Mehnatni muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanining asosiy mazmuni va ijtimoiy ahamiyati


Download 0.66 Mb.
bet59/107
Sana08.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#250493
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107
Bog'liq
Maruza Matn (Автосохраненный)

Tovush balandligi («gromkost») – «fon» bilan o‘lchanadi. Bir fon – 1000 Gs chastotada va ldB tovush intensivligidagi tovush qattiqligidir. Shovqinni tovush chastotasi bilan bog‘lanishini tavsiflovchi miqdor shovqinning chastota spektri deb ataladi. Shovqinni insonga fiziologik ta’sirini baholash maqsadida u tovush chastotasiga ko‘га uch turga bo‘linadi: past chastotali (300 Gs gacha), o‘rta chastotali (300...800 Gs) va yuqori chastotali (800 Gs dan yuqori).

Bundan tashqari, shovqin spektrning xususiyati va ta’sir etish vaqtiga ko‘ra ham tasniflanadi. Spektrning xususiyatiga ko‘ra shovqin: keng polosali va tonal ko‘rinishida bo‘ladi. Agar 8 soatlik ish kuni vaqtida shovqin darajasi vaqt bo‘yicha 5 дВА dan oshmasa, doimiy shovqin hisoblanadi. Agar shovqin darajasi vaqt oralig‘ida 5dB dan ortiq o‘zgarib tursa, nodoimiy (o‘zgaruvchan) shovqin, ushbu o‘zgarish keskin kamayish orqali sodir bo‘lsa, uzlukli shovqin deb ataladi. Agar shovqin 1 sekunddan kam vaqt davom etuvchi bir yoki bir necha tovush signallaridan iborat bo‘1sa, impulsli shovqin deyiladi. Impulsli shovqin darajasi bir sekundda 100 dB dan ortiq o‘zgaradi. Bundan tashqari, shovqin hosil bo‘lish manbaiga ko‘ra mexanik, aerogidrodinamik va elektromagnit turlarga bo‘linadi.




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling