Mehnatni ratsional tashkil etishda jismoniy tarbiyani ahamiyati


Download 54 Kb.
bet1/3
Sana09.02.2023
Hajmi54 Kb.
#1182055
  1   2   3
Bog'liq
MEHNATNI RATSIONAL TASHKIL ETISHDA JISMONIY TARBIYANI AHAMIYATI


MEHNATNI RATSIONAL TASHKIL ETISHDA JISMONIY TARBIYANI AHAMIYATI.
Reja:
1.Mehnatni ratsional tashkil etishda jismoniy tarbiyani ahamiyati.
2.Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik.
Katta yoshlilar jismoniy madaniyat mehnati, mazmuni va vazifasi.
3.Sanoat korxonalari issiq sex ishchilar jismoniy tayyorgarligi.
4.Qishloq xo’jaligi mexanizatorlarining jismoniy madaniyati tayyorlarligi.
5.Ekepertsiya xodimlarining jismoniy madaniyat tayyorgarligi.
6. Idora va tashkilot xodimlarining jismoniy madaniyat tayyorgarligi.
7.Qurrolli kuchlarda xizmat qiluvchilar jismoniy madaniyati.

Tayanch iboralari: katta yoshlar jismoniy tarbiyasini kasbiga qarab jismoniy mashqlar tanlash, sexlarda, qishloq xo’jaligida, idora va tashkilotlarda, qurolli kuchlarda; ertalabki badantarbiya, ish vaqtida daqiqalar va b.

Metalurgiya, mashinasozlik, g’isht zavodlari va boshqa korxonalardagi issiq sexlaridagi mehnati jarayonlari ko’pincha katta jismoniy yuklama hamda ishlovchilarning organizmiga yuksak harorat ta’siri bilan bog’liq bo’ladi.Po’lat quyuvchilar smena davomida ish vaqtining 46 foizgacha bo’lgan vaqtini og’ir jismoniy mehnat va intensiv issiqlik nurlanishi bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarga sarf etadilar. Asosiy og’irlik, yulanish ularning yurak, qon-tomir, muskul sistemalariga va haroratni mo’tadillashga xizmat qiluvchi a’zolarga tushadi. Prokat sexlarida issiq prokat tsanoklari oldidagi havoning harorati yoz vaqtida 55-60 S ga etadi. Ish jarayonida mebel parchalarini bir joydan ikkinchi joyga olib qo’yish kerak. Bu operatsiyalarni zur diqqat e’tibor bilan bajarishga majbur etadi. Asosiy og’irlik, qo’l, elka, bel muskullariga tushadi. Oyoq muskullariga esa katta tsatik kuchlanish tushadi. Issiq sexlaridagi mehnatning o’ziga xos xususiyatlari jismoniy tayyorlashda quyidagi vazifalarni hal etishni taqozo etadi.



  • Kuch-quvvati, ayniqsa qo’l, elka va gavda muskullari kuchini rivojlantirish.

  • Umumiy chidamlilik harakat mahorati hamda reaktsiya tezligini rivojlantirish.

  • Organizmning qizib ketishiga hamda birdan o’zgaradigan harorat ta’siriga nisbatan chidamligini yuksaltirish.

Bu fazilatlarni quyidagi vositalar yordamida amalga oshirish mumkin.

  • Kuch quvvatni oshiradigan mashqlar «turli xil og’rliklar shtanga, toshlar» bilan yunon-rum, erkin kurash, gimnatsik to’sin.

  • Anchagina issiqlik ajrashi bilan bog’liq bo’lgan mashqlar uzoq vaqt yugirish, basketbol, futbol, qo’l to’pi, chavgon va boshqa o’yinlar.

  • Yurak qon-tomir va nafas olish tuzilmalarini mustahkamlash, o’pka foliyatini yaxshilash uchun bajariladigan mashqlar «piyoda va suv
    sayyoxligi, kayiq xaydash, suzish, yugurish, sport o’yinlari va h.k.»

  • Yuksak tashqi xatarorat sharoitida bajariladiga jismoniy mashqlar «yugurish, sport o’yinlari, voleybol, futbol, basketbol» va h.k.

Bunday amaliy jismoniy mayyorgarlik hunar kasb kollejlari va akademik litseylarida amalga oshiriladi. Maxsus mashq ko’rganlik darajasini bundan tashqari ishlab chiqarish jismoniy madaniyat jamoalaridagi sport seksiyalari mashg’ulotlari yordamida saqlab turish ta’minlanadi. Bunday paytda tanlangan sport turi kasb xususiyatlariga to’g’ri kelishi kerak.
Mashg’ulotlar shakli sifatida majmuaviy darslardan, maxsus mashg’ulotlardan sport musobaqalaridan, sayyoxli yurishlardan foydalanish mumkin.

Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling