Mehnatni tashkil qilish


Download 147.79 Kb.
bet1/3
Sana12.03.2023
Hajmi147.79 Kb.
#1262453
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish eks N1


Mehnatni tashkil qilish – mehnat jarayoni boshlanishdan oldin ob‘ekt va maqsadni belgilash, uslub va vositalarini tanlash hamda mehnat jarayonida ularni rioya qilinishi va ularning maqsadga erishishi uchun ishlashini ta‘minlashdir.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishda mehnatni tashkil etish deganda mehnatni muttasil va optimal ishlashni ta‘minlash, ishlab chiqarish ijrochilari va moddiy texnika shart-sharoitlari o‘rtasidagi aloqalar tizimini yaxshilashni mehnat jarayonini to‘g‘ri amalga oshirishni mehnat samaradorligini oshirishni tushunmoq kerak. Bunda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, mehnatni me‘yorlash, mehnat intizomi, mehnat va dam olish rejimi, mehnat sharoitlari, mehnat muxofazasi, mehnat haqi, kadrlar tayyorlash, ularga bilim berish va ularning malakasini oshirish kabilar mehnatni tashkil etishning tarkibiy qismlaridir. Ishlab chiqarish hududining bitta ish bajaruvchiga yoki bir guruh ishchilarga ajratib berilgan hamda mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun kerakli bo‘lgan mehnat qurollari va mehnat buyumlari bilan yetarli ta‘minlangan maydoni (uchastkasi) ish joyi, deb ataladi.
Ish joyini tashkil etish deganda, har bir ish joyida yuqori mehnat unumdorligiga erishish uchun zarur bo‘lgan hamma sharoitlarni ta‘minlash bilan bir qatorda, jihozning texnikaviy imkoniyatlaridan to‘la foydalanishni, mehnatning mazmunini boyitishni, xodimning sihat-salomatligini ehtiyot qilishni ta‘minlashga qaratilgan kompleks tadbirlar rejalarini ishlab chiqish tushuniladi. Mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi – bu mehnatni ilmiy tashkil etish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar natijasi, ya‘ni erishilgan iqtisodiy samaradorlikning jonli va o‘tmishdan mehnatga nisbatidir.

Zamonaviy ishlab chiqarishning rivojlanish yo‘nalishlari Barcha loyihaviy qarorlar zamonaviy darajada bajarilishi kerak, ya’ni loyihaga eng zamonaviy va istiqbolli texnika va texnologiya kiritilishi zarur. Loyihani ishlab chiqishdan barcha ishlab chiqarish quw atlarini o^zlashtirishga qadar m a’lum vaqt o‘tadi. Bu vaqt davomida amaldagi korxonalarning texnika va texnologiyasi rivojlanib boradi. Zamonaviy ishlab chiqarishning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish bo‘- lib, ular quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: unumdorlikni oshirish va og‘ir va bir turdagi mehnatni kamaytirish; texnologik jarayonlarni me’yorlashtirish; mahsulotlar sifatini oshirish; ishlab chiqarishni boshqarishni soddalashtirish; mehnat samaradorligini oshirish, ayniqsa, seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida. Avtomatlashtirishni kengaytirishning asosiy sharti ishlab chiqai'ishni ixtisoslashtirish va mahsulotlami maksimal darajada unifikatsiyalash hisoblanadi. Avtomatlashtirish texnologiyani takomillashtirish va shu tufayli mahsulotni ishlab chiqarishdagi texnologik ishlovlar miqdorini kamaytirish va ularni soddalashtirishdan iborat. Ishlab chiqarishga avtomatlashtirishni keng joriy qilish uchun ilmiytexnik progressni tezlashtirish, ishlar sifatini yaxshilash, raehnatni tashkil qilishni va ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish kerak. Intensiv rivojlanish davomida ishlab chiqarish sifat tomondan yaxshilanadi, erishilgan ilmiy texnik progressdan to‘liqroq foydalanish hisobiga ishlab chiqarish unumdortigi oshadi, takomillashgantexnika vatexnologiya, yangi materiallami qo‘llash hisobiga mehnat sharoitlari yaxshilanadi. Bundan tashqari, qo‘l mehnatida band bo‘lgan ishchilar soni qisqaradi. 0 ‘z navbatida texnik vositalar, zamonaviy texnologiya, ishlab chiqarishning yaxshi tashkil qilinishi mehnat unumdorligining oshishiga, mahsulot ishlab chiqarishning ko‘payishiga va uning arzonlashishiga olib keladi.


Korxonadagi ishchilar sonini hisoblash Ishlab chiqarishdagi asosiy ishchilarning soni texnologik hisoblar orqali aniqlanadi. Hisoblarda ishchining vaqt fondi aniqlanadi. Ishchining foydali (samarali) vaqt fondi Fn shunday vaqt bo‘lib, ishchi undan ishlab chiqarishda to ‘liq foydalanishi mumkin. Uning qiymati rejim vaqt fondi va majburiy yo‘qotishlar orasidagi farq sifatida aniqlanadi. Majburiy yo'qotishlar ta'til va uzrli sabablarga ko‘ra ishga chiqmaslik oqibatida bo’lishi mumkin.
Fef = Frej (1-Kyo )
Bu yerda: Kyo -rejim fondga nisbatan yo‘qotishni tavsiflovchi ishga chiqmaslik koeffitsienti
asosiy ta’lim 15 kun bo‘lganda Kyo = 0,11;
18 kun bo'lganda Kyo = 0,12;
24 kun bo‘lganda Kyo = 0,14).

Uskunalardagi operatsiyalarda band b o ig an ishchilar shtatini hisoblashda ularning uskunadagi bandlik vaqti va uskunaning ish vaqti mos tushmasligiga e’tibor qaratish kerak. Reja-ogohlantirish ta’mirlashi nizomida shu narsa nazarda tutilganki, uskunaga texnik xizmat ko‘rsatishda (profilaktik ko'rish, tekshirish, tozalash) ta'm irlash xizmati ishchilaridan tashqari uskunada ishlaydigan shtat ham ishtirok etadi. Shuning uchun uskunaning yillik ish vaqti fondi:


Fi = Frej (1-Kyo )


Uskunaga xizmat ko‘rsatuvchi ro‘yhatdagi ishchilar soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Iy = Fi*m*Mh*r/Fyo
Mh— hisoblangan uskunalar soni;
r —uskunaga xizmat ко' rsatuvchi brigada a’zolari soni;

Q o‘lda bajariladigan operatsiyalarda band bo'lgan ro‘yhatdagi ishchilar soni operatsiya bo‘yicha yuklamalar hisobi asosida aniqlanadi:


Ir = Yu/ Fef*VM*Km


Yu natural birliklarda ifodalangan operatsiyalar bo'vicha yillik yuklama;
VM - soatbay ishlab chiqarish m e’yori;
KM - m e’yorni bajarish koeffitsienti.
Ishga chiquvchi ishchilar bevosita ishlab chiqarishdagi mavjud ishlayotgan ishchilardan iborat. Turli sabablarga ko‘ra ishga chiqmaslik tufayli ishga chiquvchi ishchilar soni ro‘yxatdagi ishchilar sonidan har doim kichik bo'ladi. Ishga chiquvchi va ro‘yhatdagi ishchilar soni orasidagi munosabat quyidagi formula bilan ifodalanadi:

Ich = Ir / 1+Km


Hisoblash natijalari bo‘yicha qaydnomalar tuziladi va ularda barcha ixtisosliklar bo‘yicha turli razryaddagi ishchilar soni ko‘rsatiladi. Ishchilarning qabul qilingan soni ishlab chiqarish bo'lim larining o'ziga xosligi va ish rejimlariga muvofiq smenalar bo‘yicha taqsimlanadi. Bunday taqsimlash iloji boricha birxil bo' lishi kerak. Ikki smenali ishning birinchi smenasida uskunalar to iiq yuklangan boMishi lozim. Yordamchi ishchilarning zaruriy soni va muhandis-texnik xodimlarning tarkibi tegishli m e’yoriy-ma’lumotnoma materiallari bo‘yicha aniqlanadi.


Download 147.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling