Международная экономика


Аннотация Xalqaro iqtisodiy hamkorlik


Download 163.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana24.12.2022
Hajmi163.93 Kb.
#1056013
TuriРеферат
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xasanova Sevinch Rus tili referat

Аннотация
Xalqaro iqtisodiy hamkorlik — xalqaro iktisodiy munosabatlarning muhim 
ko rinishlaridan biri. Jahon xujaligining rivojlanib, globallashuv jarayonining 
ʻ
chuqurlashib borishi bilan Xalqaro iqtisodiy hamkorlikh.ning milliy iqtisodiyot 
taraqqiyotidagi ahamiyati ortib boradi. Uning asosiy sub yektlari — davlatlar, 
ʼ
transmilliy kompaniyalar, mintaqaviy va xalqaro iktisodiy tashkilotlar hisoblanadi. 
20-asrning 80-yillaridan e tiboran, Xalqaro iqtisodiy hamkorlikh. doirasi kengayib,
ʼ
iqtisodiy munosabatlarni keng ko lamda qamrab oddi, tashki va xalqaro savdo
ʻ
kredit munosabatlari, valyuta va to lov — hisobkitob sohasi, migratsiya va kapital 
ʻ
chiqarish, mintaqaviy integratsiya, transmilliy kompaniyalarni tashkil etish va 
kreditmoliya intlarini shakllantirish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga 
solib, ilmiytexnika va i.ch. sohalarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. 
Xalqaro iqtisodiy hamkorlikh. uning sub yektlari iktisodiy manfaatlarini milliy 
ʼ
chegaralardan tashqarida ro yobga chikdrishning eng maqbul yo li hisoblanadi. 
ʻ
ʻ
Jahon davlatlari o zlarining tub ichki manfaatlarini amalga oshirish maqsadida, 
ʻ
ijtimoiyiqgisodiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda Xalqaro iqtisodiy 
hamkorlikh.ning muayyan yo nalishlarida faollik ko rsatadilar. Mas, sanoati 
ʻ
ʻ
rivojlangan mamlakatlarning axborot texnologiyalari savdosida, xalqaro 
valyutakredit va moliyaviy intlar faoliyatida yuqori mavqe bilan ishtiroki 
kuzatiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar Xalqaro iqtisodiy hamkorlik h.ning ishchi
migratsiyasi, kapital kiritish, investitsiyey tovarlar importi yo nalishlariga 
ʻ
ustuvorlik beradilar.O zbekistonda mustaqillik yillarida jahon xo jaligiga 
ʻ
ʻ
chuqurroq integratsiyalashish maqsadida Xalqaro iqtisodiy hamkorlikh. bir necha 
yo nalishlarida rivojlantirilmoqda. Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish, xorijiy 
ʻ
investitsiyalarni jalb etish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish, 
mintaqaviy iqtisodiy birlashmalar bilan hamkorlik qilish shular jumlasidandir. 
Keyingi yillarda O zbekiston ishchi kuchini eksport qilish borasida ham xorij 
ʻ
mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Download 163.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling