Mehrobdan chayon
Download 42.26 Kb.
|
Mehrobdan chayon
Mavzu: “Mehrobdan chayon” asarining lingvopoetik xususiyatlari Reja: I Kirish. Lingvopoetik badiiylik va til munosabati II Asosiy qism: “Mehrobdan chayon” romani-o‘zbek nasrli lingvopoetikasini o‘rganish obyektini sifatida Romandagi frazeologik birgalikda tahlili “Mehrobdan chayon” asarida troplarning ishlatilishi III Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Kurs ishining dolzarbligi. Filologiya ilmida badiiy asar turli maqsad va nuqtayi nazarlardan o‘rganiladi. Badiiy asar xalq tili o‘zining barcha imkoniyatlarini bor bo‘yicha namoyon qila oladigan, yozuvchining mahorat darajasiga ko‘ra bu imkoniyatlarni to‘laligicha ishga solish mumkin bo‘lgan o‘ziga xos maydondir. Bu imkoniyatlar cheksiz-chegarasiz bo‘lib, muayyan asarda uning ro‘yobi masalalarini o‘rganish, avvalo, yozuvchining badiiy til borasidagi mahoratini, qolaversa, xalq tilidagi ifoda vositalarining boyligini namoyish etishga asos bo‘ladi. Ming yillik adabiyotimiz tarixida tilimizning ana shunday bepayon imkoniyatlarini o‘zida xolis mujassam etgan badiiy asarlar benihoya ko‘p. Ammo mustabid tuzum davrida milliy istiqlol g‘oyalarini kuylagan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabi yirik so‘z san’atkorlarining bunday asarlarini o‘rganishga imkoniyat berilmadi. Yurtimiz istiqloli bu yo‘ldagi barcha g‘ovlarni olib tashladi. Mustaqillik arafasidagi tarixiy jarayonni ko‘z oldimizga keltirar ekanmiz, 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi Qonun istiqlolning ma’naviy poydevori bo‘ldi, deb aytish mumkin. Ushbu Qonun millatning tarixiy xotirasini uyg‘otishda muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: “...Mustabidlik zamonida xalqimiz xotirasidan ataylab o‘chirilgan mo‘tabar insonlarning nomlari birin-ketin tiklanyapti. Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat va Usmon Nosir kabi Vatinimiz, millatimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan o‘nlab siymolarning ma’naviy meroslari bugun xalqimiz bisotiga qaytmoqda” . Download 42.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling