo‘llari germetiklashtiriladi hamda ish joylariga shamollatish qurilmalari o‘rnatiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlaryetarli darajada samarali bo‘lmagan hollarda esa shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladi yoki ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilib masofadan boshqarish tizimlari tatbiq etiladi.

Download 220.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling